I-guruh: Bizning guruh: Sentabr
1-sentabr Mustaqillik bayrami.
2-sentabr bilimlar kuni.
Shiorimiz: Intilganga tole yor.
Maqsadimiz: A’lo o’qish.
(Vatan haqida guruh xor bo’lib she’r aytadilar.)
Do’stlar, mening yurtimni,
O’zbekiston deydilar.
Dong’i tutgan dunyoni,
Bog’-u bo’ston deydilar.
II-guruh: Bizning guruh: Oktabr.
1-oktabr O’qituvchilar bayrami.
21-oktabr Til bayrami.
Shiorimiz: Ilm olsang dunyoda
Aqling bo’lar ziyoda
Maqsadimiz: Bilim egallash.
(Til haqida she’r aytadilar.)
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir, onamdek buyuk.
O’zbeklarning tilin, o’zbek tilini,
Jumlai kalomi biz uchun suyuk.
III- guruh: Bizning guruh: Noyabr.
18-noyabr O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i qabul qilingan kun. (Bayroq haqida qo’shiq aytadilar.)
Shiorimiz: Harakatda-barakat
Maqsadimiz: Olg’a borish
(Bayroq haqida qo’shiq aytadilar.)
Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbog’i.
Shuning uchun chiroyli,
O’zbekiston bayrog’i.
O’n ikki baxt yulduzi,
O’ziga xo’p yarashar.
Butun dunyo xalqlari,
Havas bilan qarashar.
Har bir guruh o’quvchilariga ikkitadan rasmli test tarqatiladi. Bitta o’quvchi rasmga mos maqol topib aytadi, ikkinchi o’quvchi test savoliga javob beradi. 1-testda: bir tomonda qizcha va bo’ri, ikkinchi tomonda o’g’il bola va ayiq rasmi. (Maqol: Bo’linganni bo’ri yer, ayrilganni ayiq yer)
Test: Qaysi qush yerda yurmaydi?
a)Musicha b)Q’aldirg’och d) Kaptar
Do'stlaringiz bilan baham: |