Ilova
1-o‘quv savoli: Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy harakatining tuzilishi va asosiy tamoillari.
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda amal qilayotgan Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy milliy jamiyatlari hamda Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi xatti-harakatlarining birlashishi natijasida yangi tuzilma - Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati yuzaga keldi. Harakatning asoschisi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasidir. «Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati» nomi 1986 yilda qabul qilindi. Bu vaqtgacha «Xalqaro Qizil Xoch» nomi qo‘llanilgan edi. Harakatning faoliyati muayyan tamoyillarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Tamoyillar matni 1961 yilda Delegatlar Kengashi tomonidan yakdillik bilan ma’qullangan va 1965 yilda Qizil Xochning XX Xalqaro Konferentsiyasiga ko‘rib chiqishga taqdim etilgan.
Taqdim etilgan matnni Konferentsiya «Qizil Xochning Asosiy tamoyillari» nomi bilan qabul qildi va e’lon qildi. Bular quyidagilardir:
Insonparvarlik; Beg‘arazlik; Betaraflik;
Mustaqillik; Ixtiyoriylik; Birlik; Universallik.
Har tamoyil Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Xalqaro harakatini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar faoliyatining mohiyati va mazmunini anglatadi.
INSONPARVARLIK Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Xalqaro harakati urush maydonlarida yarador bo‘lganlarning barchasiga, ularni bir-biridan farqlamay va afzal ko‘rmay yordam ko‘rsatishga intilish niyatida yaratilgan bo‘lib, har qanday vaziyatda, xoh xalqaro, xoh milliy darajada bo‘lsin, insonni azob-uqubatlardan xalos etish yoki uning dardini yengillatishga intiladi. Bu kishilar hayotini va salomatligini muhofaza qiluvchi hamda inson shaxsiyatiga hurmatni ta’min etuvchi Harakatdir.
BEG‘ARAZLIK Bu Harakat kishilarni irqiy, diniy, sinfiy belgisiga yoki siyosiy e’tiqodiga ko‘ra ajratmaydi. U odamlarning azob-uqubatlarini yengillashtirish uchun, birinchi navbatda, bunga ko‘proq muhtoj bo‘lganlarga yordamga intiladi.
BETARAFLIK Barchaning ishonchini qozonish uchun Harakat qurolli to‘qnashuvlarda u yoki bu tarafga yon bosa olmaydi va siyosiy, irqiy, diniy yoki mafkuraviy tusdagi bahslarga aralasha olmaydi.
MUSTAQILLIK Harakat mustaqildir. Milliy jamiyatlar o‘z hukumatlariga ularning insonparvarlik faoliyatida yordam qilgani va mamlakati qonuniga bo‘ysungani holda, hamma vaqt, mustaqillikni saqlashi lozim. Bu bilan u Qizil Xoch tamoyillariga muvofiq harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |