112
imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda.
C.
Bosh to‘plam birliklarini miqdori nihoyatda ko‘p bo‘lgan
hollarda.
D.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
8. Uya (seriya) li tanlab kuzatish usulini qo‘lash qaysi xolarda
qulay?
A.
Kattaroq guruhlarga birlashtirilgan to‘plam birliklari uchun ;
B.
Kichikroq guruhlarga birlashtirilgan to‘plam
birliklari uchun;
C.
O‘rtacharoq guruhlarga birlashtirilgan to‘plam birliklari
uchun ;
D.
Barcha javoblar to‘g‘ri ;
9. Tanlab kuzatish usulining qo‘lanilishida zaruriy tanlama
to‘plam hajmini aniqlashni qanday ahamiyati bor?
A.
Yo‘l qo‘yilishi mumkun bo‘lgan xatoni chegaralash imkonini
beradi
B.
Yo‘l qo‘yilishi mumkun bo‘lgan
xatoni aniqlash imkoni
beradi;
C.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoni belgilash imkonini
beradi;
D.
Barcha javoblar to‘g‘ri;
10. Olingan natijallarni bosh to‘plam yoyish tanlab kuzatish
usulining qaysi bosqichidir?
A.
Boshlang‘ich
bosqichdir;
B.
Eng so‘ngi bosqichdir;
C.
Hech qanday bosqich emas;
D.
Barcha javoblar to‘g‘ri;
113
VII BOB. XODISALAR O`RTASIDAGI BOG`LANISHLARNI
STATISTIK O`RGANISH
7.1. Xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari, shakllari va
bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari
Tabiat va jamiatdagi barcha hodisalar va jarayonlar bir - biri bilan
uzviy ravishda bog‘langan bo‘lib, bu hodisa
va jarayonlardan birining
o‘zgarishi, albatda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi.
Statistikada bir xodisa-jarayonga ta’sir etib, o‘zgartiruvchi belgini
omil belgi, uning ta’sirida o‘zgaruvchi hodisani natijaviy belgi deyiladi.
Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning xarakteriga qarab
funksional
va korrelyatsion bog‘lanishlarga bulinadi.
Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab esa, to‘g‘ri
va teskari
bog‘lanishlarga bo‘linadi. Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab
bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlarga va egri chiziqli
bog‘lanishlarga bo‘linadi.
Bir o‘zgaruvchan belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchan
belgining aniq bitta qiymati mos keluvchi bog‘lanishlarga funksional
bog‘lanishlar deb aytiladi. Funksional belgilarning eng muhim
xususiyati shundaki, bunday bog‘lanishlarda barcha omillarning to‘liq
ro‘yxatini, ularning natijaviy belgi bilan bog‘lanishini to‘liq ifodalovchi
tenglamasini yozish mumkin.
Funksional bog‘lanishlarni sxematik
tarzda quyidagi tenglama
bilan ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: