Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari


Samarqand shahrining tuzilmalari. Qal’a (ark)


Download 84.29 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi84.29 Kb.
#1535756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza777

Samarqand shahrining tuzilmalari. Qal’a (ark). IX asring ikkinchi yarmi va X asring birinchi yarmida Movarounnahr, jumladan, Samarqand aholisi iqtisodiy va madaniy yuksalishni boshdan kechiradi. Bu davrda Samarqandda qurilish gullab yashnaydi. Ko‘chalar kengaytiriladi va qayta quriladi, shahar mahallalarga bo‘linadi. Mahallalarda hovuzlar, masjidlar, hammomlar qurilgan.
Samarqandning tarixiy shakllangan qiyofasi Zarafshon vodiysining yer tuzulishi va iqlimi ta’sirida vujudga kelgan. Shahar ko‘chalari ko‘pchilik holatda Sharqdan G‘arbga, janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga qarab, quyosh yo‘nalishiga moslangan. Bu bir vaqtning o‘zida shamol yo‘nalishiga ham mos bo‘lgan. Natijada yilning xohlagan vaqtida shahar havosining yangilanishi ta’minlangan. Jamoat binolari va odamlar turar joylarining eshik va derazalari rangli oynalar bilan bezatilgan.
X asrda shaharda bo‘lgan Ibn Havqal yozgan: «unda qal’a (ark), shahriston va rabod bor. Qal’a (Ark)da bizning zamonda qamoqxona qurilib bo‘lgan va hukmdor saroyi joylashgan, ammo u xarob holda. Men qal’a (ark)ga ko‘tarilganman va ajoyib manzarani ko‘rganman. U manzarani, ya’ni, yam-yashil daraxtlar, ajoyib qasrlar, oqib turgan kanallar va tuganmas madaniyatni qachonlardir odam nigohi ko‘rib zavqlangan. Bu yerda turib, biror bir yoqimsiz joyni, kishini shod qilmaydigan yo‘lni ko‘rish mumkin emas. Maydonlar ajralib turadi, shaharni bezovchi binolar qad ko‘tarib turadi. Unda suvalgan sarv daraxtidan yasalgan ot, buqa, tuya, antilopa kabi hayvonlarning g‘alati rasmlarini ko‘rish mumkin. Ular shunday qo‘yilganki, go‘yo bir-biriga mo‘ralab turgandek jangga yoki musobaqaga kirishayotgandek ko‘rinadi».
Samarqand qal’a (ark), shahriston (madina) va raboddan iborat bo‘lgan. X asrda shahar qal’asi (arki) yog‘och, paxsa bilan mustahkamlangan edi. Devorning sirti yaxshilab shuvalgan. Shahar qal’asini belgilash uchun manbalarda ark, qal’a, kuxandiz, diz kabi iboralar ishlatilgan.
Darvozalar va mudofaa devorlari. Shahar shahristoni baquvvat devorlar va 4 darvoza bilan o‘ralgan edi. Ibn al-Faqih bo‘yicha: Kesh, Xitoy, Ustrushona va Temir darvoza. Jayhoniy va al-Muqaddasiy bo‘yicha: sharqiy – Xitoy, g‘arbiy – Navbahor, shimoliy – Buxoro va janubiy – Kesh. Ularning ko‘pchiligining o‘rni arxeologlar tomonidan aniqlangan.
Nadjmiddin Umar an-Nasafiyning yozishicha, Abu Muslim (Abdurahmon ibn Muslim ibn Shanfayrruz al-Marvaziy al-Xurosoniy) 750 yilda Samarqandga kelgan va 751 yilda shahar atrofida mudofaa devorini qurgan. Uning balandligi 15 ziro (11,25 m.), eni 7 ziro (4,55 m.) va uzunligi – (6 km. 750 m.)ni tashkil etgan. Devorda 360 ta minora bo‘lgan.
Samarqand tashqi devorining aylanasi taxminan 60 km bo‘lib, keyinchalik Devori Qiyomat, Kampir devor, Devori Ko‘ndalang nomlari bilan atalgan. Uning 8 darvozasi bo‘lib, ular somoniylar hukumati tomonidan aholining isyonkor kayfiyati tufayli vayron qilingan.
Ibn al-Faqihning yozishicha butun shahar maydoni devor bilan o‘ralgan bo‘lib, 12 darvozasi bo‘lgan. Ibn Havqal 4 darvozaning nomlarini keltiradi: Xitoy (sharqiy), Navbahor (g‘arbiy), Buxoro (shimoliy), Katta (janubiy). Shuningdek u shaharning tashqi darvozalarini yoki rabodning darvozalarini ham aytib o‘tgan: Gadavad, Isbask, Suxashin, Varsanin, Fenek, Ko‘hak, Rivdod, Farruxshid va Afshin. Bulardan ikkitasining o‘rni arxeologlar tomonidan aniqlangan: Farruxshid (Darvozaxona) Samarqandning janubi-g‘arbida, hozirgi Sattepa massivi hududida va Isbisk (Childuxtaron) Devori Qiyomat chegarasida joylashgan. Ko‘hak darvozasi taxminan Cho‘ponotaning janubisharqiy etagida Nog‘oratepa yaqinida bo‘lgan. Afshin darvozasi Cho‘ponotaning g‘arbiy etagida bo‘lgan. Shahar darvozalari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan.
Samarqand 4 qator mudofaa devori bilan o‘ralgan bo‘lgan. Paxsa va xom g‘ishtdan yasalgan 1,5 km. atrofidagi birinchi devor o‘rta asrlardagi Samarqand shahrining nisbatan oldingi shimoliy qismini chegaralagan. Shuningdek, 5 km atrofidagi to‘rtinchi mudofaa devori ham bo‘lib, u butun Afrosiyob shahri hududini o‘z ichiga olgan.
Samarqand shahrining ayrim darvozalari shaharlar nomi bilan atalgan (Buxoro, Kesh). Chunki ular shu shaharlarga eltuvchi yo‘lda joylashgan. Bu jihat boshqa musulmon shaharlariga ham xos bo‘lgan.

Download 84.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling