Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

UNIT – 116
 
1. By predlogi vaqtni ifodalaydigan so’zlarning oldidan ishlatilganda “-gachadeb tarjima 
qilinadi. By predlogi biror ish-harakatning o’sha vaqtdan kechiktirilmasdan bajarilishini bildiradi. By = 
not later than: I posted the letter, so they should receive it by Monday. (on Monday or before Monday, 
on Monday at the least). Men xatni jo’natdim, shuning uchun ular uni Dushanbagacha olsa kerak. 
(dushanba kuni yoki dushanbadan oldin, eng kechi bilan dushanba kuni).


108 
2. -gacha” ma’nosida until (till) predlogi ishlatiladi. Until (till) predlogi biror vaziyatning qancha 
vaqt davom etishini ifodalaydi: Shall we go now? No, we shall wait until (till) it stops raining. Hozir 
ketamizmi? Yo’q, biz yomg’ir to’xtaguncha kutamiz.
3. UNTIL va BY predloglarini qiyoslaganimizda shu ma’lum bo’ladiki. Until predlogi biror ish-
harakatning belgilangan vaqtgacha aniq davom etishi va aynan belgilangan vaqtda tugashini bildiradi. 
BY esa biror ish-harakatning belgilangan vaqtdan oldin ham tugab qolishini, eng kechi bilan belgilangan 
vaqtda tugashini biladiradi: Tom will be away until Monday. Tom Dushanbagacha safarda bo’ladi (u 
aynan Dushanba kuni qaytadi, undan oldin qaytmaydi). Tom will be back by Monday. Tom 
Dushanbagacha qaytib keladi. (u Dushanbadan oldin qaytib kelishi ham mumkin).
4. BY predlogi quyidagi vaqtni ifodalovchi so’zlar bilan kelib birikmalar hosil qiladi: by the time – 
vaqtgacha, paytgacha, by then – ungacha, o’shangacha, by that time – o’sha paytgacha: Anvar finally 
arrived at the party at midnight. But by then (or by that time) most of the guests had left. Anvar va 
nihoyat yarim kechasi ziyofatga yetib keldi. Lekin ungacha mehmonlarning ko’pchiligi ketib qolgan edi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling