Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot


Ushbu vazifani bajarish uchun milliy jamiyatlar quyidagilarni bajarishlari lozim


Download 172.5 Kb.
bet7/11
Sana14.03.2023
Hajmi172.5 Kb.
#1267776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XGH мавзу № 11-2

Ushbu vazifani bajarish uchun milliy jamiyatlar quyidagilarni bajarishlari lozim:
-tinchlik davrida bo‘lgani kabi o‘z faoliyatini qurolli mojarolar davrida ham amalga oshirish va Jeneva konventsiyalarida ko‘zda tutilgan barcha sohalarda ham tinch aholi, ham harbiy xizmatchilar orasida bo‘lgan urush qurbonlarining manfaatlarini ko‘zlab, bunday faoliyatga tinchlik davrida tayyorlanish;
-amaldagi milliy reja doirasida har qanday turdagi falokatlarda jabr ko‘rganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar tashkil etish;
-jamiyatning faoliyatida bolalar va yoshlarni ishtirok etishga rag‘batlantirish;
-harakat va gumanitar huquqining asosiy tamoyillarini aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida, ularga barcha insonlar va xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikning yuksak tamoyillarini singdirish maqsadida targ‘ib qilish.
Qurolli to‘qnashuv sharoitida milliy jamiyatlar qurolli kuchlarning tibbiy xizmatlariga ko‘maklashadi, yaradorlarga, bemorlarga, tinch aholiga yordam ko‘rsatadi.
Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi
Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi 1919 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastlab Liga nomi bilan, 1991 yildan e’tiboran Federatsiya nomi bilan ataladi. U milliy jamiyatlarni har tomonlama, shu jumladan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va ijtimoiy jihatdan eng kam ta’minlangan aholi tabaqalarining ahvolini yaxshilashga qaratilgan barcha turdagi faoliyatlarini amalga oshirishlarida ularga ko‘maklashadi. Bu maqsadga erishish uchun Federatsiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
milliy jamiyatlar uchun doimiy aloqa, muvofiqlashtirish va ta’lim organi sifatida ishlaydi va ular so‘ragan zarur yordamni beradi;
har bir mamlakatda mustaqil va tegishli tarzda tan olingan Milliy jamiyat tuzishga va uni rivojlantirishga yordam beradi;
ofat va halokatlardan jabr ko‘rgan barcha shaxslarga imkoniyat boricha yordam beradi;
milliy jamiyatlarga bo‘lishi ehtimol tutilgan ofatlarda yordam ko‘rsatish uchun tayyorlanishda, yordam bo‘yicha ularning faoliyatini tashkil etishda va bevosita yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazishda ko‘maklashadi;
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati tarkibiga kiruvchi qismlar tomonidan tabiiy ofatlar va falokatlar vaqtida yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish tamoyillari va qoidalariga muvofiq ravishda xalqaro yordam tadbirlarini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va boshqaradi;
bolalar va o‘smirlarni insoniylik ruhida tarbiyalash hamda hamma mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Milliy jamiyatlar orasidagi fikr almashuvini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
milliy jamiyatlarga o‘z saflariga yangi a’zolarni jalb etish va ularga Harakat tamoyil va g‘oyalarini singdirishda yordam beradi;
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi bilan tuzilgan bitimlarga muvofiq ravishda qurolli mojarolardan jabr ko‘rgan shaxslarga yordam ko‘rsatadi.

Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling