Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
Yi = U (xi)
bu yerda: Yi - natijaviy belgi; Xi - omil belgisi; U (xi) - bu belgilarning ma’lum funksional bog‘lanishidir. Funksional bog‘lanishlarni to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar deyiladi. Funksional bog‘lanishlar matematika, fizika va boshqa tabiiy fanlar tomonidan o‘rganiladi. 88 Misol: kuchli yomg‘ir yog‘sa, sel keldi. Tabiatda bo‘ladigan sel ketish xodisasiga, faqat kuchli yomg‘ir yog‘ishdir (bir omil belgi sabab). Funksional bog‘lanishlar turli - tuman bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatda amaliy jixatdan uchramaydi. Odatda omil belgining aniq qiymatiga natijaviy belgining bir qancha turli qiymatlari to‘g‘ri keladi. Bunday bog‘lanish statistikada korrelyatsion (correlatio - lat - narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi) bog‘lanish deb aytiladi. Ularning harakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq ro’yxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyasion bog‘lanishlarning faqat taxminiy ifodalarini yozish mumkin, xolos. Korrelyatsion bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: Yi = U(xi) + Ei bu yerda: U (xi) + hisobga olingan ma’lum omil belgilar ta’siri ostida shakllangan natija belgining bir qismidir. Ei - ikkinchi darajali va tasodifiy omillar ta’sirida yuz beradigan natija belgisini bir qismidir. Misollar: 1. Paxta hosildorligiga yerning unumdorligi, vaqtida shudgor bo‘lishi, chigitning navi va sifati, yaxshi sharoitda ekilganligi, o‘g‘itning berilganligi, suvning vaqtida berilagnligi va boshqa ko‘pgina omillar ta’sir qiladi. 2. Korxona foydasi hajmiga ishlab chiqarilagn mahsulotlar hajmi, xom ashyoning sifati, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, narx va shu kabi omillar ta’sir qiladi. Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining ham ko‘payishi (yoki kamayishiga) olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanish, aksincha natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, bunday bog‘lanish teskari bog‘lanish deyiladi. Xodisalar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) o‘rtasidagi to‘g‘ri yo‘nalishli bog‘lanishlarga misollar: Xodimlar mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi: xodimlar mehnat unumdorligi oshsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi ham ko‘payadi. Uning teskarisi xodimlar mehnat unumdorligi pasaysa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham kamayadi. Demak, bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanishdir. Sotilgan mahsulot hajmi bilan foyda o‘rtasidagi bog‘lanish; talab va mahsulot narxi (bahosi) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar to‘g‘ri bog‘lanishlardir. Hodisalar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) o‘rtasidagi teskari yo‘nalishli bog‘lanishlarga misollar: Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi bilan tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish. Mahsulot hajmi qanchalik ko‘p ishlab chiqarilsa, mahsulot bir birligining tannarxi shuncha pasayadi (Teskari, chunki doimiy harajatlar o‘zgarmaydi). Uning teskarisi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaysa, tannarxi oshaveradi. Mahsulot tannarxi va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘lanish, Taklif va narx (baho) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar teskari yo‘nalishdagi bog‘lanishlarga misol bo‘la oladi. 89 O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu usullardan eng asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) qatorlar tuzish usuli guruhlash singarilardir. Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol, iste’mol bilan jamg‘arma, aholi pul daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Xodimlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi analitik guruhlash orqali ham aniqlanadi. Bu usul yordamida omil va natija belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Analitik guruhlash odatda omil belgi asosida amalga oshirilib har bir guruh uchun natijaviy belgilarni tasvirlovchi o‘rtacha va nisbiy miqdorlar hisoblanadi. Keyin esa, har ikkala belgi o‘rtasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarni o‘zgarishini omil o‘zgarishi bilan solishtiriladi va tegishli xulosalar qilinadi. Muayyan davr ichida belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni oddiy parallel qatorlar tuzish yo‘li bilan ham o‘rganiladi. Shu maqsadda eng avvalo taqqoslanayotgan belgilar o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har ikkala qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling