Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

12. Tartib son bilan kelgan grade – sinf, avenue – shoh ko’cha, street – ko’cha so’zlari oldidan 
artikl ishlatilmaydi: I study in sixth grade. Men oltinchi sinfda o’qiyman. I live in tenth avenue 
(street). Men o’ninchi shoh ko’chada yashayman.
13. Umumiy ma’noda kelgan sanaladigan va sanalmaydigan otlar artiklsiz keladi. Lekin o’sha 
turdagi otning ma’lum bir turi nazarda tursa birlikda “a” artikli bilan ishlatiladi. Agar ot aniq holatda 
tursa “the” artikli bilan turadi: Life is beautiful. Hayot go’zal. They are trying for a better life. Ular 
yaxshiroq xayotga harakat qilmoqdalar. The life in America is not so easy, too. Amerikadagi hayot 
ham shunchalar oson emas.
14. Raqam bilan ifodalangan yillar oldidan artikl ishlatilmaydi: in 1999, in 2000, in 1878.
Lekin: ko’plikda kelgan yillar oldidan “the” artikli ishlatiladi: in the 1970s – yetmishinchi 
yillarda, in the 1940s – qirqinchi yillarda.
Artiklning Atoqli otlar oldidan ishlatilishi va ishlatilmasligi 
1. Katta shahar, qishloq, davlat nomlari va kishi ismlari umumiy holda artiklsiz ishlatiladi: 
Britain, London, Samarkand, Tom, Murod,
2. Kishi familiyasi yoki ismi oldidan kelgan unvon yoki mansabni ifodalovchi so’zlar artiklsiz 
ishlatiladi: Professor Ikromov, Mr. Brown – Janob Braun, Comrade Petrov - O’rtoq Petrov, President 
Clinton, Queen Elisabeth, Poetress Zulfiya – Shoira Zulfiya, General Rahimov.
Lekin: Unvon nomlari ismsiz yolg’iz ishlatilsa the artikli bilan ishlatiladi: the President, the Queen, 
the General, the Poetress – shoira.
3. Muomala yoki birovni chaqirish uchun ishlatilgan mansabni yoki unvonni ifodalovchi otlar ham 
artiklsiz ishlatiladi: Good morning, Captain! – Salom Kapitan May I ask you a question, teacher? 
Maylimi savol so’rasam, ustoz?
4. Father, Mother, brother va boshqa oila a’zolarini ifodalovchi so’zlar shu oila a’zolari tomonidan 
aytilsa artiklsiz ishlatiladi va katta harf bilan yoziladi: I shall tell Father about it – Men bu haqda 
otamga aytaman.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling