Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari
Download 84.29 Kb.
|
2-ma`ruza777
Diniy vaziyat. IX-XIII asrlarda Samarqandda turli e’tiqod vakillari: musulmonlar, xristianlar, moniylar, yahudiylar va boshqalar tinch-totuv yashab kelishgan. Somoniylar sulolasi vakillari rasman hanafiya mazhabida bo‘lsalarda, shofe’iylik mazhabi vakillarini siquvga olmaganlar.
X-XI asrlarda Samarqandda zardushtiylar jamoasi ham saqlanib qolgan bo‘lib, arab manbalarida ular ma’jusiylar, fors manbalarida mug‘lar deb nomlangan. Shunisi e’tiborliki, islomda va zardushtiylikda poklanish amallari deyarli bir-biriga mos keladi. VIII-IX asrlarda Abbosiylar xalifaligida moniychilarga qarshi shafqatsiz qatag‘onlar amalga oshirildi. Shunday bo‘lsa-da, al-Nadimning ma’lumotlariga ko‘ra, X asrda Samarqandda Moniyning izdoshlari istiqomat qilgan va ular moniy yozuvidan foydalanishgan. Xalifa Muqtadir davrida 500 nafar moniy shaharga ko‘chib joylashgan. X asr oxirida Samarqandda moniylar ibodatxonasi faoliyat ko‘rsatgan. Tadqiqotchilar Isbiskat qishlog‘i (taxminan Pastdarg‘om tumani joylashgan) va darvozasi, Samarqandning Isbask mavzeyi nomlarini, moniylar o‘z yepiskoplarini «yespasag» deb nomlashganidan kelib chiqib, moniylik bilan bog‘lashadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, «islom mamlakatlarining birontasida ular (moniylar) markazlashgan joyining o‘zi yo‘q; ularning jamoasi faqat Samarqandda mavjud va (a’zolari) sabiyalar deb nomlanadi». X asrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida Vazkard nomli xristian manzili bo‘lgan va bu yerda xristian cherkovi ishlab turgan. Bu yerda Ibn Havqal kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan xristianlarni uchratgan edi. 1046 yilda Samarqandda nestorian metropoliyasi o‘z mavjudligini davom ettirgan. 1248 yilda Samarqandda bo‘lgan arman podshosi Gaytonning ukasi Sembatning yozishicha, shaharda xristian cherkovi va Iso hamda uch avliyoning rasmi tushirilgan surat bo‘lgan. XII asrda Samarqandda bo‘lgan sayyoh Benyamin Tudelskiy orasida olimlar va boy kishilar ko‘p bo‘lgan yahudiylar jamoasini tilga olgan edi. Samarqanddagi Navbahor darvozasining nomi qachonlardir bu hududda buddaviylik monastiri bo‘lganligidan darak beradi. Bunday nomdagi darvoza Buxoroda ham bo‘lgan. Balxda esa VIII asr boshlarida tilga olingan butparastlarning binosi Navbahor deb nomlangan. Shunday qilib Samarqand shahri asos solingan vaqtdan boshlab Amir Temur davriga qadar o‘z tarixida murakkab va qarama-qarshi jarayonlarni boshdan kechirgan. Download 84.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling