Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   310
 
12-mavzu: 
SODDA GAPNING TARKIBIY QISMLARI
 
 
Bitta shakllangan kesimga ega bo‗lgan gap sodda gapdir. Sodda gapda to‗liq 
shakllangan kesim bitta bo‗ladi. Ega va hol to‗g‗ridan to‗g‗ri kesimga bog‗lanadi. 
Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo‗lakka bog‗lanaveradi. To‗ldiruvchi 
esa fe‘l bilan ifodalangan bo‗laklarga bog‗lanadi. 
 
Gapning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi, o‗zaro hokim-tobe munosabatida 
bo‗lgan so‗z yoki so‗z birikmalari gap bo„laklari deyiladi. 
Gap bo‗laklari ahamiyatliligi jihatidan ikki darajaga bo‗linadi. 
Bosh bo‗laklar: kesim, ega;
Ikkinchi darajali bo‗laklar: hol, to‗ldiruvchi, aniqlovchi. 
 
KESIM
 
 
 
Gap markazi boʻlib, asosiy mazmunni bildiruvchi, zamon, shaxs-son, mayl, 
tasdiq-inkor ma‘nolarini ifodalovchi gap boʻlagi kesim deyiladi. Kesim asosan «nima 
qildi?», «nima qilyapti?», «nima qiladi?», shuningdek, «kimdir?», «nimadir?», 
«qandaydir?», «qanchadir?» kabi soʻroqlarga javob boʻladi. 
Masalan: Bizning yutuqlarimiz ota-onalarimizni bag„oyat xursand qiladi. 
(nima qildi? – xursand qildi?) Mening kitoblarim koʻp. (qanchadir? – koʻpdir) 
 
3-misol. Gap kesimlari ajratib koʻrsatilgan. 
1. Olov o‗tinni kuydirib kul qilgani kabi, hasad savob amallarni yeb tugatadi
(Hadis) 2. Hasad etgan kishi dun-u dag„aldur, bu so‗z xalq aro eski masaldur(So„fi 
Olloyor) 3. Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. (T.Malik) 4. Odam hamisha 
yashiradigan, yashirishga urinadigan illat hasaddir(T.Malik) 
 
Kesimlik (shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl(modal) ma‘nosini ifoda etgan 
gapning markaziy bo‗lagi kesim deyiladi. Kesimda quyidagi kesimlik ma‘nolari 
bo‗ladi: 1) shaxs-son; 2) zamon; 3) mayl(modallik); 4) tasdiq inkor. 
Kesimlik ma‘nolari kesimlik shakllari (qo‗shimchalari) orqali ifodalanadi. 
Masalan: Bugun darsga bormayman. matasdiq-inkor; y – zamon; manshaxs-
son; xabar mayli. 
Kesimlik ma‘nosini ifodalovchi shakllarga fe‘lning shaxs-son, zamon, mayl 
qoʻshimchalari va ismlarning kesimlik qoʻshimchalari kiradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling