S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
to’ldiruvchilarning markalari
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy g’ovak to’ldiruvchilar
- Pemza
- Pemza shag’alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi
- Pemzani ishlatilishi - n
- Vulqon shlaki
- Vulqon shlaki shag’alining uyilma zichligi
- CHo’kindi tog’ jinslari asosidagi g’ovak to’ldiruvchilar
- Ohaktosh chig’anoqlarning zichligi
- CHo’kindi kremnezyom jinslardan
- Canoat chiqindilari
- Tabiiy konlarni qayta ishlash
to’ldiruvchilarning markalari uyilma zichligi bo’yicha
o’rnatiladi. Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m 3 bo’lsa, bu to’ldiruvchi 500 markaga mos keladi, uyilma zichligi 600 kg/m 3 bo’lsa, bu to’ldiruvchi 600 markaga mos keladi va boshqa. QMQ bo’yicha g’ovak shag’alning markasi 300,350,400 va hokazo 1200gacha 100kg/m 3 oraliqda o’rnatiladi. G’ovak qumning markasi 500...1400 kg/m 3 ni tashkil etadi. Bundan tashqari, yirik g’ovak to’ldiruvchilarning markasi uning 212 mustahkamligi bo’yicha ham o’rnatiladi, yahni tsilindrda maydalanishdagi mustahkamligi bo’yicha aniqlanadi. 27. Tabiiy g’ovak to’ldiruvchilar kelib chiqishi bo’yicha vulqon va cho’kindi turlarga bo’linadi. 28. G’ovak tog’ jinslari pemzalar, shlaklar,tuflar, g’ovak bazalg’t, andezit g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 29. Pemza - bu g’ovak shisha bo’lib, vulqon otilishidan, yahni magmaning ko’’chishidan va qotishidan yuzaga keladi. 30. Pemzani ishlab chiqarish bosqichlari - karg’erlarni qayta ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. 31. Pemza tuzilishi g’ovaklar o’lchami 3mm gacha bo’lib, g’ovaklar shakli aylanadan yoki cho’zinchoq ko’rinishdan iborat bo’ladi. 32. Pemza shag’alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo’lib, mustahkamligining zichligiga bog’liqligidan kelib chiqib, kvadrat ‘arabola formulasi bilan baholanadi: R=A*r n bu yerda: A=1; n=2 ga teng bo’ladi. 33. Pemzani ishlatilishi - nisbatan mustahkam va og’ir, shu bilan birga kichik g’ovaklikdagi Pemzalar (ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) yengil konstruktsion betonlar olishda ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruktsiyalar, yahni tom yo’ma ‘litalari, ko’’riklar, gidrotexnika inshoatlari ishlab chiqariladi. 34. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy tarkibining havoda qotishi natijasida yuzaga keladi 35. Vulqon shlaki olinishi - asosidagi qum va shag’al yirik toshlarni maydalash va saralash (fraktsiyalash) natijasida olinadi. 36. Vulqon shlakining tashqi ko’rinishi yoqilg’i shlaki kabi bo’lib, to’q qizg’ishdan qora ranggacha bo’ladi. 37. Vulqon shlakining tuzilishi - yirik g’ovakli. 38. Vulqon shlaki shag’alining uyilma zichligi 400-850 kg/m 3 , vulqon shlaki qumi esa 650-1300kg/m 3 . 213 39. Vulqon shlaki ishlatilishi - to’ldiruvchi sifatida turli yengil betonlarda ishlatiladi. 40. Vulqon tuflari, bu mayda g’ovakli jinslar bo’lib, vulqon changlarining turli darajadagi zichlanishi va ko’’chishidan yuzaga keladi. 41. Sanoat chiqindilari - tosh kesish mashinalarida qayta ishlangan, karg’erlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko’’ xajmi chiqindiga aylanadi)ni maydalash va navlarga ajratishda yengil betonlar uchun yaroqli bo’lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m 3 g’ovak shag’al va uyilma zichligi 700-1000 kg/m 3 bo’lgan g’ovak qum olinadi. 42. Lava tuflari aralash strukturaga ega bo’lib, bahzan yacheykali strukturaga ega bo’ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog’liqligidan kelib chiqib, kvadrat ‘arabola formulasi bilan baholanadi: R=A*r n bu yerda n daraja ko’rsatkichi (lava tuflari uchun 3 gacha, tuflar uchun 4 dan yuqori) 43. CHo’kindi tog’ jinslari asosidagi g’ovak to’ldiruvchilar olishda asosan karbonat g’ovak oxaktoshlar, chig’anoqlar va krenezyom g’ovak jinslar ishlatiladi. 44. Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m 3 dan kam bo’lgan va uyilma zichligi 1000 kg/m 3 gacha bo’lgan g’ovak shag’al (donalar orasidagi bo’shliqlik 40-50%) olinadi, 45. Ohaktosh chig’anoqlar o’zida cho’kindi jinslarni kichik chig’anoq, ohaktosh bo’laklarining tsementlashgan holatidagi yig’indisini mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g’ovakli ohaktoshlardan yirik g’ovakli strukturasi bilan farqlanadi. 46. Ohaktosh chig’anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m 3 ni tashkil etadi, 47. Ohaktosh chig’anoqlarning siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, (oddiy g’ovak ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m 3 ni tashkil etib, bunda mustahkamlik chegarasi 25MPa gacha bo’ladi). 48. Ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m 3 bo’lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi. 214 49. CHo’kindi kremnezyom jinslardan to’ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo’llash chegaralangan. Ularning katta zahiralari O’zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m 3 , siqilishda mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador va mayda g’ovaklikka ega. 50. 23. G’ovak to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish - boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi bo’yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini kamaytirishdan iborat. 51. Canoat chiqindilari - ikkilamchi materiallar/ 52. Ikkilamchi kvartsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshidan olinadi 53. Kvartsit chaqiq toshining mustahkamlik chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo’llash mumkin. 54. Canoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga javob bera oladi 55. Tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to’ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo materiallar sifatida qo’llaniladi. 56. Tog’ jinslarini boyitish natijasida bo’sh jinslar chaqiq tosh yoki qum- chaqiq tosh shaklida hosil bo’ladi. 57. Terrikonlar (toshko’mir konlaridan ko’mir olish va boyitishda chiqindi omborlaridagi chiqindi) da ko’mirning yonishidan yongan jinslar xosil bo’ladi. Bunday yongan jinslar asosidagi g’ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m 3 ni tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to’ldiruvchi sifatida mustaxkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda tsement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi. 58. SHlaklar ikkilamchi mahsulot hisoblanadi (‘o’lat eritshda asosiy maxsulotdan tashqari 0,5-1 t shlak chiqadi.) 215 59. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo’ladi: SaO - 3O- 50%; SiO 2 - 30-40%; Al 2 O 3 - 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling