Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari


Download 84.29 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi84.29 Kb.
#1535756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza777

Maqbaralar va muqaddas joylar. X asrda butun musulmon dunyosida masjidlar sonining ko‘payishi jarayoni boshlangan. Samarqandda islom targ‘ibotchisi, Qusam ibn Abbosning qabri yaqiniga katta masjid barpo etilgan. Afsonalarga ko‘ra, Qusam ibn Abbosning qo‘shinlari namoz vaqtida kofirlar tomonidan qilichdan o‘tkazilgan. Lekin Qusam ibn Abbos mo‘jiza tufayli omon qoladi, ya’ni, uning qarshisida turgan mehrob ochilib, u yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Yodgorlikning nomi – «Shohi Zinda» – «tirik shoh» nomining kelib chiqishi ham mana shu afsona bilan bog‘liq. XII asrga oid «Qandiya»dagi ma’lumotlar va Ibn Battuta (XIV asr)ning qaydlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘sha vaqtlarda Shohi Zinda nomi umuman mavjud bo‘lmagan. XV asr oxirlarida bu yodgorlik majmuasiga nisbatan Mozor Shoh (shohning mozori) nomi qo‘llanilgani qayd etilgan, xolos. Shohi Zinda nomi faqat XV asrga kelib paydo bo‘lgan va taxminan shu davrda bu nom Hirot shahridagi muqaddas joylardan birini nomlash uchun qo‘llanilgan edi.
O‘rta asrlarda «kimki Samarqandda vafot etsa, yettinchi falakda vafot etgan hisoblanadi, qiyomat kuni malaklar bilan birga jannatga kiradi», deb hisoblangan. X asrda Samarqandning Chokardiza («jangchilar istehkomi» degan ma’noni bildiradi) degan joyida yetakchi ilohiyotchilardan biri Abu Mansur al-Moturidiy (870-944 yy.) dafn etilgan yangi mozor vujudga kelgan. Keyinchalik bu yerga Markaziy Osiyoning turli hududlaridan: Nasaf, O‘zgan, Shosh, Isfijob va boshqalardan yetishib chiqqan yuzlab buyuk olimlar, sayidlar (payg‘ambarimizning avlodlari), shayxlar, imomlar va g‘oziylar dafn etilgan. Bu yerda katta masjid va boshqa me’moriy obidalar qad rostlaydi. Chokardiza qabristoniga, shuningdek, yirik islomshunos olim, fiqh ilmining sultoni Burhoniddin al-Marg‘inoniy ham dafn etilgan.
IX-X asrlar chegarasida Xuroson va Movarounnahrda xonaqohlar (fors. xonqoh) – so‘fiylarning birgalikda yashash va ibodatlarini bajarish joylari paydo bo‘la boshladi. Samarqanddagi dastlabki xonaqohlar XI asrga oid bo‘lib, qayd etilishicha, ularning ayrimlari masjidlarning qarshisida barpo etilgan.
X-XI asrlar chegarasida Afrosiyobning janubiy qismida joylashgan Qusam ibn Abbos majmuasi hududida ilk musulmon qabristoni hisoblangan Banu Naxiyya joylashgan edi. Bu mozorda bir qancha ilohiyotchilar, hadisshunoslar, masalan, Abu Tavba Sayyid ibn Hoshim ibn Hamza al-Atkiy al-Kogaziy as-Samarqandiy (874 yilda vafot etgan) dafn etilgan bo‘lib, uning janozasini, ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsan Ismoil ibn Ahmad Somoniyning o‘zi o‘qigan ekan.
Madrasaning yonida Tarxonbekning qizi Xotun-malik maydoni va o‘quvchilar vaqfi hisoblangan uy, uning yoni Ahmad al-Muqassaning uy-joyi, uning yonida Abul Qosim al-Otaning uy-joyi, uning yoni Lochinbek mozori, Havli al-Hayltosh uy-joyi, amir Nizom ad-Dovul xonaqohi va Xotun-malik Turkon-xotun uy-joylari joylashgan. Turkon-xotun Ibrohim Tamg‘achxonning qizi bo‘lib, saljuqiy Malikshohga turmushga berilgan edi.
1066 yil iyun oyining o‘rtalariga oid bo‘lgan vaqf hujjatining guvohlik berishicha, Ibrohim Tamg‘achxon tomonidan Samarqandda maxsus kasalxona (gospital) ta’sis etilgan. Bu kasalxonada nafaqat bemorlar, balki kambag‘al qashshoq kishilar ham joylashishlari mumkin bo‘lgan.
Manbalarning guvohlik berishicha, Samarqanddagi jome’ masjidning yonida boshqa musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi katta shahar bozori va bozor maydoni joylashgan.

Download 84.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling