Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Lekin: Would prefer … rather than …


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

Lekin: Would prefer … rather than … (…-dan ko’ra …-ni afzal deb bilmoq) birikmasida Would 
prefer so’zidan keyin “to”li infinitive ishlatiladi, rather than so’zidan keyin esa “to”siz infinitive 
ishlatiladi: I would prefer to stay at home tonight rather than go to the cinema. Men bugun kechqurun 
kinoga borishdan ko’ra uyda o’tirishni afzal deb bilardim.
15. Would rather va would sooner (yaxshisi) birikmalaridan keyin “to”siz infinitive ishlatiladi: 
would rather go by car to the office. Men yaxshisi idoraga mashinada boraman. Would you rather drink 
tea or coffee? Choy ichganingiz yaxshimi yoki kofe? I would rather not go out this evening. Men yaxshisi 
bugun kechqurun tashqariga chiqmayman.
Izoh: Would rather … than … (…-dan ko’ra yaxshisi) birikmasi orasida ikkita faqat “to”siz infinitive 
ishlatiladi: We would rather read a book than watch TV. Televizor tomosha qilishdan ko’ra yaxshisi kitob 
o’qiyman.
Lekin: Would rather birikmasidan keyin Ega + Kesim kelsa, undan keyin o’tgan zamondagi fe’l 
shakli ishlatiladi: I would rather she cooked the dinner now. Yaxshisi kechki ovqatni u pishirsin. (I would 
rather cook the dinner now. Men yaxshisi kechki ovqatni pishiraman.I would rather you didn’t go. Sen 
bormasang yaxshi bo’lardi. I would rather she came with us. U biz bilan kelsa yaxshi bo’lardi.
16. Had better (yaxshisi) birikmasidan keyin “to”siz infinitive ishlatiladi: It might rain. We had 
better take an umbrella. Yomg’ir yog’ishi mumkin. Yaxshisi soyabon olaylik. I’d better go to the bank 
this afternoon. Men yaxshisi tushdan keyin bankka boraman.


105 
17. It’s time (it’s high time, It’s about time) – (vaqt bo’ldi) birikmasidan keyin “to”li infinitive 
ishlatiladi: It is time to go home. Uyga ketishga vaqt bo’ldi. It’s time for us to learn a computer. 
Kompyuter o’rganishimizning vaqti bo’ldi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling