S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Statistikaning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka mutlaq miqdorlar
- Umumiy mutloq miqdorlar
1.2. Statistikaning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari
1.2.1. Mutloq miqdorlar Statistikaning tub mohiyatidan kelib chiqan holda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jumlasiga mutlaq miqdorlar, nisbiy miqdorlar va o‘rtacha miqdorlar kiradi. Mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki boshlang‘ich ko‘rinishidir. Mutlaq miqdorlar yordamida ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdori, hajmi o‘rganiladi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlar bilan bogliq bo‘lgan ma’lumotlarni jamlab yakunlash natijasida statistik ma’lumotlar hosil bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar nima to‘g‘risida bo‘lsa, o‘shaning nomini ko‘rsatib, mutlaq sonlarda ifodalanadi. Bular statistik kuzatish natijasida olinadigan dastlabki, boshlang‘ich mutlaq miqdorlar deyiladi. Xo‘jaliklar soni, tashilgan yuklar hajmi, ishchilar soni, tashilgan yo‘lovchilar soni, daromad, sof foyda kabi boshqa to‘plangan miqdorlar haqidagi ko‘rsatkichlar mutlaq miqdorlarga misol bo‘la oladi. Mutlaq miqdorlar ma’lum davrda va ma’lum hududda u yoki bu hodisaning fizik miqdori (hajmi)ni ifodalaydi. Ular barcha ijtimoiy hodisalar to‘g‘risida hisob-kitoblarning, tadqiqotlarning va iqtisodiy- statistik tahlilning asosi hisoblanadi. Mutlaq miqdorlar ifodalanishi bo‘yicha quyidagi 2 turga bo‘linadi: 9 1. Yakka mutlaq miqdorlar; 2. Umumiy mutlaq miqdorlar. Yakka mutlaq miqdorlar o‘rganiladigan to‘plamning alohida birliklarining miqdoriy belgilarini tavsiflaydi va ular statistik tadqiqot uchun manba hisoblanadi. Masalan, yuk tashuvchi vagonlarning inventar parki, mavjud lokomotivlar parki, har bir ishlovchining olayotgan ish haqi va hokazolar yakka mutlaq miqdorlar hisoblanadi. Umumiy mutloq miqdorlar o‘rganiladigan u yoki bu to‘plam bir- liklarining umumiy miqdorini ta’riflaydi. Masalan, temir yo‘l tasarrufidagi vagonlar inventar parki, ishlovchilarning ish haqi fondi kabi ko‘rsatkichlar umumiy mutlaq miqdorlar hisoblanadi. Umumiy mutlaq miqdorlar boshlang‘ich statistik kuzatish materiallarini jamlash natijasida yuzaga keladi. Umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo‘lgan yakka mutlaq miqdorlar yig‘indisi hisoblanadi. Xullas, umumiy mutlaq miqdorlar ijtimoiy hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o‘zida aks ettirib, muayyan olingan mamlakat, viloyat, tuman, korxona, tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tavsiflaydi. Mutlaq miqdorlar natura, shartli-natura, pul va kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling