Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
muvozanatdagi elektrod potensiali
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
muvozanatdagi elektrod potensiali (E
m ) deyiladi; bu potensial sistema tarkibiy qismlarining elektrod oldi qavatlardagi konsentratsiyalari (aktivliklari) nisbatiga bog‘liq bo‘lib, Nernst tenglamasi yordamida quyidagicha ifodalanadi: bu yerda E o,Ox/Red – oksidlanish-qaytarilish juftining normal potensiali, V; R – gaz doimiysi; T - absolyut temperatura, K; n – reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soni; F – Faradey soni. Agar natural logarifmdan o‘nli logarifmga o‘tilsa va tegishli ifodalar o‘rniga son qiymatlar qo‘yib hisoblansa: hosil bo‘ladi (bu yerda 25 o C da =0,059). Elektrodning elektron olish va berish jarayonlari tezliklari o‘zaro mutanosib bo‘ladi. Elektronlarning almashinish tezligi qancha katta bo‘lsa, elektrodlarda barqaror potensial shuncha tez qaror topadi. Elektrod jarayonlarining tezligi katta bo‘lgan oksred juftlar qaytar juftlar deyiladi. Bunday juftlar uchun potensial muvozanat holatidagiga nisbatan salgina o‘zgartirilsa, elektrod jarayonining tezligi keskin o‘zgaradi. Elektrod jarayonlarining tezligi kichik bo‘lgan oksred juftlar qaytmas juftlar deb yuritiladi. Qaytmas sistemalarda muvozanat potensiali sekin qaror topadi va u boshqa omillarga bog‘liq bo‘lganligi uchun barqaror bo‘lmaydi. Bunday sistemalarda reaksiyaning tezligini oshirish uchun potensialni muvozanat holatidagiga nisbatan ancha qiymatga ko‘tarish talab etiladi. Elektr kimyoviy bo‘g‘inning ikkinchi turi (sxemalari tegishli boblarda keltirilgan) yordamida eritmada sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiya natijasida ] [Re ] [ ln Re / , d Ox nF RT E E d Ox o м ] [Re ] [ lg Re / , d Ox n E E d Ox o м 9 yuzaga keladigan o‘zgarishlarni qayd qilish va o‘lchash uchun eritmaga kamida ikkita elektrod tushiriladi. Ulardan biri indikator (ishchi, qutblangan) va ikkinchisi taqqoslash (potensiali solishtiriladigan, qutblanmagan, yordamchi) elektrodlaridir. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling