Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti analitik kimyo kafedrasi


muvozanatdagi elektrod potensiali


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1800392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi (namuna)

muvozanatdagi elektrod potensiali (E
m
) deyiladi; bu potensial sistema tarkibiy 
qismlarining elektrod oldi qavatlardagi konsentratsiyalari (aktivliklari) nisbatiga 
bog‘liq bo‘lib, Nernst tenglamasi yordamida quyidagicha ifodalanadi:
 
bu yerda E
o,Ox/Red
– oksidlanish-qaytarilish juftining normal potensiali, VR – gaz 
doimiysi; T - absolyut temperatura, Kn – reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar 
soni; F – Faradey soni.
Agar natural logarifmdan o‘nli logarifmga o‘tilsa va tegishli ifodalar o‘rniga 
son qiymatlar qo‘yib hisoblansa:
 
hosil bo‘ladi (bu yerda 25 
o
C da 

=0,059).
Elektrodning elektron olish va berish jarayonlari tezliklari o‘zaro mutanosib 
bo‘ladi. Elektronlarning almashinish tezligi qancha katta bo‘lsa, elektrodlarda 
barqaror potensial shuncha tez qaror topadi. Elektrod jarayonlarining tezligi katta 
bo‘lgan oksred juftlar qaytar juftlar deyiladi. Bunday juftlar uchun potensial 
muvozanat holatidagiga nisbatan salgina o‘zgartirilsa, elektrod jarayonining tezligi 
keskin o‘zgaradi. Elektrod jarayonlarining tezligi kichik bo‘lgan oksred juftlar 
qaytmas juftlar deb yuritiladi. Qaytmas sistemalarda muvozanat potensiali sekin 
qaror topadi va u boshqa omillarga bog‘liq bo‘lganligi uchun barqaror bo‘lmaydi. 
Bunday sistemalarda reaksiyaning tezligini oshirish uchun potensialni muvozanat 
holatidagiga nisbatan ancha qiymatga ko‘tarish talab etiladi. 
Elektr kimyoviy bo‘g‘inning ikkinchi turi (sxemalari tegishli boblarda 
keltirilgan) yordamida eritmada sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiya natijasida
]
[Re
]
[
ln
Re
/
,
d
Ox
nF
RT
E
E
d
Ox
o
м


]
[Re
]
[
lg
Re
/
,
d
Ox
n
E
E
d
Ox
o
м






yuzaga keladigan o‘zgarishlarni qayd qilish va o‘lchash uchun eritmaga kamida 
ikkita elektrod tushiriladi. 
Ulardan biri indikator (ishchi, qutblangan) va ikkinchisi taqqoslash (potensiali 
solishtiriladigan, qutblanmagan, yordamchi) elektrodlaridir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling