Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Download 0.75 Mb.
bet64/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

Buni yodda tutingi!
«Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida munosib obro'li o'rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin».
Ana endi o'ylab ko'raylik: inson qachon chinakam ma'rifatli bo'ladi? Qachon inson qadrini, millat qadriyatlarini, o'zligini anglaydi?
Qachonki, u o'zini o'rab turgan bu hayotga biryoqlama qara-masa, uni butun murakkabligi, yaxlitligi bilan qabul qila olsa, insoniyatning ham moddiy, ham ma'naviy rivoji tarixini teran idrok etsa, o'zining nafaqat moddiy, balki ma'naviy olami ham yuksalib, kengayib borishi to'g'risida muntazam jon kuydirsa. Dono xalqimiz bir tomondan «Bo'sh qop tik turmaydi», «Avval taom, keyin kalom», «Och o'zini o'tga urar», «Ko'zi to'qning yuzi to'q» singari maqollar to'qigan bo'lsa, ayni shu xalq «Bug'doy noning bo'lmasa ham, bug'doy so'zing bo'lsin», «Qornimga yig'lamayman, qadrimga yig'lay­man», «Tegirmonda tug'ilgan sichqonning fe'li keng», «Baland nom baland tomdan ulug'» sin­gari hikmatlarni ham avlodlarga meros qilib olib o'tmoqda. Bu degani bizning o'lkamizda qadim-qadimdan moddiy va ma'naviy hayot talablarini teng qondirish, odamlar turmushini har ikki jihatdan birdek ta'minlashga ustuvor ahamiyat berilgan deganidir. Yurtboshimiz xalqimizning ayni shu noyob tajribalarini, hayotiy qarashlarini umumlashtirgan holda «Insonga xos orzu-intilishlami ro'yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o'ylaymanki, o'rinli bo'ladi.
Qachonki ana shu ikki muhim omil o'zaro uyg'uniashsa, torn ma'nodagi qo'sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o'sish-o'zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo'ladi», - deya alohida ta'kidlaydi.
Yuqorida aytganimizdek, mustaqil yurtimizda taraqqiyotning mana shu qo'sh qanoti - ham moddiy, ham ma'naviy sohalarni har jihatdan rivojlantirish, takomillashtirish yo'nalishida buyuk tarixiy ishlar amalga osbirilmoqdaki, bu baquvvat qanotlar, shubha yo'qki, xalqimiz va mamlakatimizni buyuk kelajak sari sog'-omon eltajak.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling