108
yirik xususiy kompaniyalar tomonidan xom-ashyo va butlovchi
qismlarning sotibolinishi Internet birjalar orqali amalga oshirilayotganligi
evaziga iqtisod qilish miqdori 25-30% ga etadi;
auksionda butun dunyodan raqobat qiluvchi
etkazuvchilarning ishtirok
etishi vaqtning real miqyosida ular tomonidan taqdim qilinadigan
mahsulot va xizmatlar narxlarining pasayishiga olib keladi;
butun dunyodan sotib oluvchilarning raqobati
natijasida sotiladigan
mahsulot yoki xizmatlarning narxini oshishi;
zarur xodimlar sonining qisqarishi va qog‘oz hujjatlar bilan ishlar
hajmining kamayishi hisobiga iqtisod qilish.
G‘arb mamlakatlarida ETda etakchi pog‘onani B2B sektori egalladi.
Dastlab o‘z biznesini Internetga o‘tkazgan kompaniyalardan apparat-dasturiy
vositalarni sotuvchi va kompyuter hamda telekommunikatsiya
xizmatlarini
ko‘rsatuvchilari afzalliklarga ega bo‘ldilar.
Har bir internet-magazin ikkita asosiy qismdan iborat bo‘ladi: elektron
vitrina va savdo tizimi.
Elektron
vitrina
Web-saytda
sotilayotgan
mahsulotlar
to‘g‘risida
ma’lumotlarni
saqlaydi, magazin ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi,
xaridorlarni ro‘yxatga oladi, sotib oluvchining elektron “savatchasi” bilan ishlaydi,
buyurtmalarni rasmiylashtiradi, marketing ma’lumotlarini to‘playdi, ma’lumotlarni
savdo tizimiga taqdim etadi.
Savdo tizimi mahsulotni etkazib beradi va uning to‘lovi uchun hujjatlarni
rasmiylashtiradi. Savdo tizimi – alohida kompaniyaga tegishli bo‘lgan Web-
serverda o‘z joyini ijaraga oluvchi turli firmalarning magazinlari majmuasi.
Internet-magazinning ishlash texnologiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Xaridor elektron vitrinadagi mahsulotlar va narxlar katalogidan kerakli mahsulotni
tanlab oladi va shaxsiy ma’lumotlari kiritiladigan shakl (ismi-sharifi,
otasiningismi,
pochta va elektron manzil, etkazib berish va to‘lovning Afzal
usuli)ni to‘ldiradi. Agar to‘lov Internet orqali amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda
uning axborot xavfsizligiga alohida e’tiborberiladi.
109
Rasmiylashtirilgan
mahsulot
internet-magazinning
savdo
tizimiga
topshiriladi va bu erda buyurtma komplektatsiya qilinadi. Savdo tizimi qo‘lda
bajariladigan
yoki
avtomatlashtirilgan
usulda
faoliyat
yuritadi.
Qo‘lda
bajariladigan tizim avtomatlashtirilgan
tizimni sotib olib, yo‘lga qo‘yishning
imkoni mavjud bo‘lmagan holda, oddiy pochta jo‘natmalari prinsipi bo‘yicha
ishlaydi, odatda mahsulot hajmi katta bo‘lmaganda.
Do'stlaringiz bilan baham: