Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- Murakkab (qoʻshma) kesimlarning tuzilishi № Tuzilishi Misollar 1
2) Fe‟lning harakat nomi
shakli bilan; 3) Otlashgan sifatdosh bilan; 1) a) Axloqi zamimalarning eng zararligi hasaddur. b) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. d) Ikki o‗n besh – bir o„ttiz. e) O‗zim har joydaman, ko‗nglim sandadur. f) Savobning eshigi ko„p. g) Ko‗chada odam g„ij-g„ij. h) So‗zdan so‗zning farqi bor, o‗ttiz ikki narxi bor. j) Endi uning holiga voy. 2) Burchimiz – a‘lo oʻqish. 3) Yigit kishining uyalgani – oʻlgani; eman daraxtining egilgani – singani. Eslatma: Otlashmagan sifatdosh fe‘l kesim, otlashgan sifatdosh esa ot kesim vazifasini bajaradi. Taqqoslang: 1) Bu kishilar men bilan birga o‘qigan. Ushbu gapda sifatdosh otlashmagani uchun fe‘l kesimni shakllantirgan; 2) Bu kishilar birga o‘qiganlarimdir. Ushbu gapda sifatdosh otlashgani uchun ot kesimni shakllantirgan. 216 KESIMNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI. SODDA KESIM VA MURAKKAB KESIM Kesimlar tuzilishiga ko‗ra ikki xil bo‗ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Bir so‗z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Rost gapir. (O‗.Hoshimov). Haqiqat achchiq. Birdan ortiq so‗zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1. O„zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2. Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo„ldug„i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo‘lur. (A.Avloniy) 3. To„y – bahor kelganda. 4. Hamma gap – mening yo‘qligimda. Yordamchi so‗zlar (ko‗makchi fe‘l, bog‗lama, nisbiy so‗z va b.) ham murakkab kesimni shakllantiradi. Kengaygan birikma va ibora yaxlit holda bitta gap bo‗lagi bo‗lib keladi va o‗z ichida boshqa bo‗laklarga ajratilmaydi. Shuning uchun ular murakkab kesim hisoblanadi: 1. Dadam qo‘li ochiq edilar. 2. Ular besh kishidan iborat edi. 4-misol. Sodda kesimlar ajratib koʻrsatilgan. 1. Yolg‗on yondirar, haqiqat qondirar. (Maqol) 2. Rostlik – do„stlik, yolg‗onchilik – ko„rgulik. (Maqol) 3. Haqiqatdan qo‗rqqan odam yolg‗onning panasiga berkinadi. (O„.Hoshimov) 4. Rostgo‗ylikda xavf-u xatar ko„rsanglar ham, rost so„zlanglar. (Hadisi sharif) 5. Yurtimizda alanga porlar, sevmoq uchun, sevilmoq uchun. (Qo„shiqdan) 5-misol: (Murakkab kesimlar ajratib koʻrsatilgan) 1. Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi. (Vladislav Gjechik) 2. Yolg‗on, ko‗pincha, ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. (Andre Morua) 3. Ishda to‗g‗rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmaslik, so‗zda to‗g‗rilik har vaqt rost so‗zlamaklikdur. (A.Avloniy) 4. Rostlik ila xiyonat ikkisi jam kelmas. (A.Avloniy) 5. Otasi kelavermagach, bolalarning dod-voyi eshitila boshladi. 6. Sevmoq uyat emasdir, har kimda bor bu savdo... (Maqol) Murakkab (qoʻshma) kesimlarning tuzilishi № Tuzilishi Misollar 1 Ot (keng ma‘noda) + bogʻlama 1) Muvaffaqiyatlarning oddiy siri tinimsiz harakat hisoblanadi . 2) Oʻsha kuni sovuq qattiq edi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling