Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1800392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi (namuna)

 
4.Indikator elektrodlar 
Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o‘lchash 
uchun xizmat qiladi. 
Indikator elektrod sifatida qattiq yoki suyuq metall, grafit, ion selektiv yoki 
oksid elektrod va boshqalar ishlatiladi.
Elektrod – eritma sirti chegarasida sodir bo‘ladigan elektr kimyoviy 
jarayonning mexanizmiga ko‘ra indikator elektrodlari quyidagilarga bo‘linadi:
1) elektronlar almashinishi kuzatiladigan oksidlanish-qaytarilish (oksred) 
elektrodlari;
2) elektron–ion almashinish kuzatiladigan birinchi, ikkinchi va uchinchi tur 
metall va metallmas elektrodlar;
3) ion almashinishi kuzatiladigan ion selektiv membranali elektrodlar.
Elektrodlar agregat holatlariga ko‘ra qattiq (platina, kumush, grafit va 
boshqa), suyuq (simob) va gaz (vodorod, xlor) elektrodlarga bo‘linadi. Bulardan 


10 
tashqari, elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqa) va befarq (inert: platina, grafit 
va boshqa) elektrodlarga bo‘linadi.
Ion selektiv membranali elektrodlar hozirgi analitik kimyoda ko‘p 
ishlatiladi. Bunday elektrodlarni membrananing tabiatiga ko‘ra qattiq va suyuq 
membranali elektrodlarga bo‘lish mumkin. Qattiq membranali elektrodlarga ko‘p 
sonli shisha elektrodlari (H
+
, Na
+
, K
+
, NH
4
+
, Ca
2+
va boshqa ionlarni aniqlashga 
mo‘ljallangan) va qattiq ionit membranali elektrodlar kiradi. Suyuq ionit 
membranali elektrodlar suyuq membranali elektrodlarga kiradi. Ion selektiv 
elektrodlarning barchasi ham o‘xshash tuzilishga ega. Shisha elektrodlar qattiq va 
suyuq membranali elektrodlar qatorida oraliq holatni egallaydi. Shisha 
elektrodlarda shisha membrana vodorod yoki boshqa ionning turli xil 
konsentratsiyali ichki eritmasini bir-biridan ajratib turadi. Bu vaqtda elektrod 
sirtida potensial yuzaga keladi. Elektrodning sharsimon qismi maxsus tarkibli 
shisha bo‘lib, uning tarkibi elektrodning qaysi ionni aniqlashga mo‘ljallanganligiga 
bog‘liq. Shisha to‘rsimon kremniy – kislorod zanjiridan iborat bo‘lib, oradagi 
bo‘sh joylar ishqoriy metallarning kationlari bilan band. Bo‘sh joylardagi kationlar 
to‘rning tuzilishini buzmasdan qaytar ravishda almashinish reaksiyasiga kirisha 
oladi. Vodorod selektiv shisha elektrod eritmaga tushirilganda, shisha tarkibidagi 
ishqoriy metall kationi bilan eritmadagi vodorod ioni orasida almashinish 
reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bunda almashingan metall va vodorod ioni orasidagi 
muvozanat bilan bir qatorda H
+

H
sh
+
muvozanat ham o‘rnatiladi. Ushbu 
muvozanatni hisobga olib, shisha elektrod uchun 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling