Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot


U quyidagilarni amalga oshirishi lozim


Download 172.5 Kb.
bet5/11
Sana14.03.2023
Hajmi172.5 Kb.
#1267776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XGH мавзу № 11-2

U quyidagilarni amalga oshirishi lozim;
- harakatning asosiy tamoyillarini himoya qilish va targ‘ib qilish;
- xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilishga, uni targ‘ib qilishga va rivojlantirishga ko‘maklashish;
- xalqaro va har qanday boshqa qurolli mojarolarning jabrdiydalarini himoya qilishni va ularga yordam berishni, shu jumladan, ichki tartibsizliklar va g‘alayonlar vaqtida ularga himoya va yordamni ta’minlash;
- qurolli mojarolar ehtimolini nazarda tutib, tibbiyot xodimlarini o‘qitish va tibbiyot vositalarini tayyorlashda qatnashish;
- Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Xalqaro Federatsiyasi bilan mustahkam aloqa bog‘lagan holda insonparvarlik faoliyati sohasida Milliy jamiyatlar bilan hamkorlik qilish.
Mojaro natijasida bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish va bir-biridan ajratilgan oila a’zolarni birlashtirish. Buning uchun XQXQ qoshida Markaziy qidiruv agentligi (uni Markaziy ma’lumot agentligi deb ham atashadi) faoliyat ko‘rsatadi.
Bu agentlik:
-yordam ko‘rsatish uchun jabrlanganlar haqida ma’lumot to‘playdi (masalan, hibsda bo‘lgan shaxslarning ushlab turilgan joyini aniqlash;
- ularning taqdiri haqida ma’lumotlarni yaqinlariga yetkazish);
-mojaro natijasida bir-biridan ajratib qo‘yilgan shaxslar o‘rtasida aloqani tiklaydi va ularni bog‘lab turadi;
-bir-biridan ajratilgan oilalarni birlashtirish faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi yoki ularning birlashishiga ko‘maklashadi;
-bedarak yo‘qolgan shaxslarning taqdirini aniqlash uchun ularning yaqinlari nomidan hokimiyat idoralariga murojaat qiladi;
-shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxslarga yo‘lovchi hujjatlari beradi. Bu ularga qochib borayotgan mamlakatiga borish yoki vataniga qaytish imkonini beradi.
-mojaro jabrdiydalaridan, shu jumladan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslardan har birining keyingi taqdirini kuzatib boradi.
Sog‘liqni saqlash sohasida yordam ko‘rsatish (yaradorlarga birinchi yordam, evakuatsiya, tibbiy va jarrohlik yordami, dori-darmonlar, tibbiy jihozlar berish, sanitariya-gigiena tabdirlarini o‘tkazish, tibbiy xodimlar tayyorlash, ortopedik jihozlar tayyorlash va b.);

Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling