66
queen – qirolicha,
nun – rohiba,
princess – malika,
widow – tul ayol kabi so’zlarning o’rniga esa
gapda “she” olmoshi ishlatiladi.
2) Ba’zan davlat, avtomobil, kema va samolyot kabilarning nomlari o’rnida “she” olmoshi
ishlatiladi: Britain is a rich country. She helps many other countries. “Titanic” was a large ship but
she sailed only once.
Otning aniqlovchi vazifasida kelishi
1. Ot so’z turkumi odatda qaratqich kelishigi qo’shimchasi “-‘s” (apostrof s) bilan kelganda
gapda aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin: the manager’s signature – boshqaruvchining imzosi.
The captain’s cabin – kapitanning xonasi.
2. Lekin bosh kelishik shaklidagi bir ot ikkinchi bir otga ham aniqlovchi vazifasida kelishi
mumkin: an iron bridge – temir ko’prik, life insurance – hayot sug’urtasi, the cotton market –
paxta bozori. An iron spoon.
3. Ba’zida esa bir otga ikki, uch va undan ko’proq otlar ham aniqlovchi vazifasida kelishi
mumkin: home market prices – ichki bozor narxlari, meat price decries – go’sht narxining tushishi.
Do'stlaringiz bilan baham: