Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari


Download 84.29 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi84.29 Kb.
#1535756
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza777


SHARQ RENESSANSLARI DAVRIDA SAMARQANDNING TUTGAN O`RNI.

  1. Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida

  2. IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar.

  3. Samarqand shahrining tuzilmalari.

  4. Ta’lim, ilm-fan, adabiyot va diniy vaziyat

Sosoniylar davlatini bosib olgan Arab xalifaligi qo‘shinlari 651 yilda Marvni qo‘lga kiritib, Amudaryodan narigi tomonidagi yerlarni bosib olishga harakat boshlaydilar. Ular ikki yo‘nalishda, Poykent va Buxoro hamda janubda Kesh orqali mamlakatning ichkarisiga kirib borishga harakat qilishgan. Bu haqda Xitoy yilnomalari va musulmon tarixchilarining asarlarida qariyb bir xil ma’lumot keltirilgan.
Arablarning O‘rta Osiyo hududiga uyushtirgan dastlabki harbiy harakatlari davrida Sug‘d konfederatsiyasining markazi Keshdan Samarqandga ko‘chgan davr hisoblanib, konfederatsiyasi markazi Samarqand atrofida Panch, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya, Fay, Kabudon, Kesh va Naxshab kabi hukmdorliklar birlashgan edi.
Arab xalifaligi kuchlarining Movarounnahrga birinchi yurishlari VII asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Sug‘dda ixshid Varxuman (655) hukmronlik qilgan. Arablarning birinchi marotaba Samarqandga yurishlari 675-677 yillarda, Xuroson noibi Said ibn Usmon davrida (676-678) amalga oshirilgan. Shahar yaqinidagi janglardan so‘ng Said ibn Usmon sug‘diylar bilan sulh tuzishga majbur bo‘lgan va sulhga ko‘ra qo‘lga kiritilgan asirlarni olib ketgan. Keyingi davr manbalariga ko‘ra, Said ibn Usmonga payg‘ambarning (Muhammad s.a.v.) tutingan ukalari Qusam ibn Abbos ham hamrohlik qilgan. Sug‘dni to‘liq zabt etishda Arab xalifaligining Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (705-715) jonbozlik ko‘rsatdi.
Sug‘dda arablarga qarshi kurash olib borgan hukmdorlardan biri Samarqand hukmdori Tarxun (700-710) bo‘lgan. Tarxun arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari davrida va voqea jarayonlarida katta rol o‘ynagan. U arab xalifaligi kuchlariga qarshi o‘n yil davomida urush olib borgan. Tabariy asaridagi 85/704 yillar bayonida Tarxunning Muso ibn Abdullohga qarshi kurashganligi haqida ma’lumot keltiriladi. Xitoy manbalariga ko‘ra, Tarxunning tarix sahnasiga 696 yilga to‘g‘ri keladi. U to‘g‘risida alohida ma’lumot esa 88/707 yilda Qutaybaning Buxoroni egallashi bayoni orqali keltiriladi.
Samarqand hukmdorlari bo‘lmish Tarxun va G‘urak munosabatlari o‘zgarib turganligi manbalarda qayd etiladi. Tarixchilarning fikrlariga ko‘ra, G‘urak 93/711-712 yilda Samarqand arablar tomonidan egallanganidayoq ularning hokimiyatini tan olishi kerak edi. Lekin u arablar ta’sirini og‘izda tan olgan bo‘lsa-da, amalda Xitoydan yordam so‘raganligi to‘g‘risida maktub saqlanib qolgan. Bu esa ba’zida G‘urakning xatosi sifatida tilga olinadi.
Samarqand arablar qo‘liga o‘tgach, Sug‘d ixshidi G‘urak va Qutayba ibn Muslim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, G‘urakka Samarqandda hukmronlik qilishga ruxsat berilmagan va u o‘zining Ishtixondagi qarorgohiga jo‘natilgan. Shartnomaga muvofiq Samarqand hukmdori G‘urak dastlab ikki million dirham, so‘ngra har yili ikki yuz ming dirhamdan tovon to‘lash majburiyatini oladi. Shahar egallangach, uni arablar tomonidan tayinlangan noiblar boshqargan. Masalan, 716-717 yillarda Samarqand arablar noibi Muoviya ibn Yazid tomonidan boshqarilgan.
Samarqandda arablarga qarshi kurash G‘urak va taxtga da’vogarlik qilgan Devashtich davrida yanada keskin tus oldi. 719 yilning boshlarida Markaziy Sug‘d va Buxoro hukmdorlari Xitoyga xat yozib, harbiy ko‘mak so‘raydilar. Bu davrda sug‘diylar arablarga qarshi bosh ko‘tarib, islom dinidan qaytib, yana qo‘zg‘olon boshlaydilar.
Samarqandda arablarga qarshi kurash 715 yil Qutayba ibn Muslimning Farg‘onada o‘ldirilishidan so‘ng yanada kuchayadi. Mazkur jarayonlar Samarqandda mahalliy aholi va arablar o‘rtasidagi munosabatlarni taranglashtiradi. Dastlab islom dinini qabul qilmagan aholidan jiz’ya solig‘i, dehqon, savdogar va hunarmandlardan esa xiroj solig‘i olingan. Keyinchalik Umar II (717 – 720) davridan boshlab islom dinini qabul qilgan aholi qatlamidan jiz’ya solig‘i olinmagan. Odamlar islom dinini nomiga qabul qilib, aslida o‘z dinlarida qolverdilar. Endilikda islom diniga o‘tish uchun xatna qildirish va qur’on suralarini yod olish shart qilib qo‘yildi.
Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor (738-748) bosqin davrida shaharni tark etgan Sug‘d dehqonlarini shaharga qaytishiga ruxsat bergach, shaharda hayot jonlana boshladi. U barcha musulmon dinida bo‘lganlarni teng huquqli deb e’lon qildi. Musulmonlarning bir qismi hatto jiz’ya solig‘idan ozod qilingan. Lekin xiroj to‘lash barcha uchun shart qilib qo‘yildi.
Ummaviylar davridan boshlab Samarqand shahrida qozilik boshqaruvi yo‘lga qo‘yilib, shaharning birinchi qozisi 727 yilda tayinlangan G‘olib ibn Muso bo‘lgan. So‘ngra uning o‘g‘li Hoshim ibn G‘olib Samarqandda qozilik qilgan.
Ummaviylar siyosatiga qarshi harakat olib borgan Abu Muslim (728-755) Xuroson noibi etib tayinlangach, Samarqandni o‘z qarorgohi sifatida tanlaydi. Keyinchalik «Devori qiyomat» sifatida tilga olingan Samarqand atrofidagi devor qurilishi aynan Abu Muslim nomi bilan bog‘liq. Abu Muslimning jamiyatdagi yuqori mavqeidan xavfsiragan abbosiy xalifa Abu Ja’far uni saroyda xufyona o‘ldirtiradi. Manbalarda Abu Muslimning qabri Samarqandda Xoja Tamim Ansori qabri yaqinidan dafn etilganligi keltiriladi.
Markazi Samarqand bo‘lgan Sug‘d konfederatsiyasining to‘la inqirozga yuz tutgan davrini aniqlash Samarqand tarixini tadqiq etishda muhim masala sanaladi. Yetti yildan ko‘proq vaqt (776-783) davom etgan Muqanna (Hoshim ibn Hakim) boshchiligida qo‘zg‘olonda ham Samarqandliklar faol qatnashgan. Hatto Samarqand Muqanna tarafdorlari tomonidan bir muddat egallangan. Lekin kuchlar nisbatining teng emasligi ularning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan. Ayni shu davrdan (VIII asrning 70- yillari oxirlari) boshlab Samarqand hukmdorlari manbalarda Sug‘d hukmdorlari sifatida eslatilmaydi.
Xullas, Arablarga qarshi kurashlarda Samarqand hukmdorlari jonbozlik ko‘rsatishdi. Ayniqsa, Tarxun, G‘urak kabi hukmdorlar arablarga qarshi kurashgan hukmdorlar sifatida tarixga kiradi. Lekin kuchlar nisbatining teng emasligi va barqaror yagona dinning mavjud emasligi Sug‘dda arablar hokimiyatini o‘rnatishda muhim asos bo‘ldi. Bu paytda Islom dini va madaniyati butun dunyoga turli yo‘llar hamda usullar orqali, shiddat bilan kirib kelayotgan edi.

Download 84.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling