Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (namuna)
konsentratsion element, sodir bo‘lgan hodisa esa konsentratsion qutblanish
(polyarizatsiya) deyiladi. 3.Elektrod jarayonlarining ishlash mexanizmi. Potensiometriyada tekshiriladigan eritmalarga tushirilgan elektrodlarning potensiallari o‘lchanadi. 1889 yilda V.Nernst elektrod potensialining eritmadagi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liqligining termodinamik mohiyatini isbotladi. Hozirgi davrda elektrod potensiali deganda, taqqoslash (asosan, vodorod) elektrodi bilan istalgan oksidlanish-qaytarilish yoki boshqa reaksiyaga mos elektrod orasida yuzaga keladigan elektr yurituvchi kuch (EYuK) tushuniladi. Shu negizda elektrodlarning quyidagi asosiy turlari haqida gapirish mumkin: 1) elektron almashinuvchi elektrodlar; 2) elektron–ion almashinuvchi elektrodlar; 3) ion almashinuvchi elektrodlar. Agar biror oksidlanish-qaytarilish jufti mavjud bo‘lgan eritmaga inert (indifferent) metall elektrodi tushirilgan bo‘lsa, shu metall sirtida muayyan tezlik bilan sistemadagi oksidlangan va qaytarilgan moddalar orasida elektronlar almashinuvi Ox+ne Red kuzatiladi. Bu reaksiya natijasida qaytaruvchining bir qismi metallga elektron berib oksidlanadi, oksidlovchining bir qismi esa elektron qabul qilib qaytariladi. Bu har ikkala reaksiya metall – eritma fazalari chegarasida bir vaqtda sodir bo‘ladi. Dastavval, elektronlarning qaytaruvchidan elektrodga yoki elektroddan oksidlovchiga o‘tishi mavjud Ox/Red juftidagi moddalarning konsentratsiyasiga muvofiq ravishda u yoki bu tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bu 8 jarayonlar natijasida elektrod – eritma chegarasida ortiqcha manfiy yoki musbat zaryad kuzatiladi. Elektronlarning tashilish tezliklari tenglashgan paytda sistemada harakatchan (dinamik) muvozanat o‘rnatiladi. Elektrodning shu paytdagi potensiali Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling