Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEKSHIRDI
- Asosiy qism: 1.
2 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO FAKULTETI ANALITIK KIMYO KAFEDRASI Mavzu: Elektr kimyoviy analiz usullarida qo’llaniladigan elektrodlarning klassifikasiyasi va ularning turlari BAJARDI: 201 – guruh talabasi YUSUPOV ALISHER TEKSHIRDI: dots. Q.MURODOV Samarqand-2023 3 Elektr kimyoviy analiz usullarida qo’llaniladigan elektrodlarning klassifikasiyasi va ularning turlari Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Elekr kimyoviy analiz usullari 2. Elektr kimyoviy zanjir 3. Elektrod jarayonlarning ishlash mexanizmi 4. Indikator elektrodi 5. Taqqoslash elektrodlari: Vodorod elektrod; Kalomel elektrodi; Kumush xloridli elektrod; 6. Birinchi tur elektrodlar; 7. Ikkinchi tur elektrodlar; 8. Uchinchi tur elektrodlar; 9. Elektr kimyoviy reaksiyalar; III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 4 I. Kirish Elektr kimyoviy analiz usullari elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig‘ida sodir bo‘layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig‘im, elektr o‘tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o‘zgaradi. Bu kattaliklar aniqlanadigan moddalarning eritmadagi konsentratsiyalariga mutanosib bo‘lganligi yoki ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular yordamida o‘sha moddalarning tabiati va miqdorini aniqlash mumkin. Barcha elektr kimyoviy analiz usullari uch guruhga bo‘linadi: 1. Elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar (potensiometriya, voltamperometriya: polyarografiya, amperemet-riya, xronoamperometriya, xronopotensiometriya, inversion volt-amperometriya, kulonometriya, elektr gravimetriya va boshqalar); 2. Elektrod reaksiyalariga bog‘liq bo‘lmagan usullar (past va yuqori chastotali konduktometriya, dielkometriya); 3. Qo‘sh elektr qavatning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan usullar (tenzammetriya, elektr sorbsion analiz). Elektrolitik jarayon elektronlar tashilishining geterogen reaksiyasi sifatida qaralishi mumkin. Elektronlar eritma elektrod chegarasida tashiladi. Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Indikator elektrod sifatida qattiq yoki suyuq metall, grafit, ion selektiv yoki oksid elektrod va boshqalar ishlatiladi. Taqqoslash elektrodi sifatida normal vodorod, to‘yingan kalomel, kumush xloridli, talliy xloridli, merkur-yodid va boshqa elektrodlar, shuningdek, sirt yuzasi katta bo‘lgan turli xil metallar ishlatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling