Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 19.2. Yevropa innovatsion tablosi (European Innovation Scoreboard)


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 19.2. Yevropa innovatsion tablosi (European Innovation Scoreboard), 
Texnologik yutuqlar indeksi (Technology Achievement Index), Innovatsion 
salohiyat indeksi (Innovation Capacity Index); Boston konsalting guruhining 
umumjahon innovatsion indeksi (GII BCG), INSEAD Umumjahon innovatsion 
indeksi (GII INSEAD), Innovatsiyalarning global omili (Global Innovation 
Quotient). 
 
Mamlakatlarning raqobatbardoshligini va ularning innovatsion faoliyatini 
baholash muammolari bo‗yicha o‗tkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‗rsatdiki, 
dunyoda milliy innovatsion faoliyatning eng muhim global reytinglaridan biri bu 
European Innovation Scoreboard – Yevropa innovatsion tablosidir (YEIT)
121

Yevropa innovatsion tablosi – bu innovatsion faoliyatni qiyosiy baholash 
usuli bo‗lib, Yevropa Ittifoqining 27 a‘zosi va boshqa bir qator davlatlar masalan
Shveysariya, Xorvatiya, Norvegiya, Serbiya, Avstraliya, AQSH, Yaponiya, Kanada, 
Janubiy Koreya, BRIKS mamlakatlari: Rossiya, Braziliya, Xitoy, Hindiston, JAR 
tomonidan amalga oshiriladi. Lissabon strategiyasi doirasida Yevropa Komissiyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan YEIT pilot loyihasi 2000 yilda boshlangan va 2001 yildan 
boshlab har yili tizimning sharoitlarini, yangi bilimlarni yaratish, firmalarning 
innovatsion sa‘y-harakatlari va yangi mahsulotlar, xizmatlar va intellektual mulk 
bo‗yicha natijalarni qamrab oluvchi keng ko‗rsatkichlar asosida YEITning to‗liq 
versiyalari nashr etilmoqda. Baholash metodologiyasi aniqlangan kamchiliklarni 
121
Денисюк В.А. Конкурентоспособность и инновационная активность государств: анализ международных 
рейтингов и индикаторов [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://iee.org.ua/files/alushta/39-denisyuk-
konkur_i_ innov_aktiv.pdf (дата обращения: 10.05.2013). 


382 
hisobga olgan holda doimiy ravishda o‗zgartirilmoqda. Shunday qilib, 2006 yilda 
innovatsion tizim rivojlanishining barcha parametrlari ko‗rsatkichlar guruhlari – 
"input" va "output"ga bo‗lindi, 2008 yildan boshlab uchta asosiy blok (24 
ko‗rsatkich) bo‗yicha qiyosiy baho olib borildi
122

1. imkoniyatlar (Enablers) – inson resurslari ko‗rsatkichlari (3 ko‗rsatkich va 
ta‘lim darajasini o‗lchashni o‗z ichiga oladi), ochiq va jozibador innovatsion tizimlar 
(3 ko‗rsatkichni o‗z ichiga oladi va ilmiy asosning xalqaro raqobatbardoshligini 
o‗lchab, xalqaro qo‗shma ilmiy nashrlarga, eng ko‗p iqtibos keltirilgan nashrlarga), 
shuningdek moliyaviy, innovatsion sektorni qo‗llab-quvvatlash; 
2. firmalar faoliyati (Firm activities) – firmalarning investitsiya faolligi 
ko‗rsatkichlari (ITTKI bilan bog‗liq bo‗lmagan); hamkorlik va biznes ko‗rsatkichlari; 
intellektual mulklar; 
3. natijalar – ―outputs‖ – kichik va o‗rta korxonalarning innovatsion faoliyati 
ko‗rsatkichlari, shuningdek ularning faoliyati samaradorligini baholaydigan 
ko‗rsatkichlar. 
EIT usuli qiyoslangan ob‘ektlarga qarab quyidagi ko‗rsatkichlar guruhlariga 
bo‗linadi (19.1 – jadval): 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling