Kinoya (metonimiya). Bir narsani o’z nomidan boshqa nom bilan aytish kinoya deb ataladi. Kinoya tilga olinmagan nom bilan tilga olingan nom orasida ma'nan to’la uyg’unlik borligini taqozo etadi. Kumush o’z xatida „biz ikki yov" iborasini ishlatadiki, kontekstdan uning „men va Zaynab" demoqchi ekanligini tushunamiz. Yusufbek hoji Otabekka yo’llagan xatida "ko’z nurimizning duoyi jonini... tamanno etmoqdamiz", deb yozadi. Bu yerda „ko’z nuri" so’zlari Otabekni bildiradi. „Qovoq devonaning belbog’i" bobida muallif ko’zini bog’lagan odamni „ko’z og’rig’i" nomi bilan yuritganda ham kinoyadan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |