S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


 Uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

13. Uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib deb, to’ldiruvchi aralashmasi 
tarkibida bir fraktsiyali to’ldiruvchilar bo’lmasa, u xolda ataladi. 
14. To’ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo’ktirilgan 
holatda ko’’ martali muzlatish va eritish natijasida aniqlanadi. 
15. Tog’ jinslari yer qobig’ini yuzaga keltiruvchi mustaqil geologik jinslarni 
hosil qiladigan, ma’lum darajada o’zgarmas tarkibli minerallarning tabiiy
agregatlaridan iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog’ jinslari oddiy yoki 
monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog’ jinslari esa 
murakkab, yoki ‘olimineral jinslar deb ataladi.
16. Mineral (lotin tilida minera - ruda) – kimyoviy tarkibi va fizik xossalari 
bo’yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo’lib, yer qobig’ida sodir 
bo’ladigan har xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. 
17. Magmatik tog’ jinslari – olov suyuq massa – magmaning sovishi 
natijasida hosil bo’lgan Ularning tarkibi va xususiyati magmaning qotish 
sharoitidan kelib chiqadi.. 
18. Otilib chiqib oqqan tog’ jinslari (bazal tlar, andezitlar, diabaz va boshqalar
magmaning yer yuzasida tez sovishi natijasida hosil bo’ladi (Tashqi 
(effuziv) otqindi jinslar magmaning tashqi yuzada juda tez qotishidan 
yuzaga keladi, bunda kristallanishi to’liq sodir bo’lmaydi va shishasimon 
yo’iq kristalli tarkibga ega bo’ladi). 
19. Chuqurlikdagi tog’ jinslari (granitlar, sienitlar, diorit va boshqalar) yuqori 
qatlamlarining bosimi ostida yer qobig’ida magmaning sekin sovishi 
natijasida hosil bo’lgan (Ichki (intruziv) otqindi jinslar magmaning sekin 
qotishidan yuzaga keladi va donador-kristal tarkibga ega bo’ladi). 


211 
20. Chaqiq jinslar (mexanik yotqiziqlar) - haroratning keskin o’zgarishi, suv va 
shamol ta`sirida otqindi va boshqa tog’ jinslarining mexanik yemirilishidan 
hosil bo’lgan dag’al mahsulotlardir (brekchin, konglomeratlar, qum va 
boshqalar). 
21.  Gilli jinslar – silikat va alyumosilikatli minerallar tog’ jinslarining chuqur 
kimyoviy o’zgarishi natijasida yangi mineral turlariga o’tgan dis’ers 
mahsulotlardir. 
22. Xemogen jinslar (kimyoviy cho’kindilar) – suv eritmalardan mineral 
moddalar cho’kkanida hosil bo’lgan va keyinchalik zichlangan hamda 
tsementatsiyalangan tog’ jinslaridir (dolomit, magnezit va boshqalar). 
23. Organogen jinslar skeletlari va zirhlari tarkibida mineral moddalar bo’lgan 
tirik va o’simlik organizmlarining qoldiqlari cho’kishi natijasida hosil 
bo’lgan. Bunday cho’kindilar, odatda, zichlangan va tsementatsiyalangan 
bo’ladi (ohaktosh, bo’r va boshqalar). 
24. Metamorfik yoki ko’rinishi o’zgargan tog’ jinslari cho’kindi yoki 
magmatik tog’ jinslarining yuqori harorat, yuqori bosim va boshqa 
omillarning ta’sirida o’z ko’rinishlarini o’zgartirishlari natijasida yer 
‘o’stining qalinligida hosil bo’lgan. 
25.  G’ovak to’ldiruvchilar donasi yirikligi bo’yicha qum (5mm gacha) va 
shag’alga bo’linadi. SHag’al esa quyidagi fraktsiyalarga bo’linadi:
5...10mm, 10...20mm va 20...40 mm. SHag’al quyidagi yiriklik bo’yicha 
xam ruxsat etiladi: 5...20mm yoki 5...40mm.
26. G’ovak 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling