Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

Lekin: Need, want, require – fe’llari jonsiz ega bilan kelganda unlardan keyin asosan gerund 
ishlatiladi, lekin shu bilan birga “Majhul nisbatdagi” “to”li infinitive ham ishlatilishi mumkin. Bunda 
Gurund shaklida kelgan fe’l majhul shaklda tarjima qilinadi: My car needs washing. (My car needs to be 
washed). Mening mashinam yivilishi kerak. This jacket needs cleaning (to be cleaned). Bu kostyum 
yuvilishi kerak. The batteries need changing (to be changed). Batareyalar almashtirilishi kerak.
11. “used to” dan keyin “to” siz infinitive ishlatiladi, to be used to = to get used to dan keyin esa 
gerund ishlatiladi: He used to smoke. U chekishga odatlangan edi. He is used to smoking now. Hozirda 
u chekishga odatlanganHe is used to driving on the left. U chap tarafdan mashina haydashga odatlanib 
qolgan.
12. Prefer – (afzal ko’rmoq) fe’lidan keyin umumiy holatda “to” li infinitive ham Gerund ham 
ishlatilaveradi. Ko’p hollarda prefer dan keyin “to” li infinitive ning ishlatilishi odat tusiga kirgan: I don’t 
like cities. I prefer to live in the country = I prefer living in the country. Menga shaharlar yoqmaydi. Men 
qishloqda yashashni yoqtiraman.
Lekin: Prefer … to … (…-ga qaraganda …-ni afzal deb bilmoq) birikmasi orasida hamisha 2 ta 
Gerund ishlatiladi: I prefer staying at home to going out at nights. Men kechqurunlari tashqariga 
chiqishdan uyda o’tirishni afzal deb bilaman.
13. Prefer … rather than … (…dan ko’ra …-ni afzal deb bilmoq) birikmasida esa Prefer so’zidan 
keyin “to” li infinitive, “rather than” so’zidan keyin esa “to”siz infinitive ishlatiladi: I prefer to live in the 
country rather than live in a city. Men shaharda yashashdan ko’ra qishloqda yashashni afzal deb 
bilaman.
14. Would prefer birikmasidan keyin hamisha “to”li infinitive ishlatiladi. Bu birikma asosan 
ma’lum bir maxsus vaziyatlardagina ishlatiladi. Umumiy holatlar uchun ishlatilmaydi: Would you prefer 
to drink tea or coffee? Choy ichishni afzal ko’rasizmi yoki kofe?

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling