Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari


Download 84.29 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi84.29 Kb.
#1535756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza777

Rabodlar. Samarqand rabodlari yirik hududlarni egallagan. Avval ular shahar devori tashqarisidagi shaharcha bo‘lgan. Keyinchalik mashulot ishlab chiqarish va savdo markazlariga aylangan. Bu yerda hunarmandchilik ustaxonalari va savdo rastalari joylashgan. VIII asrdan Registon hududi o‘zlashtirilgan. IX-XI asrlarda bu yerda kulolchilik, zargarlik ustaxonalari joylashagan. Tadqiqotchilar shaharning asosiy savdo-iqtisodiy markazi Kesh darvozasidan janubda bo‘lgan deb hisoblaydilar. Bu yerda joylashgan rasta Samarqand Sug‘dining bozori deb atalgan. Uning markazida chorsu – gumbazli savdo inshooti bo‘lgan. Bozorning ikkita rastasi jome’ masjidining shimoli va janubida joylashgan edi.
Shaharning suv ta’minoti. IX-XIII asrlarda Samarqandda shahar irrigatsiya tizimi tuzilishini takomillashtirish ishlari olib borildi. Kanallar o‘zanini to‘sish – to‘g‘onlar qurish, sohillarda himoya devorlarini barpo qilish va boshqalar. Tadqiqotchilar asta-sekin qadimgi chuqur bo‘lmagan keng kanallardan o‘rta asrlarning ancha tor lekin chuqur kanallariga o‘tish jarayoni bo‘lganini qayd etishadi. Shahar ichidan Chokardiza, Mazdahin, Iskandarg‘om, Asangin va Sangrason nomli magistral kanallar o‘tgan.
Shahar ichidan o‘tuvchi kanallardan kichik tarqaluvchi tarmoqlar chiqarilgan. Bunda ko‘pincha suv ochiq bo‘lmagan ariqlardan o‘tkazilgan. Buning uchun sopol quvurlardan foydalanilgan. Hazrati Xizr masjidining oldida joylashgan suv taqsimlash tizimiga suv janubdan keltirilgan. Aftidan bu suv Chokardiza mahallasidan oqib o‘tuvchi kanal orqali keltirilgan. Kanalning o‘zi qo‘rg‘oshin bilan qoplangan bo‘lganligi sabab u «Jo‘yi-arziz» («Qo‘rg‘oshinli kanal») deb nomlangan. Bu qadimgi gidrotexnik inshoot qachon qurilganini aniq ma’lum emas.
«Jo‘yi-arziz» kanalining tozaligi va butunligini samarqandlik zardushtiylar nazorat qilgan. Aytish mumkinki, bu davrda Samarqandda zardushtiylar mahallasi ham bo‘lgan. Suv o‘rta asrlar Samarqandning deyarli barcha xonadon va hunarmandchilik ustaxonalariga kirib borgan edi. Afrosiyobning ancha tepalikdagi joylariga suv chig‘ir (suvni yuqoriga ko‘tarib beruvchi uskuna)lar yordamida yetkazilgan. Oqar suvdan tashqari aholi quduqlar suvidan ham foydalangan.
Bu davrda Samarqandda hammomlar, karvonsaroylar faoliyat ko‘rsatgan. XII asrning ikkinchi yarmida Qoraxoniylar sulolasining vakillari o‘zlarining saroylarini arkning pastki qismida qurishgan. Mo‘g‘ullar bosqini oldidan qoraxoniylar saroyi ark xavfsizligini ta’minlash maqsadida buzilgan.
Afrosiyob shahrining janubida, Hazrati Xizr masjididan uncha uzoq bo‘lmagan Kesh darvozasining ortida savdo manzilgohi (rabod) vujudga kelgan. Unda hunarmandchilik ustaxonalari va bozor bo‘lgan. X asrda rabodning Registonni ham o‘z ichiga olgan janubiy hududida aholi ancha zich joylashgan edi. Rabodning magistral ko‘chalari darb deb atalgan. Bu atama darvozalarni ifodalashda ham ishlatilgan.

Download 84.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling