Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

4. Begin-boshlamoq, start-boshlamoq, intend-niyat qilmoq, continue-davom ettirmoq, love 
(sevmoq), can’t bear (chidab turolmaslik), prefer (afzal ko’rmoq), bother (bezovta qilmoq), propose 
(taklif kiritmoq) fe’llaridan keyin Gerund ham “to”li infinitive ham hech qanday farqsiz ishlatilaveradi: 
The baby began crying = The baby began to cry – Chaqaloq yig’lashni boshladi.
5. Remember- “eslamoq”, forget – unutmoq, regret – afsuslanmoq, stop – to’xtatmoq, 
to’xtamoq,: Agar kelajakda bajariladigan ishni eslash nazarda tutilsa “Remember” (forget, stop, regret, 
go on) fe’llaridan keyin “to” li infinitive ishlatiladi. Lekin: Bajarib bo’lingan ish nazarda tutilganda 
Remember (forget, stop, regret, go on) fe’llaridan keyin Gerund ishlatiladi: I remembered locking the 
door. Men eshikni qulflaganligimni esladim. He remembered posting the letters. U xatlarni 
jo’natganligini esladi. I remembered to lock the door. Men eshikni qulflashni esladim. He remembered 
to post the letters. U xatlarni jo’natishni esladi. They remembered to smoke. Ular chekishni esladi. I 
stopped to smoke – men chekish uchun to’xtadim. I stopped smoking – men chekishni to’xtatdim. I 
forgot to send the letters – men xatlarni jo’natishni unitibman, I forgot sending the letters. Men xatlarni 
jo’natganligimni unitibman. I regret to tell about the accident. Men avariya haqida aytishdan 
afsusdaman. I regret telling about the accident. Men avariya haqida aytganligimdan afsusdaman.
6. go on (davom ettirmoq): Biror narsa tugatilgandan keyin ikkinchisi davom ettirilsa go on 
fe’lidan keyin “to” li infinitive ishlatiladi: After the interval, Pavarotti went on to sing an aria from Tosca. 
Tanaffusdan keyin Pavarotti Toska asaridan aria kuylab davom etdi.
Lekin: Bajarilayotgan ish yana davom ettirilsa go on dan keyin –ing ishlatiladi: Teacher told him 
to stop making a noise but he went on making a noise.
7. Try fe’li: Agar “try” fe’li “harakat qilmoq” ma’nosida kelsa undan keyin “to”li infinitive 
ishlatiladi: I am trying to enter the University. Men Universitetga kirishga harakat qilyapman. He tried 
to learn by heart the poem. U she’rni yodlab olishga harakat qildi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling