S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Natura o‘lchov birligi deganda ijtimoiy hodisaning ichki xususi-yatini 
ifodalovchi birliklar tushuniladi, ya’ni og‘irlik, uzunlik, hajm kabi birliklar 
natura o‘lchov birliklari hisoblanadi. Masalan, tashilgan yuklar hajmi - 
vagonlar, tonna-km brutto, ishlovchilar soni – kishi, bosib o‘tilgan masofa 
– kilometrlar kabi o‘lchov birliklarida ifodalanadi. 
Shartli-natura o‘lchov birligi deganda turdosh iste’mol qiymatga ega 
bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov birliklari tushunila-
di. Bu birlikni aniqlashda iste’mol qiymatlari nisbatiga asoslangan 
koeffitsiyentlardan foydalaniladi. Masalan, temir yo‘l transporti keltirilgan 
mahsuloti misol bo‘la oladi. 
Murakkab ijtimoiy hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o‘lchov 
birliklarining o‘zaro birikmasi kompleks o‘lchov birligi deyiladi. Bularga 
tonna-kilometr, kishi-soat, kishi-kuni, kilovatt-soat kabi o‘lchov birliklarini 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Pul o‘lchov birligi deganda har xil turdagi va turlicha iste’mol xususi-
yatiga ega bo‘lgan hodisalarni (mahsulotlar, xizmatlarni) bir xil birlikka 
keltiruvchi o‘lchov birligi tushuniladi. Masalan, tashishdan tushgan daro-
mad pul birligi yordamida ifodalanadi. U tashilgan yuklar, tashilgan yo‘-
lovchilar kabi natura mahsulotlarining pul shaklida ifodalangan qiymati 
hisoblanadi. Demak, pul o‘lchov birligi yordamida barcha umumlashti-
ruvchi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
10


1.2.2. Nisbiy miqdorlar 
 
Mutlaq miqdorlarning bir biriga taqqoslash natijasida kelib chiquvchi 
uchinchi miqdor nisbiy miqdor deb ataladi. Nisbiy miqdorlar hisoblanayot-
ganda taqqoslash bazasi qilib har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. 
Nisbiy miqdorlar asosan koeffitsiyent, foiz, promille va prodetsimellada 
ifodalanadi. Nisbiy miqdorlar koeffitsiyentda ifodalansa, baza 1 ga teng-
lashtiriladi, foizda ifodalansa, baza 100 ga, promelleda ifodalansa, baza 
1000 ga, prodetsimelleda ifodalansa, baza 10000 ga tenglashtirib olinadi. 
Nisbiy miqdorlarni ta’riflashda, ularga baho berishda u yoki bu 
ifodalash shaklini qo‘llash taqqoslanayotgan miqdorlar orasidagi farqqa 
bog‘liq. Agar bo‘linuvchi miqdor bo‘luvchiga nisbatan bir necha marta 
katta bo‘lsa, u holda nisbiy miqdorni koeffitsiyent yordamida ifodalash 
ma’quldir. Agar taqqoslanadigan miqdorlar bir-biridan uncha farq qilmasa, 
u holda nisbiy miqdorni foizda ifodalash qulay. Promella va prodetsimella 
shakllari ko‘pincha aholi statistikasi nisbiy ko‘rsatkichlarini ifodalashda 
qo‘llaniladi. 
Taqqoslash bazasidagi miqdorlar har xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni 
o‘tgan davr (yil) ning haqiqiy ko‘rsatkichi, hisobot davrining rejalashti-
rilgan ko‘rsatkichi, boshqa xo‘jalik ko‘rsatkichi, o‘rganilayotgan hodisa 
yig‘indisi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuning uchun ham, 
nisbiy miqdorlar har xil bo‘ladi va quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1) reja topshirig‘i nisbiy miqdorlari; 
2) reja bajarilishi nisbiy miqdorlari; 
3) dinamika nisbiy miqdorlari; 
4) tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari; 
5) taqqoslash nisbiy miqdorlari; 
6) koordinatsiya nisbiy miqdorlari; 
7) intensiv nisbiy miqdorlar. 
Reja bajarilishi nisbiy miqdori yordamida rejaning bajarilish darajasi 
aniqlanadi. U ko‘rsatkich orqali ya’ni ishlab chiqarish hajmining yoki 
boshqa qandaydir jarayon hajmining (miqdorining) rejaga nisbatan necha 
foizga oshganligi yoki kamayganligi ta’riflanadi. Bu ko‘rsatkich quyida-
gicha hisoblanadi: 
rt
nm
D
х
D
RB
100
1
=
Bu yerda: RB
nm
– reja bajarilishi nisbiy miqdori (%); 
D
1
 – joriy davr (haqiqiy) darajasi; 
D
rt 
– joriy davr uchun reja topshirig‘i. 
Reja topshirig‘ini ifodalovchi nisbiy miqdorlar. Ushbu miqdorlar 
11


rejalashtirilgan davr ko‘rsatkichini oldingi davrning haqiqiy ko‘rsatkichiga 
nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi, ya’ni u yoki bu hodisa bo‘yicha o‘sish, 
qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish topshirig‘i foizini ifodalaydi. Buni 
quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
0
100
D
D

rt
nm

=
Bunda: RT
nm
 – reja topshirig‘i nisbiy miqdori (% hisobida); 
D
rt
 – joriy davr uchun reja topshirig‘i; 
D
0
 – bazis davr darajasi. 
Dinamika nisbiy miqdorlari deganda bir xil turdagi ijtimoiy ho-
disalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalovchi miqdorlar tushuniladi. 
Dinamika nisbiy miqdorlarni aniqlash uchun kamida ikki hisobot davri 
(ikki yil)ning haqiqiy miqdorlari (ko‘rsatkichlari) olinadi va birini ikkin-
chisiga taqqoslab ushbu nisbiy miqdor aniqlanadi. Buning uchun hisobot 
davridagi haqiqiy miqdorni 100 foizga ko‘paytirib, bazis davridagi haqiqiy 
miqdorga bo‘lish kerak. Natijada kelib chiqqan uchinchi ko‘rsatkich 
dinamika nisbiy miqdori hisoblanadi. Bu miqdor darajasiga qarab hisobot 
davridagi muayyan hodisaning bazis davridagi u yoki bu hodisaga nisbatan 
necha foizga oshganligini yoki kamayganligini ta’riflaydi.
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlarni aniqlash uchun to‘plamning har bir 
qismini ifodalovchi miqdorni 100 foizga ko‘paytirib, uning jami miqdoriga 
bo‘lish kerak. Masalan, mamlakatning jami ichki mahsulotini 100 foiz deb 
olib, shundan necha foizi sanoat hissasiga, necha foizi qishloq xo‘jalik 
hissasiga va necha foizi boshqa tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelishini aniqlash 
tuzilmaviy nisbiy miqdorga misol bo‘la oladi. Shu tariqa sof ichki mahsulot, 
yalpi milliy daromad, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti kabi boshqa ijtimoiy 
hodisalarning tarkibiy tuzilishini aniqlash mumkin. 
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar foizlarda ifodalanadi. Ana shu foizlar bu-
tun to‘plamga nisbatan ayrim qism, guruhlarning qancha hissa tashkil eti-
shini ko‘rsatadi, ya’ni ijtimoiy hodisalarning tarkibiy tuzilishini ta’riflaydi. 
Turli xil obyektlarga aloqador bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini taqqos-
lash yo‘li bilan aniqlanadigan miqdorlar taqqoslash nisbiy miqdorlari 
deyiladi. Har xil xo‘jaliklarning hamma turdosh ko‘rsatkichlarini taqqos-
lab, nisbiy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin emas, ayniqsa miqdoriy (haj-
mi) ko‘rsatkichlarni taqqoslab xulosa chiqarish mumkin emas, agar xulosa 
qilinganda ham ular aniq mazmunga ega bo‘lmaydi, aksincha katta 
xatoliklarga olib
keladi. 
Shuning uchun faqat xildosh, turdosh bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini 
taqqoslab aniqlash va ular asosida turli xulosalar chiqarish mumkin.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari. Koordinatsiya nisbiy miqdorlari 
12


deganda statistik to‘plamdagi guruhlar (qismlar)ning bir-biriga bo‘lgan 
nisbati tariqasida aniqlanadigan nisbiy miqdorlar tushuniladi. Tashilgan 
netto tonno-km umumiy sonidagi yuk va yo’lovchilarning nisbati, umumiy 
ishchilar sonida tashish faoliyatida ishchilar soni koordinatsiya nisbiy 
miqdoriga misol bo‘la oladi. 
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari statistik to‘plam birliklari o‘rtasidagi 
zaruriy nisbatlarni nazorat qilish va har birining tutgan o‘rniga baho 
berishda qo‘llaniladi. 
Intensiv nisbiy miqdorlar. Intensiv nisbiy miqdorlari deganda u yoki bu 
hodisaning aniq joyda, hududda tarqalish yoki rivojlanish darajasini 
tavsiflovchi miqdorlar tushuniladi. Ushbu miqdorlar bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lgan turli xildagi hodisalarni o‘zaro nisbati tariqasida yuzaga keladi. 
Intensiv nisbiy miqdorlar, odatda, o‘rganiladigan hodisalarning 100, 
1000 yoki boshqa birliklar nisbati tariqasida aniqlanadi. Mintaqada 
yashyatgan 1000 aholi soniga to‘g‘ri keladigan yo’lovchilar soni, 1 km
2
ga 
to‘g‘ri keladigan aholi soni, 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan tug‘ilgan 
bolalar soni va hokazolar intensiv nisbiy miqdorlarga misol bo‘la oladi. 
Ushbu nisbiy miqdorlar faqat aniq son (raqamlar) – hajm ko‘rsatkichlari 
orqali ifodalanadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling