Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1800392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi (namuna)

konsentratsion element, sodir bo‘lgan hodisa esa konsentratsion qutblanish 
(polyarizatsiya) deyiladi.
 
3.Elektrod jarayonlarining ishlash mexanizmi
Potensiometriyada tekshiriladigan eritmalarga tushirilgan elektrodlarning 
potensiallari o‘lchanadi. 1889 yilda V.Nernst elektrod potensialining eritmadagi 
moddalar konsentratsiyasiga bog‘liqligining termodinamik mohiyatini isbotladi. 
Hozirgi davrda elektrod potensiali deganda, taqqoslash (asosan, vodorod) elektrodi 
bilan istalgan oksidlanish-qaytarilish yoki boshqa reaksiyaga mos elektrod orasida 
yuzaga keladigan elektr yurituvchi kuch (EYuK) tushuniladi. Shu negizda 
elektrodlarning quyidagi asosiy turlari haqida gapirish mumkin:
1) elektron almashinuvchi elektrodlar;
2) elektron–ion almashinuvchi elektrodlar;
3) ion almashinuvchi elektrodlar.
Agar biror oksidlanish-qaytarilish jufti mavjud bo‘lgan eritmaga inert 
(indifferent) metall elektrodi tushirilgan bo‘lsa, shu metall sirtida muayyan tezlik 
bilan sistemadagi oksidlangan va qaytarilgan moddalar orasida elektronlar 
almashinuvi Ox+ne

Red kuzatiladi. Bu reaksiya natijasida qaytaruvchining bir 
qismi metallga elektron berib oksidlanadi, oksidlovchining bir qismi esa elektron 
qabul qilib qaytariladi. Bu har ikkala reaksiya metall – eritma fazalari chegarasida 
bir vaqtda sodir bo‘ladi. Dastavval, elektronlarning qaytaruvchidan elektrodga yoki 
elektroddan oksidlovchiga o‘tishi mavjud Ox/Red juftidagi moddalarning 
konsentratsiyasiga muvofiq ravishda u yoki bu tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bu 



jarayonlar natijasida elektrod – eritma chegarasida ortiqcha manfiy yoki musbat 
zaryad kuzatiladi.
Elektronlarning tashilish tezliklari tenglashgan paytda sistemada harakatchan 
(dinamik) muvozanat o‘rnatiladi. Elektrodning shu paytdagi potensiali 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling