Sanoat iktisodiyoti va menejment
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Xalqaro mexnat taksimoti mohiyati.
- 2.4. XMT rivojlanishiga ta’sir kiluvchi omillar.
- Tayanch iboralar
- 4-mavzu. O’zbekiston Respublikasini tashqi savdosi va uni boshqaruvi
- 4.1. O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi
- 4.2. Respublika tashki savdosining xozirgi axvoli
- 4.3. Tashqi savdo siyosati sohasida olib borilayotgan kontseptsiyalar
2.2. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi Axoli migratsiyasi deganda insonlarning ma’lum xududlar chegaralaridan doimiy yashash joyini almashtirish yoki unga kaytish bilan kuchib utishi tushuniladi. Xalqaro (tashki) migratsiya turli shakllarda mavjud buladi: mexnat, oilaviy, rekretsion, turistik va boshka turdagi migratsiya shakllari mavjud. Jahon buyicha 1960 yilda 3,2 mln, 1995 yilda esa 35 mln.dan ortik mexnatkash migrant mavjud edi. Agar xar bir mexnatkash migrant karamogida uch kishi bor deb xisoblasak u xolda 90-yillar urtasida migratsiyadagi axoli soni 100 mln.dan ortikni tashkil etadi. Ishchi kuchi migratsiyasiga xam iqtisodiy, xam noiqtisodiy xarakterdagi omillar sabab buladi. Noiqtisodiy xarakterdagi sabablarga: siyosiy, milliy, diniy, irkiy, oilaviy va boshkalar kiradi. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5ta yunalishini ajratib kursatish mumkin: 1)
Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 2)
3)
Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya; 4)
Sobik sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 5)
Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
Ishchi kuchini eksport kiluvchi davlatlar xam uz navbatida kator afzalliklarga ega buladilar. Ularning asosiylari kuyidagilardir: 1.
muxim manba xisoblanadi.
2.
Ishchi kuchi migratsiyasi davlatda ortikcha ish kuchining bosimini kamaytiradi va natijada davlatdagi ijtimoiy keskinlikni kamaytiradi. 3.
Eksportyor davlat uchun bepul ravishda ishchilarni yangi professional tajribalarga urgatish, mexnatni tashkil kilishning ilgor usullari bilan tanishtirish. Ayni paytda ishchi kuchi eksportyorlari ba’zi negativ xolatlarga xam duch keladilar. Asosiysi - “akllarning ketishi”, milliy iqtisodiyotga juda kerak bulgan malakali, tashabbuskor kadrlarning ketib kolishidir.
Xozirgi zamondagi ishchi kuchi tortish markazlari. Ikkita ishchi kuchi tortish markazlari bulib an’anaviy ravishda AKSH va Garbiy yevropa xisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mohiyati, ma’nosini kursatuvchi asosiy kursatkichlardan biri xalqaro mexnat taksimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jixatdan XMTga kushilgan. Uning chukurlashuvi ITIning katta ta’siri ostida bulgan ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chikadi. Xalqaro mexnat taksimotida ishtirok etish davlatlarga kushimcha iqtisodiy samara berib, uz extiyojlarini eng kam xarajatlar bilan tulikrok kondirish imkonini beradi.
Mexnat taksimoti - bu tarixan belgilangan ijtimoiy mexnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jixatdan differentsiatsiyasi natijasida kelib chikadi. Mexnat taksimoti turli shakllarda buladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida xalqaro mexnat taksimoti urganiladi. Xalqaro mexnat taksimoti mohiyati ishlab chikarish jarayoni mexnat faoliyati turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvi, uzaro xamkorligida namoyon buladi. Mexnat taksimoti fakat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, ayniksa jahon mikyosida mexnatni birlashtirish yuli sifatida chikadi. Xalqaro mexnat taksimoti davlatlar urtasida mexnatning ijtimoiy-xududiy taksimotining darajasi xisoblaniadi. U aloxida davlatlar ishlab chikarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi. 2.4. XMT rivojlanishiga ta’sir kiluvchi omillar. Birinchi navbatda ishlab chikarish unumdorligini oshirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish, ishlab chikarish xarajatlarini kamaytirishga intilish zaruriyati. Xalqaro mexnat taksimoti rivojlanishi jarayonida asosiy narsa bu shu jarayonning xar bir ishtirokchisi o’zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda kidirishi va topishidir. Xar kanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mexnat taksimotining ustunliklarini amalga oshirishi kulay sharoitlarda: birinchidan, eksport kilinayotgan tovar va xizmatlarning tashki va ichki bozor narxlaridagi farkni olish; ikkinchidan, arzonrok bulgan importdan foydalanib milliy ishlab chikarishdan voz kechgan xolda ichki xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. 2.5. XMT rivojlanishining zamonaviy o’ziga xos tomonlari, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chikarish kooperatsiyasi. Xalqaro mexnat taksimoti rivojlanishining asosiy yunalishi xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chikarish kooperatsiyasining kengayishi buldi. Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mexnat taksimotining shakllari bulib, uning mohiyatini namoyon kiladilar.
11 Turli davlatlar korxonalarining ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy ITI bilan boglik. Ishlab chikarishning texnilogik tizimining murakkablashib borishi bilan tayyor maxsulotda ishlatiladigan detallar kupaydi. Masalan: yengil avtomobilda 20 minggacha, prokat dastgoxlarida 100 minggacha, elektrovozlarda 250 minggacha detal ishlatiladi. Xalqaro ishlab chikarish ixtisoslashuvi (XII) ikkita yunalish - ishlab chikarish va xududiy yunalish buyicha rivojlanmokda. Uz navbatida ishlab chikarish yunalishi: a) soxalararo; b) davlatlar guruhi; v) aloxida korxonalarning ixtisoslashuviga bulinadi. Xududiy xalqaro ishlab chikarish ixtisoslashuvi: a) aloxida davlatlar; b) davlatlar guruhi; v) xududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlar va ularning kismlari uchun ishlab chikarishga ixtisoslashuviga bulinadi. Xalqaro ishlab chikarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga: 1) predmetli (maxsulot ishlab chikarish); 2) detalli (maxsulotni tashkil kiluvchilarni ishlab chikarish); 3) texnologik yoki bosqichli (ya’ni aloxida texnologik jarayonlarni amalga oshirish. Masalan: yigish, buyash va x.k.) ixtisoslashish kiradi. Tayanch iboralar: demografik muammolar, ishsizlik, urbanizatsiya, migratsiya, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, kooperatsiya, ilmiy- texnika inqilobining ta’siri.
1.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi demografik muammolar haqida gapirib bering. 2.
Ishchi kuchi migratsiyasining asosiy sabablari nimalardan iborat? 3.
Ishchi kuchi migratsiyasining asosiy yo’nalishlari. 4.
Ishchi kuchi migratsiyasi eksportyor va importyor davlatlar iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 5.
ettirilgan? 6.
Xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillarni sanab bering. 7.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi nima? 8. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining shakllari.
3.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo kontseptsiyasi. 3.2. Xalqaro savdo xududiy-tovar tizimi dinamikasi va uzgarishlarning xususiyatlari. 3.3. Zamonaviy xalqaro savdoning karama-karshiliklari. Xalqaro tashkilot - tariflar va savdo bosh bitimi (Butunjahon savdo tashkiloti)ning roli. 3.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo kontseptsiyasi.
12 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan ko’rinishi tashki savdo xisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy xajmining 80%i savdoning ulushiga tugri keladi. Xar kanday mamlakat uchun tashki savdoning roli kattadir. J.Saksning fikricha “dunyodagi xar kanday davlatning iqtisodiy muvaffakiyati tashki savdoda tugiladi. Xozirgi davrgacha xech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajragan xolda soglom iqtisodiyot xosil kila olgani yuk”. Xalqaro savdoda xalqaro mexnat taksimoti asosida paydo buladigan turli davlatlar tovar ishlab chikaruvchilari urtasidagi alokalarning bir shakli bulib, ular urtasidagi uzaro iqtisodiy bogliklikni namoyon kiladi. “Tashki savdo” deganda bir mamlakatning boshka mamlakat bilan xak tulanadigan olib kirish, ya’ni, import va xak tulanadigan olib chikish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning xak tulanadigan tovar aylanmasi yigindisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torrok ma’noda xam ishlatiladi. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlar tovar aylanmasi yigindisi, rivojlanayotgan davlatlar tovar aylanmasining yigindisi va x.k. Barcha davlatlar oldida tashki savdo buyicha milliy siyosat tanlash muammosi yotadi. Ikki asr mobaynida bu mavzuda tortishuvlar ketyapti. Erkin savdo yoki protektsionizm siyosatini tanlash yoki uni kanday bulsa shu xolda saklash oldingi asrlarning xarakteri edi. Bizning davrimizda bu ikki yunalish uzaro boglik. Ammo kup xollarda bu karama-karshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh rolini bajaradi.
Xalqaro savdo xududiy-tovar tizimi dinamikasi va uzgarishlarning xususiyatlari. XX asrning ikkinchi yarmidan xalqaro savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1950-1998 yillar orasidagi davrda xalqaro savdo oboroti 14 barobar usdi. Garb mutaxassislarining fikricha 1950 va 1970 yillar oraligidagi davrni xalqaro savdoning “oltin asri” deb aytish mumkin. Aynan shu davrda jahon eksporti yiliga urtacha 7%ga usdi. Ammo 70-yillardayok u 55ga tushdi va 80-yillarda yana kamaydi. 80-yillarning oxirida jahon eksporti sezilarli ravishda jonlandi (1988y.da 8,5%).
Xalqaro savdoning barkaror usishiga kator omillar ta’sir kursatdi: 1) xalqaro mexnat taksimoti va ishlab chikarishning baynalmilalashuvining rivojlanishi; 2) ITI;
3) jahon bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati; 4) xalqaro savdoning Tarif va Savdo Bosh Bitimi (TSBB) faoliyati orkali tartibga solinishi (erkinlashtirilishi); 5) xalqaro savdoning erkinlashtirilishi, kuplab davlatlarning importni son jixatdan cheklashni bekor kiluvchi va bojlarni keskin kiskartiruvchi rejimga utishlari, erkin savdo xududlarining tashkil topishi;
13
6) savdo-iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi: mintakaviy tusiklarning olib tashlanishi, umumiy bozorlar, erkin savdo xududlarining tashkil etilishi; 7) sobik mustamlaka davlatlarning mustakillikka erishishlari. Ular orasidan tashki bozorga yunaltirilgan iqtisodiyot modelini tanlagan “YAngi industrial davlatlarning” ajralishi. 3.3. Zamonaviy xalqaro savdoning karama-karshiliklari. Xalqaro tashkilot - tariflar va savdo bosh bitimi (Butunjahon savdo tashkiloti)ning roli. Xalqaro savdodagi sodir bulyotgan jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz erkinlashtirish uning eng asosiy yunalishi ekanligini ta’kidlab utish lozim. Boj tulovlarida sezilarli kamaytirishlar yuz berdi, kupgina cheklashlar, kvotalar va boshka tusiklar yuk kilindi. Birok bir kator muammolar mavjud. Ularning eng asosiysi - protektsionistik xarakatlarning kup narsalarda bir-biriga zid bulgan iqtisodiy guruhlar, mamlakatlarning savdo-iqtisodiy bloklari mikiyosida rivoj topishi. Savdo-iqtisodiy bloklarning paydo bulishidagi birinchi kadam bu erkin savdo xududlarining yaratilishidir. Xalqaro bankning axborotlariga karaganda 90- yillar arafasida dunyo savdosining 42% shunday xududlarda olib borilgan. Eng mashxur xududlar bu - Ovrupaning erkin savdo assotsiyatsiyasi(EAST), Ovrupa Xamjamiyati(ES), SHimoliy Amerika erkin savdo zonasi(NAFTA), Osiyo- Tinchokeani iqtisodiy xamkorlik tashkiloti(ATES) va boshkalar. Xalqaro xududiy savdo bloklarining eng yirik tukkiztasining tarkibi kuyida keltirilgan: 1.
Irlandiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Finlyandiya, SHvetsiya, Daniya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandu, Gretsiya. 2.
Kanada, Meksika. 3.
Evropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (EAST) - Islandiya, Norvegiya, SHveytsariya, Lixtenshteyn. 4.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy xamkorligi (ASEAN) - Avstraliya, Bruney, Malayziya, Singapur, Tailand, YAngi Zelandiya, Papua-Novaya Gvineya, Indoneziya, Fillipinu, Tayvan, Gonkong, YAponiya, YUjnaya Koreya, Kitay, Kanada, SSHA, Meksika, CHili. 5.
“Merkosur” - Braziliya, Argentina , Paragvay, Urugvay. 6.
Malavi, Mozambik Mavrikiy, Namibiya, YUAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabve. 7.
Garbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoki(YUEMOA)- Kot-d`Ivuar, Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali. 8.
Janubiy Osiyo xududiy xamkorlik assotsiatsiyasi(SAARK)- Indiya, Pakistan, SHri Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari, Butan, Nepal. 9.
And pakti- Venesuella, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya. Bunday bloklarning to’zilishiga siyosiy, iqtisodiy va tarixiy xarakterdagi ob’ektiv jaryonlar sabab buladi. Xalqaro savdoni boshkarish, uning tarakkiyotiga
14
bulgan tusiklarni yuk kilish, uni erkinlashtishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar muxim axamiyat kasb etadi. Bunday tashkilotlarning eng asosiylaridan biri bu- Tariflar va savdo bosh bitimidir (GATT) dir. GATT to’zilishi xakidagi kelishuv 1947 yilda 23 mamlakat tarafidan imzolandi va 1948 yilda kuchga kirdi. 1995 yil 31 dekabrda GATT uz faoliyatini tugatdi va uning urniga Umum jahon savdo tashkiloti(VTO) barpo kilindi. GATT bu kup tomonlama xalqaro kelishuv bulib, u a’zo mamlakatlarning uzaro savdosiga alokador kupgina printsiplar, xukukiy normalar, savdoni olib borish va davlat boshkaruviga oid koidalarni uz ichiga oladi. GATT eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan biri bulib, uning faoliyat doirasi dunyo savdosining 94%ni kamrab oladi.
reimport, mutloq ustunlik, nisbiy ustunlik, tashqi savdo aylanmasi, GATT, JST. Nazorat uchun savollar: 1.
Tashqi savdo deganda nima tushuniladi? 2.
XX asr ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdoning jadal rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatgan? 3.
omillar ta’sir ko’rsatadi? 4.
Mintaqaviy integratsiya jarayonlarining kuchayishi xalqaro savdoning rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 5.
6.
Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib bering. 7.
GATT va JST o’rtasida qanday farq mavjud? 8.
JST xalqaro savdoni rivojlantirishdagi ahamiyatini tushuntirib bering. 4-mavzu. O’zbekiston Respublikasini tashqi savdosi va uni boshqaruvi
4.1. O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi 4.2. Respublika tashqi savdosining hozirgi ahvoli 4.3. Tashqi savdo siyosati sohasida olib borilayotgan kontseptsiyalar
Tashki iqtisodiy alokalarni rivojlantirish va tartibga solishda Respublika Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 17-noyabrdagi, “Uzbekiston Respublikasi tashki iqtisodiy faoliyatining asosiy yunalishlari va yangi strategiyasi” karoriga muvofik Tashki iqtisodiy alokalar Vazirligi ishi kayta tashkil etildi. Hozirgi vaqtda vazirlik Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga aylantirilgan. SHuningdek Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati tashkil etiladi. Vazirlar Maxkamasida, Vazirliklar va idoralarda, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalarda va maxalliy boshkaruv idoralarida tegishli tashki iqtisodiy bulinmalar to’zildi va ish olib bormokda. Xorijiy xamkorlar ishtirokida respublikada xalqaro savdo-sotik markazi to’zildi. Biz dunyoning bir kancha mamlakatida savdo uylari ochdik. Uzbekiston bilan AKSH, Buyuk Britaniya,
15 Germaniya urtasida xamda respublikamiz bilan faol xamkorlik kilishdan manfaatdor bulgan boshka mamlakatlar urtasida baxamjixatlik asosida savdo- sanoat palatalari barpo etildi.
Mustakil Respublikaning tashki iqtisodiy alokalar soxasidagi yangi siyosati jahondagi juda kup mamlakatlar bilan xar tomonlama alokalarni kengaytirishda uz ifodasini topmokda. CHet el davlatlari bilan o’zaro munosabatlarda respublika milliy manfaatlarini amalga oshirishning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha ikkitomonlama hukumatlararo komissiyalar faoliyati hisoblanadi. Hozirda bunday komissiyalar 30 dan ortiq mamlakatlar- asosiy sheriklarimiz bilan tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston 140dan ortiq mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o’rnatgan. Ularning orasida Koreya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, Turkiya, Frantsiya, YAponiya, Eron, Gollandiya, MDH mamalakatlari – Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Turkmanistonning bilan savdo alokalari keng yo’lga qo’yildi. O’zbekiston yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo- iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktyabrda O’zbekiston bilan yevropa Ittifoqi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi va Bryusselda, YI huzurida O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda YI bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida SHeriklik va hamkorlik to’g’risida bitim to’zish bo’yicha bir necha muvaffaqiyatli muzokaralar o’tkazildi. Bu bitim YI, YIga a’zo-mamlakatlar va O’zbekiston o’rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy- texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O’zbekiston va yevropa Ittifoqi o’rtasida shuningdek to’qimachilik mahsulotlari savdosi bo’yicha bitim to’zilgan. O’zbekistonda yevropa Ittifoqining “TASIS” texnikaviy ko’maklashish dasturi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashqi aloqalarni kengaytirish, respublikaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida butun tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun xuquqiy negizlarni yaratib bergan asosiy qonun xujjatlari, Prizident farmonlari va xukumat qarorlari qabul qilindi. Bular avvalo, “Tashqi iqtisodiy faoliyat tugrisida”, “CHet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatlarining kafolatlari tugrisida”gi qonunlar xamda boshqa qonuniy va meyoriy hujjatlar bo’lib, ular tashki iqtisodiy alokalarni amalga oshirish, tashki iqtisodiy faoliyat soxasida xalqaro shartnomalarni to’zish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitini yaratishga imkon berdi. Tashki savdo alokalarini kengaytirishni ragbatlantirish maksadida bir talay imtiyozlar joriy etildi. Avvalo, tovarlarni import kilish uchun bojxona tulovlari ancha kamaytirildi, qo’shma korxonalar maxsulotini eksport kilish uchun esa bojxona tulovlari olinmaydigan buldi. Valyuta tushumidan solik olish urniga uning 30%dan iborat kismini Respublika Markaziy bankiga majburiy sotish joriy etildi.
16
Korxonalarning eksportidan olingan valyuta tushumlarini moddiy bazani va eksport imkoniyatini kengaytirishga sarflashdan manfaatdorligini oshirish uchun kupgina korxonalar valyuta tushumining bir kismini majburiy sotishdan ozod etildi. Xorijiy sarmoya ishtirokida korxonalar barpo etish, tashki iqtisodiy faoliyat katnashchilarini ruyxatdan utkazish va chetga chikariladigan maxsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi ancha soddalashtirildi. Bunday maxsulotlar turlarining soni 1994 yilning o’zidayok 74 tadan 11 tagacha kamaytirildi. Bularning barchasi tashki iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishga, eksport va import tarkibini yaxshilashga ijobiy ta’sir kildi. .
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling