Lug’at ishi olib boriladi.
-irg’ishlab -sakrab-sakrab.
-antiqa -qoyil maqom, hayratga soladigan.
-ranjib -xafa bo’lib.
-bo’zlabdi -yig’labdi
-nochor -ilojsiz
-yuragini hovuchlab -qo’rqib.
E rtak avval yaxshi ifodali o’qiydigan o’quvchilarga o’qitiladi. So’ngra rollarga bo’lib o’qitiladi. 3 ta guruh sardorlari doskaga chiqarilib ,,Qo’zichoqqa’’ ,,Klaster’’ usulida ta’rif beradilar. Eng ko’p yozgan va to’g’ri ta’rif bergan o’quvchiga qarab ballar qo’yiladi. Gerdayib yuradi Boshqalarni mensimaydi
QO’ZICHOQ
Kekkaygan Burni ko’tarilgan
Bosar-tusarini bilmaydi maqtanchoq Onasini so’ziga quloq solmaydi
Dars mustahkamlanadi:
-Qo’zichoqni boshqa qo’ylar nima deb maqtashdi?
-Yozuvchi qo’zichoqni taltayishi va kekkayishini qanday iboralar bilan ifodalagan?
-Yana qanday iboralar bilasiz?
-(Tepa sochi tikka bo’ldi. Kapalagi uchib ketdi. Tarvuzi qo’ltig’idan tushdi. Ko’zi to’rt bo’ldi va xokazo.)
-Qo’zichoqqa qanday baho berasiz?
-Ertakdan qanday xulosaga kelish mumkin?
-Ota-onani so’ziga quloq solish kerak, do’stlarni, boshqalarni mensi-
maslik yomon odat. Ahil-inoq bo’lib yashash kerak. Maqtanmaslik kerak.
-Maqtanchoqlik haqida qanday maqollarni bilasiz?
-Manmanga zavol-kamtarga kamol.
-Manmanlikdan netarsan,
-Obro’yingdan ketarsan.
-Kamtar bo’lsang osh ko’p,
Manman bo’lsang tosh ko’p.
-Qo’y, birovlarning gap-so’zlariga quloq solma, bolam, - nasihat qilibdi Ona Qo’y. (Bu gapdagi birinchi “Qo’y” so’zi harakat ma’nosida, ikkinchi “Qo’y” so’zi hayvon nomi ma’nosida kelganligi tushuntiriladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |