Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Dars turi: Amaliy, og`zaki Dars jihozi


Download 0.75 Mb.
bet68/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: Darslik, doska va bur.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.

  1. Ma’naviy hayot qanday buladi?

  2. Moddiy hayot qanday buladi?

  3. Ma’naviy va moddiy hayotning farqi nimada?

  4. Boy boyga boqar, suv soyga oqar» maqolning ma`nosini ayting?



III. Yangi mavzuning bayoni.
Halol mehnat – ma’naviy yuksalish garovi

Aziz o‘quvchi, agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang: yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib, «qo‘l qovushtirib» turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan. Holbuki, bular – biz «ongsiz», «aqlsiz» sanaganimiz qumursqalar, xolos. Siz bilan biz esa INSON degan nomni ardoqlamog‘imiz lozim.


Bu o‘rinda ham ulug‘ bobomiz hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilib aytadiki:
Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi.
Lola tuxmicha g‘ayrating yo‘qmu,
Pilla qurticha himmating yo‘qmu?
Lolaqizg‘aldoqning tuxumi – urug‘ini siz yo ko‘rgansiz yoki yo‘q: u nihoyatda mayda narsa. Qishloq joyda yashaydigan o‘quvchilar esa bahorda olib kelib, tut bargi bilan boqiladigan ipak qurtining qo‘lga yuq bo‘lmaydigan darajada nozik, ojiz bo‘lishini yaxshi bilishadi. Qarangki, lolaqizg‘aldoqning urug‘i qora yerga kirib, bir kun qarasangiz, tabiatni, inson ko‘zi va ko‘nglini behad yayratadigan chechakka – gulga aylanadi. Pilla qurti bo‘lsa, o‘z jonidan kechish evaziga atrofiga nafis ipak o‘raydi, undan dunyo ahli o‘ziga libos tikib, insoniy qiyofasini bezaydi...

Polaponlarini boqish, parvarishlash, turfa hujumlardan asrash yo‘lida jon chekayotgan qushni, naslini saqlab qolish uchun jonini garovga qo‘yib harakat qilayotgan boshqa parranda-yu darrandalarni aytmay qo‘ya qolaylik. Buyuk mutafakkirimiz inson bolasini bu narsalardan ibrat olmoqqa da’vat etadi. Ayrim tekinxo‘r, «bersang – yeyman, ursang – o‘laman» qabilida kun o‘tkazadigan kimsalarga esa hech bo‘lmaganda «lola tuxmicha g‘ayrat, pilla qurticha himmat» tilaydi!
Darhaqiqat, ongli, oqilona uyushtirilgan mehnatgina kishilik jamiyatining gullab-yashnashiga, fuqarolarning insondek hayot kechirishiga asos bo‘la oladi. Zero, mehnat tufayli inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Mehnat orqali odamning iste’dodi, uquvi, layoqati yuzaga chiqadi, ko‘rinadi. Mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish jarayonida insonning dunyoqarashi kengayadi, bilimi ortadi, jismoniy hamda ma’naviy jihatdan shakllanishi va yuksalishi tezlashadi.
Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat turlariga bo‘lim Ular orasiga sun’iy to‘siq tiklab, bir-biriga zid qo‘yish esa mutlaqo yaramaydi. Aksincha, o‘z hayotida har ikki mehnat turining uyg‘unligiga erisha olgan shaxs har tomonlama yetuklikka ko‘tariladi. Aqliy mehnat inson aqlini charxlab, tafakkurini rivojlantirsa, jis­moniy mehnat uning jism-u joni barkamol, sog‘lom o‘sishi uchun zamindir. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toblangan, el-yurt va oilasida hurmat ila obro‘ topgan, o‘z mehnati bilan bir qatorda o‘zgalar mehnatidan rohatlanadigan, uni qadrlaydigan insonlar hisoblanadi. Yodingizda bo‘lsa, 8-sinfda ham aqliy-ijodiy, ham jismoniy mehnat qilishdan tolmagan, shu orqali zamondoshlari va keyingi avlodlar hurmat-e’zoziga sazovor bo‘lgan o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy, rus mutafakkiri Lev Tolstoy to‘g‘risida gapirgan edik. Har ikki mehnat turining uyg‘unligiga erishgan bu adiblar tomonidan yaratilgan asarlarning xalqchilligi, o‘qishliligining siri ham mana shundadir.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling