12. Tartib son bilan kelgan grade – sinf, avenue – shoh ko’cha, street – ko’cha so’zlari oldidan
artikl ishlatilmaydi: I study in sixth grade. Men oltinchi sinfda o’qiyman. I live in tenth avenue
(street). Men o’ninchi shoh ko’chada yashayman.
13. Umumiy ma’noda kelgan sanaladigan va sanalmaydigan otlar artiklsiz keladi. Lekin o’sha
turdagi otning ma’lum bir turi nazarda tursa birlikda “a” artikli bilan ishlatiladi. Agar ot aniq holatda
tursa “the” artikli bilan turadi: Life is beautiful. Hayot go’zal. They are trying for a better life. Ular
yaxshiroq xayotga harakat qilmoqdalar. The life in America is not so easy, too. Amerikadagi hayot
ham shunchalar oson emas.
14. Raqam bilan ifodalangan yillar oldidan artikl ishlatilmaydi: in 1999, in 2000, in 1878.
Lekin: ko’plikda kelgan yillar oldidan “the” artikli ishlatiladi: in the 1970s – yetmishinchi
yillarda, in the 1940s – qirqinchi yillarda.
Artiklning Atoqli otlar oldidan ishlatilishi va ishlatilmasligi
1. Katta shahar, qishloq, davlat nomlari va kishi ismlari umumiy holda artiklsiz ishlatiladi:
Britain, London, Samarkand, Tom, Murod,
2. Kishi familiyasi yoki ismi oldidan kelgan unvon yoki mansabni ifodalovchi so’zlar artiklsiz
ishlatiladi: Professor Ikromov, Mr. Brown – Janob Braun, Comrade Petrov - O’rtoq Petrov, President
Clinton, Queen Elisabeth, Poetress Zulfiya – Shoira Zulfiya, General Rahimov.
Lekin: Unvon nomlari ismsiz yolg’iz ishlatilsa the artikli bilan ishlatiladi: the President, the Queen,
the General, the Poetress – shoira.
3. Muomala yoki birovni chaqirish uchun ishlatilgan mansabni yoki unvonni ifodalovchi otlar ham
artiklsiz ishlatiladi: Good morning, Captain! – Salom Kapitan May I ask you a question, teacher?
Maylimi savol so’rasam, ustoz?
4. Father, Mother, brother va boshqa oila a’zolarini ifodalovchi so’zlar shu oila a’zolari tomonidan
aytilsa artiklsiz ishlatiladi va katta harf bilan yoziladi: I shall tell Father about it – Men bu haqda
otamga aytaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |