S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Nazorat savollari
Tayanch iboralar: statistika ko‘rsatkichi, mutlaq va nisbiy miqdor-lar,
o‘rtacha miqdor, variatsiya, dinamika qator, mutlaq qo‘shimcha o‘sish, o‘sish sur’ati, qo‘shimcha o‘sish sur’ati. 1.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala. Quyidagi jadvalda korxonalar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqlari, ish haqi fondi va xodimlar soni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan: 1.3.1-jadval Korxonalar Sentyabr Oktyabr O‘rtacha ish haqi, ming so‘m Xodimlar soni O‘rtacha ish haqi, so‘m Ish haqi fondi, so‘m 1 1020,0 48 1040,0 499200 II 1240,0 110 1260,0 1386000 III 1430,0 60 1420,0 852000 Jami korxonalar bo‘yicha har qaysi oy uchun alohida o‘rtacha ish haqi hisoblansin va ish haqining oktyabr oyiga kelib mutlaq va nisbiy jihatdan o‘zgarishini aniqlang va tahlil qiling. 2-masala. Ishlab chiqarish normasining bajarilish darajasiga qarab korxona ishchilari quyidagicha taqsimlangan: 1.3.2-jadval Ishchilarning ishlab chiqarish normasining bajarilishi bo‘yicha guruhlari, % Ishchilarning soni, jamiga nisbatan foizlarda yanvar fevral Mart 90 gacha 4 1 1 90-100 8 3 3 100-110 30 26 12 110-120 21 33 35 120-130 19 22 26 130-140 14 12 14 140-150 4 3 9 Jami 100 100 100 Mavjud ma’lumotlardan foydalanib, har qaysi oy uchun alohida hisoblang: 1) ishlab chiqarish normasining o‘rtacha foizi; 2) moda va mediana; 3) o‘rtacha kvadratik chetlanish; 4) o‘rtacha kvadrat chetlanish (dispersiya); 5) o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti. 1.4. Nazorat savollari 1. Statistika fanining predmeti? 2. Statistik belgi, to‘plam va ko‘rsatkichga ta’rif berilsin? 3. Statistik ko‘rsatkich deganda nimani tushunasiz? 21 4. Statistik kuzatishning turlari? 5. Statistik hisobot va uning turlari? 6. Statistik kuzatishning xatolari va ularni tekshirish? 7. Statistikada variatsiya deganda nima tushuniladi? 8. Variatsiya qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 9. Dinamika deb nimaga aytiladi? 10. Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz? 11. Dinamika qatorlarini tuzishdagi qoidalarni bilasizmi? 12. Momentli qatorlar deb nimaga aytiladi? 13. Davriy qatorlar deb nimaga aytiladi? 14. Momentli va davriy qatorlar bir-biridan nima bilan farq qiladi? 15. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi? 16. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash tartibini tushuntiring. 17. O‘sish yoki kamayish sur’atini aniqlash zaruriyati nimada va qanday hisoblanadi? 18. Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati qanday aniqlanadi? 19. 1 foiz qo‘shimcha o‘sishning (kamayishning) mutlaq ahamiyati qanday hisoblanadi va u nimani tavsiflaydi? Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling