Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari


Shaharning diniy-ma’rifiy markazlari


Download 84.29 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi84.29 Kb.
#1535756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza777

Shaharning diniy-ma’rifiy markazlari. Masjid musulmon jamiyati hayotida alohida o‘rin egallagan, u nafaqat ibodat uyi, balkim turli vazifalarni bajargan jamoat binosi ham hisoblangan. X asr boshlarida jome’ yoki juma masjidlari (yoki masjid al-jome’) vujudga kela boshladi. Ularda juma namozlari bilan birga shahar va uning atrofidagi barcha musulmonlar to‘planadigan xutba namozlari ham o‘qilgan.
IX asr oxiridan boshlab as’hoblar va e’tiborli musulmon allamolarining qabri ustida maqbaralar va masjidlar qurilishi qayd etila boshlandi. Shuningdek, ziyorat obyekti bo‘lgan mozorlar paydo bo‘la boshladi. Bular odatda musulmon avliyosining qabri atrofida paydo bo‘lgan mozorlar hisoblangan. XI-XII asrlarda Samarqandda kamida uchta diniy-ma’rifiy markazlar shakllangan edi. Bulardan birinchisi, shaharni shimoliy qismida, uning markazida katta jome’ masjidi bo‘lgan. Masjidning yonida esa Qoraxoniylar sulolasi vakillari dafn etilgan maqbara joylashgan. Ikkinchisi, shaharning janubiy qismida payg‘ambarimizning amakivachchalari Qusam ibn Abbosning maqbarasi bo‘lib, XI asrdan boshlab uning atrofiga shaharning dunyoviy va diniy elitasi vakillari dafn etila boshlangan. Uchinchi markaz esa, Qusam ibn Abbos maqbarasidan janubda joylashgan Chokardiza qabristoni bo‘lib, bu yerga ham mashhur islom dini vakillari dafn etilgan.
Umuman olganda IX-XIII asrlarda shaharning asosiy diniy markazi Afrosiyobning shimolida, shahar istehkomining g‘arbida joylashagan jome’ masjid hisoblangan. Bu masjid VIII asr o‘rtalarida qurilgan va kvadrat shaklga ega bo‘lgan. Uning tarkibida to‘g‘ri burchakli katta hovli va hovlining g‘arbiy qismida masjidning asosiy binosi joylashgan. Masjid paxsa, ba’zi joylari xom g‘ishtdan terilgan devor bilan o‘ralgan. Al-Muqaddasiy al-Jayhoniyning ma’lumotlariga asoslanib, Sug‘ddagi eng ajoyib masjid Samarqandda, keyin Keshda, keyin Nasafda, keyin esa Kushoniyada joylashgan edi, deb ma’lumot beradi. Xususan, Samarqanddagi jome’ masjidida Qur’on o‘qilgan va Hadislar bo‘yicha munozaralar tashkil etilgan.
Qoraxoniylardan Ibrohim Tamg‘achxon (1040-1068 yy.) davrida mazkur masjidda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan va uning maydoni bir yarim marta kattalashtirilgan. Ilgari masjidning janubiy tomonidan mavjud bo‘lgan bitta kirish eshigi o‘rniga uchta, shimoliy tomonidan ikkita kirish eshiklari qurdirilgan. Masjidning sharqiy tomonidagi kirish eshigi esa avvalgi holicha qoldirilgan. Keyinchalik jome’ masjidi Qoraxoniylardan Arslonxon (1102-1130), Qilich Tamg‘achxon Ma’sud (1160-1178) va Ibrohim ibn Husayn (1178-1202)lar davrida bir necha marta ta’mirdan chiqarilgan.
Jome’ masjidi 1212 yilda Usmonning Xorazmshoh Muhammadga (1200-1220) qarshi isyoni vaqtida jiddiy zarar ko‘radi. Shuning uchun Xorazmshoh Muhammad 1212-1214 yillarda bu yerda ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan va hatto masjid maydonini 137 metrga kengaytirgan edi.
Chingizxonning Movarounnahrga yurishlari boshlangan vaqtga kelib Samarqand jome’ masjidining kattaligi shimoldan janubga 89 metr, sharqdan g‘arbga 140 metrni tashkil etgan. Shimoldan janubga tomon masjid to‘g‘ri burchakli va kvadrat ustunlarga tayangan yopiq galereyali bo‘lgan. Shuningdek, uning tarkibida yozgi, qishki va yordamchi binolar ham bo‘lgan. Masjidning jami kirish eshiklari yettita bo‘lib, namozxonlar shimol va janub tomondan uchta, sharq tomondan esa bitta eshikdan kirishgan. Masjidning g‘arbiy qismida mehrob bo‘lganligi sababli kirish eshigi bo‘lmagan. Xorazmshohlar davrida masjid yog‘och o‘ymakorligi bilan boy bezatilgan bo‘lib, ustunlari yog‘ochdan ishlangan edi. Masjidning ayvoni g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan bo‘lib, ayvonning ostki qismiga pishgan g‘isht terilgan.
Jome’ masjidining g‘arb tomonida 7x7 m. o‘lchamdagi kvadrat shakldagi bino bo‘lib, u sirli koshinlar bilan ajoyib bezatilgan. Binoga shimol va janub tomondan kirish eshiklari o‘rnatilgan bo‘lib, uning pishgan g‘isht terilgan polidan uchta sag‘ana (qabr) topilgan.
1220 yil martida Chingizxon qo‘shinlari Samarqandga hujum qilgan vaqtda shahar himoyachilari jome’ masjidi va istehkomga yashirinishgan va qahramonlarcha halok bo‘lgan edilar. Bu voqeadan so‘ng Samarqand jome’ masjidi butun Afrosiyob shaharchasi kabi o‘z mavjudligini yo‘qotgan edi.

Download 84.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling