Samarqand Arab xalifaligi hukmronligi davrida IX – XIV asrning birinchi yarmidagi siyosiy jarayonlar. Samarqand shahrining tuzilmalari
Download 84.29 Kb.
|
2-ma`ruza777
Mavze’lar va ko‘chalar. «Mahalla» so‘zi «joy» degan ma’noni bildiradi. X-XV asrlarda Samarqandda mavzelarni nomlash uchun ikkita atama: «mahalla» va «ko‘» iboralari qo‘llanilgan. Samarqandda IX-X asrlarda mavzelar qanday boshqarilganligi manbalarda deyarli yoritilmagan. Mahallalar unda yashovchilarning asosiy mashg‘uloti nomi, mahallada yashayotganlar mansub bo‘lgan shahar yoki qishloqning nomi bilan ham nomlangan. Samarqand shahridagi mavzelarning nomiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular polietnik bo‘lgan deb aytish mumkin. Faqat ma’lum kasb-korga ega bo‘lgan hunarmandlar o‘zlarining alohida mavzelariga ega bo‘lishgan. Manbalarda XI asrda Samarqandda yashagan etnik guruhlardan jikillar tilga olinadi. Samarqand viloyati va shaharda o‘z yer uchastkalariga ega bo‘lgan arab qabilalaridan Bakr ibn Vaillar ham yashashgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, shahar mavzelarining asosini V-VIII asrlarda qaror topgan shaharsozlik tarxi tashkil etgan. Afrosiyob shaharchasining shimoli-g‘arbida VIII-IX asrlarga oid tarxi bo‘yicha to‘g‘ri burchakli va 5600 kvadrat metrni tashkil etuvchi mavzening o‘rni qazib ochilgan. U ikkita ko‘chaning o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ulardan biri mavzening sharq tomonidan o‘tgan, kengligi 4 metr bo‘lgan shaharning asosiy ko‘chasi, ikkinchisi g‘arb tomondan o‘tgan, kengligi 2 metr bo‘lgan, mazkur mavzeni boshqa mavze bilan ajratib turuvchi ko‘cha. Mavzening janub tomonidan VIII asr o‘rtalarida metallga ishlov beruvchi va shisha ishlab chiqaruvchi ustaxonalar ishlab turgan. Mavzeda IX asrga oid jamoat hammomi ishlab turgan. Mahallada aholining almashuvi har 30-40 yil oralig‘ida sodir bo‘lgan. Afrosiyobning shimoli-g‘arbida joylashgan bu mahallada keyingi ikki yarim asr davomida (VIII asr o‘rtalaridan XI asr boshlarigacha) aholi tarkibi kamida yetti marta almashgan. Keramiylarning katta mahallalari esa aholi almashuvidan kamroq zarar ko‘rgan. Bu yerda (Afrosiyobning markazida joylashgan mavze) aholi 100-150 davomida muqim yashagan. Manbalarda X-XII asrlarda Samarqandda mavjud bo‘lgan quyidagi mahallalarning nomlari keltirilgan: Bob Doston, Bob Kiss, Bob Naund, Banjxin, Varsanan, Guzavaz, Chokardiza, Zagrimaj, Kibob, Kanvan, Sikka al-Labbadin (Kui Namozgaron), Moturid, Nahr al-Kassarin, Ras al-Kantara G‘otfar, Sankadiza, Ushtabdiza, Fagidaz, Farzamisan. Avfiyda Gurjmin yoki Kurjumin mahallasining nomi qayd etilgan. Najmiddin Nasafiy Samarqand shahridagi quyidagi mavzelarning nomlarini tilga olgan: Ajlan, Bayan, G‘otfar, Darvozacha, Maydon, Muj, Mug‘vdiyza, Muhammad ibn Hamza, Taxunat al-muftiy (muftiy tegirmoni), Faraxi amiri Naund, Xaitu Kusakan. Shahar rabodlari ham o‘z nomlariga ega bo‘lgan: Rabodi Navkaymin, Rabod ul-Murabba, Nasr ibn Jobir raboti va boshqalar. X-XII asrlardan beri o‘z nomini saqlab qolgan Samarqand shahri mavzelaridan Chokardiza, G‘otfar va Moturidni sanab o‘tish mumkin. Har bir mavze o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Hammomlar. IX asrdan boshlab Samarqandda jamoat hammomlari faoliyat ko‘rsata boshlagan. X-XI asrlardayoq Samarqandda erkaklar va ayollar uchun alohida alohida hammomlar faoliyat ko‘rsatgan. Arxeologlar tomonidan Afrosiyobning g‘arbiy qismidan yechinish, yuvinish va dam olish xonalariga ega bo‘lgan katta hammomning qoldiqlari qazib ochilgan. Bundan tashqari, hammomlarda kosmetik (zeb berish) xonalari ham bo‘lgan. Umuman olganda, Afrosiyob shaharchasining shimol tomonida istehkom yaqinida, shimoli-g‘arbda, g‘arbda, sharqda va shaharcha markazida jami beshta hammomning qoldiqlari qazib ochilgan. Download 84.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling