Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
Misollar: 1. Paxta hosildorligiga yerning unumdorligi, vaqtida
shudgor bo‘lishi, chigitning navi va sifati, yaxshi sharoitda ekilganligi, o‘g‘itning berilganligi, suvning vaqtida berilagnligi va boshqa ko‘pgina omillar ta’sir qiladi. 2. Korxona foydasi hajmiga ishlab chiqarilagn mahsulotlar hajmi, xom ashyoning sifati, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, narx va shu kabi omillar ta’sir qiladi. Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining ham ko‘payishi (yoki kamayishiga) olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanish, aksincha natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, bunday bog‘lanish teskari bog‘lanish deyiladi. Xodisalar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) o‘rtasidagi to‘g‘ri yo‘nalishli bog‘lanishlarga misollar: Xodimlar mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi: xodimlar mehnat unumdorligi oshsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi ham ko‘payadi. Uning teskarisi xodimlar mehnat unumdorligi pasaysa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham kamayadi. Demak, bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanishdir. Sotilgan mahsulot hajmi bilan foyda o‘rtasidagi bog‘lanish; talab va mahsulot narxi (bahosi) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar to‘g‘ri bog‘lanishlardir. Hodisalar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) o‘rtasidagi teskari yo‘nalishli bog‘lanishlarga misollar: Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi bilan tannarxi o‘rtasidagi 115 bog‘lanish. Mahsulot hajmi qanchalik ko‘p ishlab chiqarilsa, mahsulot bir birligining tannarxi shuncha pasayadi (Teskari, chunki doimiy harajatlar o‘zgarmaydi). Uning teskarisi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaysa, tannarxi oshaveradi. Mahsulot tannarxi va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘lanish, Taklif va narx (baho) o‘rtasidagi va shu kabi bog‘lanishlar teskari yo‘nalishdagi bog‘lanishlarga misol bo‘la oladi. O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu usullardan eng asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling