Rlash va ularning malakasini oshirish instituti malaka talabi
YANGI O’QUV MASHG’ULOTINING SLAYDLI TAQDIMOTI
Download 1.52 Mb.
|
ishchi dastur
YANGI O’QUV MASHG’ULOTINING SLAYDLI TAQDIMOTI
Kutubxona fondini shakllantirishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ta’sir etuvchi kuchlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: a) Kutubxona fondi va tashqi muhit. b) Kutubxona fondi va kutubxonaning boshqa tuzilmalari. d) Kutubxona fondi va uning ichki qarama-qarshiligi. Ularning ichidagi eng xavflisi kutubxona fondi va tashqi muhitning tez-tez o‘zgarib turishi kutubxona oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi. Kutubxona fondi mamlakatda chiqayotgan barcha hujjatlarni ololmaydi, chunki bu mablag4 bilan bog‘liq. Bundan tashqari kutubxonaning tarmog‘i, binosining imkoniyati, saqlash kabi faktlar to'siqlik qiladi. Kutubxona jismoniy va ma’naviy eskirgan kitoblarni passiv fondga o‘tkazish yoki chiqarib tashlash haqida ham o‘ylashi kerak bo‘ladi. Kutubxona fondini shakillantirishda kerakli hujjatlar kitoblar olamidan shunday saralab, tanlab olinadiki — bu kitobxonga zarur kitobni o‘qish imkoniyatini yaratadi. Kitobxonning axborotga bo'lgan ehtiyojiga qarab adabiyotlar bilan ta’minlash kutubxonachining vazifasidir. Bu o‘z navbatida kutubxona fondini tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini va o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Kutubxona fondini kitobxonlarga bemalol tanlab olish imkoniyatini yaratuvchi kitob olamini tashkil eta oluvchi, har xil mavzudagi muammolar, qiziqarli kitoblar bilan ularni jalb etishi, qiziqishlarini chuqurlashtirish, kengaytirish lozim. Saralab tanlash prinsipi kutubxona fondini shakllantirishning bosh prinsipi bo‘lib qolgan prinsiplar shunga asoslangandir. Muvofiqlash, moslash prinsipi mamlakatda chiqayotgan ko‘plab kitoblardan bizga ushbu kerakli hujjatlarni tanlab olishni o‘rgatadi. Kutubxonaning vazifasi ham o‘zining turn va xili, tarmog‘iga, kitobxonlar talabi va so‘rog‘iga moslab, kerakli kitoblarni olib o‘z fondini shakllanririshi kerak. Mamlakatimizda xilma-xil axborot-kitubxona muassasalari mavjud. Masalan, oliy o‘quv yurti, kollej va litsey, umumta’lim o‘rta maktablarning axborot resurs markazlari va boshqa kutubxonalar o‘zining kitobxonlariga moslab kitob oladilar. Наг xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi) dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlari bo‘lsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Kutubxonachi avvalo kutubxonaning turi, tipi va modelini hisobga olib, uni kitob bilan butlashga harakat qilishi lozim. Butlash kitobxonning talabi, qiziqishi va kutubxonani vazifasiga mos keluvchi kitoblarni olish hamda doimo yangilab turish demakdir. Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‘lib, kutubxona faoliyati kitob olishdan boshlanadi. Kitob olishga uch xil butlash mavjud: 1. Joriy butlash — nashr qilingan va qilinayotgan kitoblarni olish. 2. Retrospektiv — ilgari nashr etilgan kitoblarni olish. 3. Fonddan chiqarish — eski, yirtilgan kitoblarni fonddan chiqarib tashlash. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladi. Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling