S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2.4. Dinamika qatorlar Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsat- kichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi. Statistika ijtimoiy hodisa- larning holatini va ularning o‘zgarishini davrlar bo‘yicha (yillar bo‘yicha) o‘rganadi. Har qanday dinamika qatori ikki unsurdan tashkil topadi: 1. Vaqt momentlari yoki davrlar sanasi. 2. Davr (sana)larga tegishli ko‘rsatkichlar. O‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdorini ta’riflovchi darajalar deganda hodisaning soni, miqdori va hajm ko‘rsatkichlari tushuniladi. Hodisalarning darajalariga tegishli bo‘lgan davrlar (momentlar) deganda esa sanalar, yillar, oylar tushuniladi. Dinamika qatorlarida boshlang‘ich (bazis) davr, oxirgi (joriy) davr, shuningdek, rejalashtirilgan davr mavjud. Dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: − dinamika qatorlarini tuzishda, eng avvalo, miqdorlarni taqqoslama holatga keltirish kerak. Buning uchun vaqt birligi, o‘lchov birligi, hisoblash usuli bir xil bo‘lishi zarur. − barcha davrlar uchun kuzatish obyekti bir xil bo‘lishi zarur. Uchinchidan, ijtimoiy hodisani qamrab olgan davrning uzun qisqali-gi va hisoblashdagi aniqlik (0,1; 0,01; 0,001) bir xil bo‘lishi kerak. Agar dinamika qatorlari darajasi qaysi bir jihatdan taqqoslab bo‘lmaydigan bo‘lsa, ularni tegishli usullarni qo‘llab taqqoslama holatga keltirish lozim. Dinamika qatorlar darajalari mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Dinamika qatorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkich hodisalarning darajasi deb atalib, ular har xil xarakterga ega bo‘ladi. Shulardan ayrimlari 15 hodisalarning holatini aniq bir fursatga (sanaga), ayrimlari esa aniq davrga ko‘rsatadi va tavsiflaydi. Shu nuqtayi nazardan, dinamika qatorlari quyidagi uch turga bo‘linadi: 1. Fursatli (momentli) dinamika qatorlari; 2. Davriy dinamika qatorlari; 3. Hosilaviy dinamika qatorlari. Fursatli dinamika qatorlari ijtimoiy hodisalarning aniq sana, moment bo‘yicha holatini tavsiflaydi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lar, ishlovchilarning soni, vagonlar soni va shunga o‘xshashlar, odatda yil boshiga va yil oxiriga hisoblanadi va hisobotlarda aks ettiriladi. Yil boshi, yil oxiri yoki boshqa bir davrning boshi, oxirida ko‘rsatilgan mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari fursatli dinamika qatorlari deb yuritiladi. Davriy dinamika qatorlari ijtimoiy hodisalarning ma’lum davrlar ichidagi holatini tavsiflaydi. Masalan, tashilgan yuklar hajmi, sof daroma- di, ish haqi fondi kabi mutlaq miqdorlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari davriy dinamika qatorlari deb at aladi. Hosilaviy dinamika qatorlari davriy va fursatli dinamika qatorlari asosida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, ular dinamika qatorlari ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi va o‘shalar asosida tuziladi. Hosilaviy dinamika qatorlari mutlaq ko‘rsatkichlar negizida aniqlangan nisbiy va o‘rtacha miqdorlar negizida tuzilgan dinamika qatorlaridir. Ma- salan, vagonning dinamik yuklamasi, daromadlilig stavkasi, 1 yo’lovchi vagon sigimi, mahsulot bir birligiga sarf bo‘lgan xarajat va hokazo miq- dorlar asosida tuzilgan qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. Dinamika qatorlari turlariga misollar keltiramiz (1.2.1-jadval). 1.2.1-jadval Fursatli, davriy va hosilaviy dinamika qatorlari Ko‘rsatkichlar 2010 2011 2012 2013 2014 1. Toshkent MTUdagi ishchilar soni (yil boshiga, kishi) 790 800 806 812 818 2. O‘rtacha ishchilar soni, kishi 800 802 804 810 820 3. Tashilgan yuklar hajmi, tn 2800 2900 2750 3020 3350 4. Bir ishchi hisobiga tashilgan yuklar, tn/ kishi 35 36 34 37 41 Jadval ma’lumotlari asosida dinamika qatorlarining turlarini quyida- gicha tavsiflash mumkin: birinchi qatorda Toshkent MTUdagi yil boshiga berilgan ishchilar soni – fursatli bo‘lib, uchinchi qatordagi tashilgan yuklar ko‘rsatkichlari – davriy qatorlar bo‘lib, ikkinchi qatordagi o‘rtacha ishchilar soni bilan to‘rtinchi qatordagi bir ishchi hisobiga tashilgan yuklar 16 ko‘rsatkichlari hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, birinchi qator – fursatli, uchinchi qator – davriy, ikkinchi va to‘r- tinchi qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. Dinamika qatorlari bir-biridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 1. Fursatli dinamika qatorlarida har bir darajada o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisaning aniq sana, fursatga bo‘lgan holatini, miqdorini ifodalaydi, davriy dinamika qatorlarida har bir daraja ma’lum davr ichidagi (yil, oy va hokazo davrlar ichidagi) ijtimoiy hodisalar miqdorini, hajmini ifodalaydi. 2. Fursatli dinamika qatorlaridagi darajalarini qo‘shish orqali olinadi-gan natija iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmaydi, davriy qatorlardagi daraja- larni qo‘shish orqali olinadigan natija esa real iqtisodiy mazmunga ega bo‘ladi. 3. Fursatli va davriy qatorlarida o‘rtacha darajalar turli xil usulda aniqlanadi. Ijtimoiy hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini dinamika qatorlari asosida statistik tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalani- ladi: 1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati; 2. O‘sish yoki kamayish sur’ati; 3. Qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati; 4. 1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq ahamiyati. Ushbu ko‘rsatkichlar ikki davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Bular, o‘z navbatida, zanjirsimon va bazisli ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Agar dinamika qatorlardagi har bir davr darajasini boshlang‘ich davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan miqdor bazisli ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar har bir davr darajasini o‘zidan oldingi davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan miqdor zanjirsimon ko‘rsatkich deb ataladi. Bazisli mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash uchun har qaysi davr darajasidan boshlang‘ich davr darajasini ayirib tashlash kerak: Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling