Sanoat iktisodiyoti va menejment


 Xalqaro rezerv valyuta birliklari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.02.2017
Hajmi0.67 Mb.
#506
1   2   3   4   5   6   7   8

9.3. Xalqaro rezerv valyuta birliklari. 

90-yillarning  boshiga  kelib  suzuvchi  kurslar faktorini   amalga oshirilishi 

sababli  quyidagi  elementlar  asosida yetarli  darajada  murakkab  bo’lgan  xalqaro 

valyuta tizimini tashkil qilish sxemasi vujudga keldi: 

1)  Asosiy  ustun  birliklar  tanlanadi,  ular  bilan  milliy  valyutalar 

munosabatlarini, aniqrog’i o’z valyuta kurslarini saqlab qoldilar; 

2) Valyuta kurslarinig o’zgarish darajasi bir xil emas, diapazoni keng. Bunda 

ma’lum  diapazon  doirasida  faqat  ayrim  valyutalarga  nisbatan  valyuta  kursi 

saqlanadi, boshqa valyutalarga nisbatan kurs erkin o’zgaradi. 

Amalda davlatlar e’lon qilgan valyuta rejimlari juda  xilma-xildir. 1988 yilda 

58 davlat o’z valyutalarining asosiy   hamkorlaridan birining valyutasiga nisbatan 

kursini  o’rnatishga  qaror  qildilar.  Bu:  AQSH  dollari  (39),  frantsuz  franki  (frank 

 

39 


zonasining  14  davlati)  yoki  boshqa  valyuta  (5).  Ayrim  davlatlar  uz  valyutalarini 

SDRga (17) yoki boshqa valyutalar savatchasiga (29) bog’ladilar, bundan tashqari, 

4  davlat  yagona  valyutaga  nisbatan    cheklangan  moslashuvchanlik  rejimini 

ma’qullaydilar. O’z  navbatida  YI ning 8 davlati  o’zlari  uchun  valyuta hamkorligi 

mexanizmini ta’sis etdilar, o’z valyuta kurslarini barqarorlashtirdilar. 19 davlat shu 

jumladan, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va YAponiya mustaqil suzish rejimini 

tanladilar. 

 

9.4. yevropa valyuta tizimi 

Evropa   iqtisodiy   hamjamiyatining   tuzilishi  oldiniga  yagona  yevropa 

valyutasini yaratishni ko’zda tutmagan edi. 

Ammo, 70-yillar o’rtalaridan yagona valyuta ittifoq tuzish yo’llarini qidirish 

faollashdi. yevropa hamjamiyati liderlari nafaqat AQSH dollariga muqobil valyuta 

birligi  yaratish,  balki  valyuta  interventsiyasini  amalga  oshirish,  valyuta 

o’zgarishlarini  davlat  tomonidan  nazorat  qilishni  amalga  oshirishga  harakat 

qildilar. 

Murakkab muzokaralar natijasida YI doirasida 1979 yilning martida yevropa 

valyuta  tizimi  (EVT)  tashkil  qilindi.  yeVT  -  umumiy  iqtisodiy  munosabatlarni 

namoyon qiluvchi,  iqtisodiy  integratsiya doirasida  milliy valyutalarning ishlashi 

bilan  bog’liq  bo’lgan  xalqaro  (mintakaviy)  valyuta  tizimi.  yeVT  -  jahon  valyuta 

tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. 

Evropa  valyuta  tizimini  yaratilish  tarixining  asosiy  bosqichlari  quyidagilar. 

1972  yilda  YIH,  Vazirlar  Kengashi     Hamjamiyatiga  kiruvchi  davlatlar 

valyutalarining bir-biriga    nisbatan o’zgarishi amplitudasini cheklash haqida qaror 

qabul  qildi.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  Markaziy  banklar  valyuta  bozoridagi 

interventsiyalarini muvofiqlashtirishlari lozim edi. SHunday qilib “Evropa valyuta 

iloni”  tug’ildi.  YIH,  davlatlari  valyutalarining  bir-biriga  nisbatan  kursining 

o’zgarishi  turli  yillarda  ±4,5%  gacha  ruxsat  berildi.  Grafik  tasvirda  “ilon”  YIHga 

a’zo  6ta  davlat  (GFR,  Frantsiya,  Italiya,  Niderlandiya,   Belgiya,  Lyuksemburg) 

valyutalarining  o’zaro  kursi  o’zgarishlarining  eng  kam  miqdorini  bildirardi.  Agar 

mamlakat  valyutasining  kursi  mumkin  bo’lganidan  pastga  tushib  ketsa,  Markaziy 

bank milliy valyutani chet el valyutasiga sotib olishi lozim edi. 

“Valyuta  iloni”  a’zo-davlatlarning  u  yoki  bu  tarkibi  bilan  1979  yilda  V. 

Jiskar  d,Esten  va  G.  SHmidt  taklifi  bilan  yevropa  valyuta  tizimi  kiritilgunicha 

amalda bo’ldi. yeVT uzida uch muhim elementni qamrab oladi: 1) EKYU - yeVT 

asosiga; 2) valyuta kurslari va interventsiyalari mexanizmi. Hamjamiyat davlatlari 

valyutalari nisbatida har ikki tomonga ±2,25% dan ortiq o’zgarishi mumkin emas 

edi.  yevropa  valyuta  tizimida  valyuta  interventsiyasi  bilan  bog’liq  vaqtinchalik 

to’lov  balansi  defitsiti  va  hisob-kitoblarni  qoplash  uchun  Markaziy  banklarga 

kredit  berish  yo’li  bilan  davlatlararo  mintaqaviy  valyutani  tartibga  solish  amalga 

oshiriladi. 

Evropa valyuta tizimi oldiga quyidagi maqsadlar qo’yildi: 

-EI ichida yuqori valyuta barqarorligini o’rnatish; 

-barqarorlik sharoitida o’sish strategiyasining asosiy elementi bo’lish; 

 

40 


-iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlarining  o’zaro  bog’liqligini  kuchaytirish  va 

yevropa jarayoniga yangi turtki berish; 

-xalqaro iqtisodiy va valyuta munosabatlariga 

barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatish. 

Evropa valyuta tizimi harakat mexanizmi EKYU tashkil qilish va barqaror, 

ammo  tartibga  solinuvchi  YI  davlatlari  orasida  valyuta  kurslari  orqali  qiymatni 

o’zaro  o’lchash  negizini  o’rnatishni  ko’zda  tutadi.  yeVT  valyuta  rezervlarini 

umumiy   foydalanishga berilishini kafolatlaydi. YAratilgan tizim YI ichida kredit 

mexanizmlarining  butun  bir  arsenalini  harakatga  keltiradi.  yevropa  valyuta 

tizimining  faoliyat  jarayoni  va  rivojlanish  “Delar  rejasi”  bilan  chambarchas 

bog’liq.  1989  yilda  YIning  atoqli  arbobi  (EIK  raisi)  J.Delar  yevropa  valyuta 

birlashuvining  uch  bosqichli  rejasini  tasvirlagan  hisobotni  taqdim  qildi.  Bu  plan 

quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi: 1) alohida  YI  davlatlarining  muvofiqlashtirilgan 

iqtisodiy  va  valyuta  siyosatini  amalga  oshirish;  2)  YI  Markaziy  bankini  tashkil 

qilish; 3)Milliy valyutalarni YI ning yagona valyutasiga almashtirish. 

Ayni paytda, yevro ning paydo bo’lishi va mos ravishda  barcha  yevropa pul 

birliklari  orasida  paritetlarning  qattiq  qayd   qilinishi  birja  maklerlarining  bir 

yevropa valyutasining boshqa valyutaga nisbati arzonlashuviga o’ynay olmasligiga 

olib keladi.  yevro  paydo  bo’lishi bilan negizida  YI  ichida  endi  tenglashtiriladigan 

hisobga olish stavkalari farqi yotadigan operatsiyalar ham yo’qoladi. 



          

9.5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari 

Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari jahon xo’jaligi, xalqaro iqtisodiy 

munosabatlarning juda muhim bo’g’inlaridan biridir. Oxirgi o’n besh yilda moliya 

bozorlari  gurkirab  rivojlandi.  1980  yildan  buyon  dunyoning  ilg’or  davlatlari 

umumiy  moliya  aktivlari,  ularning  yalpi  ichki  mahsulotiga  (YAIM)  nisbatan  2,5 

barobar  tez  o’sdi.  Jahon  valyuta  va  savdo  operatsiyalari  qiymatlarining  nisbati 

1980  yildan  buyon  dunyoning  ilg’or  davlatlari  umumiy  aktivlari,  ularning  yalpi 

ichki  mahsulotiga  nisbatan  2,5  barobar  tez  o’sdi.  Jahon  valyuta  va  savdo 

operatsiyalari qiymatlarining nisbati 1980 yildagi 10:1 dan 1992 yildagi 60:1 gacha 

o’sdi.  SHu  bilan  birga,  xorij  ekspertlarining  fikricha,  davlat  obligatsiyalarining 

xalqaro  bozori  ba’zi  bir  kattaliklar  bo’yicha  faqatgina  1920  yildagidek  faoldir. 

Kapitalni harakatchanligi asr boshidagi darajaga yaqinlashmoqda, xolos. 

Faoliyatidagi  kapital  davriy  oboroti  qonuniyati  moliyaviy  bozor 

rivojlanishining  ob’ektiv  asosidir.  Ba’zi  joylarda  ortiqcha  erkin  kapital  paydo 

bo’ladi,  ba’zi  joylarda  unga  talab  paydo  bo’ladi.  Jahon  valyuta  moliya-kredit 

bozorlari bu qarama-qarshiliklarni jahon xo’jaligi darajasida hal qiladi. 

Jahon  valyuta,  kredit,  qimmatli  qog’ozlar  bozorlari  tashkil  topishining 

nishonlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

- kapitalning ishlab chiqarish va bank ishida kontsentratsiyasi; 

- xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi; 

- banklararo telekommunikatsiyalarining rivojlanishi. 

Valyuta  bozorlari  -  xorijiy  valyutaning  milliy  valyutaga  talab  va  taklif 

asosida  hosil  bo’luvchi  kurs  bo’yicha  oldi-sotdisi  amalga  oshiriladigan 

markazlardir.  Milliy  valyuta  bozorlari   rivojlangan  bozor  iqtisodiyotiga  ega 

 

41 



bo’lgan  barcha  davlatlarda  mavjud.  Milliy  bozorlar  va  ularning  o’zaro  aloqalari 

rivojlanib  borishi  bilan  yagona  jahon  valyuta  bozori  vujudga  keladi.  U  uz  ichiga 

jahon,  mintaqaviy,  milliy  (mahalliy)  valyuta  bozorlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu 

bozorlar  valyuta  operatsiyalarining  hajmi,  xarakteri  va  operatsiyalarda 

qatnashayotgan  valyutalar  miqdori  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Jahon  valyuta  

bozorlari  jahon  moliya markazlarida (JMM) to’planadilar. 



Tayanch iboralar: valyuta kursi, valyuta pariteti, oltin standart tizimi, oltin-

deviz standarti tizimi, oltin-valyuta standarti tizimi, YAmayka tizimi, SDR, ssuda 

bozori, yevrobozorlar, yevrodollar. 

 

                   Nazorat uchun savollar: 

9.

 

Valyuta kursi qanday aniqlanadi? 



10.

 

Valyuta pariteti nima? 



11.

 

Jahon valyuta tizimi deganda nimani tushunasiz? 



12.

 

Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlarini ko’rsatib bering? 



13.

 

Bretton-Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimada? 



14.

 

YAmayka tizimi vujudga kelishining sabablari nima? 



15.

 

Evrodollar nima? 



16.

 

Evroning  kiritilishi  yevropa  Ittifoqi  davlatlari  va  umuman  jahon 



iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 

17.


 

Xalqaro moliya bozorlaridagi tendentsiyalarni gapirib bering. 

 

10-mavzu. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA UNING MILLIY 

XO’JALIKLAR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI 

 

10.1. Iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv asoslari va bosqichlari. 

10.2. g’arbiy yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanishining o’ziga xos 

tomonlari. 

10.3.  Mintakaviy  iqtisodiy  integratsiyaning  asosiy  belgilari  (NAFTA, 

MERKOSUR, ATES va b.). 

 

10.1. Iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv asoslari va bosqichlari. 

XX  asrning  ikkinchi  yarmida  xo’jalik  hayotining  baynalminallashuvi 

zamonaviy  jahon  xo’jaligi  rivojlanishining yetakchi  an’anasiga  aylandi.  Jahon 

xo’jaligini global   baynalminallashuvining asosiy tendentsiyalaridan biri shundaki 

ma’lum  bir  davlat  yoki  bir  necha  davlatlar  guruhining  ta’sir  zonasi  vujudga 

kelmoqda.  Bu  davlatlar  va  davlatlar  guruhi  jahon  xo’jaligi  aloqalari  okeanida 

o’ziga xos qit’alar hosil qilib boshqa davlatlarni o’z atrofida birlashtiruvchi o’ziga 

xos integratsiya markazlariga aylanmoqdalar. 

Iqtisodiy  integratsiya  o’z  navbatida,  bu  jarayon  ishtirokchilari  bo’lgan 

davlatlar  o’rtasida  ishlab  chiqarish  va  kapitalning  baynalminallashuviga  imkon 

yaratmoqda.  Iqtisodiy  integratsiyaga  boshlovchi  jarayonlarni  sxemali  tarzda 

quyidagi  o’zaro  bog’liq  zanjir  shaklida  tasvirlash  mumkin:  ishlab  chiqarish   

kuchlarining  rivojlanishi  -  xalqaro  mehnat  taqsimoti  -  ishlab  chiqarish  va 

kapitalning  baynalminallashuvi  -  iqtisodiy  integratsiya.  Iqtisodiy  integratsiyaga 

 

42 


ikkita  omil  katta  ta’sir  ko’rsatadi:  ilmiy-texnik  inqilob  va  transmilliy 

korporatsiyalarni faoliyati. 

Jahon  xo’jaligida  integratsion  jarayonlar  rivojlanishi  bo’yicha  to’plangan  

tajriba  iqtisodiy  integratsiya  hosil  bo’lishi  va  rivojlanishining  quyidagi  to’rt 

bosqichi mavjudligini ko’rsatadi: 

1.  Tarif  va  boshqa  cheklashlarni  bekor  qilish  bilan  erkin  savdo  zonasini 

ta’sis qilish; 

2. Savdo, mehnat va kapital harakatida bir xil tariflar o’rnatish bilan bojxona 

ittifoq tashkil qilish; 

3.  Ishtirokchi  davlatlar  iqtisodiy  siyosatini  muvofiqlashtirish  bilan 

diskriminatsiyasiz iqtisodiy ittifoq; 

4.  YAgona  iqtisodiy  siyosat,  umumiy  valyuta  va  davlatdan  yuqori  turuvchi 

tartibga soluvchi organlarga ega to’liq integratsiya. 

Oxirgi  ikki  bosqich  o’z  ichida  u  yoki  bu  integratsion  guruhga  xos  bo’lgan 

tomonlar bilan bog’liq ma’lum kichik bosqichlarni jamlashi mumkin. 

Mintaqaviy  integratsiya  ikkita  darajada  (alohida  kompaniyalar  va 

davlatlararo daraja)ro’y beradi. 

 

10.2. G’arbiy  yevropa     iqtisodiy     integratsiyasi rivojlanishining 



o’ziga xos tomonlari. 

 

Iqtisodiy  integratsiya  g’arbiy  yevropada  eng  yuqori  darajada  rivojlangan. 

Ob’ektiv  iqtisodiy  jarayonlar  bilan  bir  qatorda  g’arbiy  yevropa  integratsiyasi  V. 

Gyugo,  I.  Kant  kabi  yevropa  siyosiy,  jamoat  arboblari  va  faylasuflari  tomonidan 

olg’a surilgan yagona yevropa g’oyasi bilan xam sug’orilgan. 

Evropa  Ittifoqini  (EI)  tashkil  topishi  va  rivojlanishining  yangi  tarixi  1951 

yildan boshlandi. SHu yilning aprelida 6 davlat - Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya, 

Niderlandiya  va  Lyuksemburg  a’zo  bo’lib  kirgan  yevropa  ko’mir  va  po’lat 

birlashmasi 

(EKPB) 


haqidagi 

bitim 


imzolandi. 

Bu 


g’arbiy 

yevropa 


integratsiyasining  o’ziga  xos  kirish  qismi  edi.  Uning  tashkil  topishi  va 

rivojlanishining boshlanish vaqti yuqorida sanab o’tilgan davlatlar tomonidan 1957 

yilda  yevropa  Iqtisodiy  Hamjamiyati  (EIJ)  va  atom  energiyasi  buyicha  yevropa 

Hamjamiyati  (Evroatom)  haqidagi  bitimlar  imzolangan  paytdan  hisoblanadi. 

Hamjamiyat  tarkibiga  rivojlanish  darajasi  yuqori  bo’lgan  davlatlar  kirdi.  Bu  esa 

keyingi 15 yil mobaynida iqtisodiy o’sish sur’atlarining yuqori darajada bo’lishiga 

sabab bo’ldi. 

G’arbiy yevropa integratsiyasining hozirgi davrgacha rivojlanishi notekis va 

qarama-qarshiliklar  bilan  kechdi.  SHu  bilan  birga  yevropa  Iqtisodiy  Xamjamiyati 

tashkil  qilishda  uning  oldiga  qo’yilgan  maqsad  va  vazifalar  hozirgi  vaqtgacha 

to’liq va muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. 

G’arbiy yevropa integratsiyasi rivojlanishini to’rt bosqichga bo’lib o’rganish 

mumkin. 

Birinchi  bosqich  (50-yillar  oxiridan  -  70-yillar  o’rtalarigacha).  Hamjamiyat 

hayotida  “oltin  asr”  hisoblanadi.  Unda  bojxona  ittifoqi  belgilangan  muddatidan 

 

43 


oldin tashkil etildi, yagona agrar bozori yaratildi, YIHga uchta yangi davlat: Buyuk 

Britaniya, Daniya va Irlandiya a’zo bo’lib kirdi. 



Ikkinchi  bosqich  (70-yillar  o’rtalari  -  80-yillar  o’rtalari)  YI  tarixiga  asosan 

turg’unlik  davri  sifatda  kirdi.  Bu  davrda  YI  a’zo-davlatlari  yevropa  valyuta 

hamkorligi  dasturi,  tashqi  siyosiy  konsultatsiyalar  mexanizmini  qabul  qilishga 

muvaffaq  bo’lsalarda,  vujudga  kelgan  salbiy  jihatlar  g’arbiy  yevropa  iqtisodiy 

integratsiyasining  jiddiy  inkiroziga  olib  keldi.  Bu  inqiroz  “evroskleroz”  nomini 

oldi.  70-  va  80-  yillarning  boshida  YI  davlatlari  o’rtasida  rivojlanish  darajasi 

bo’yicha  farq  o’sib  bordi.  1981  yilda  YIga  Gretsiyaning  kirishi  bilan  bu  farq 

yanada  kuchaydi,  chunki  ushbu  davlat  iqtisodiyoti  hamjamiyatning  boshqa 

ishtirokchi davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan juda past darajada edi. 

Uchinchi  bosqich  (80-yillarni  2-chi  yarmi  -  90-yillarning  boshi)  - 

hamjamiyat  tarkibining  yanada  kengayish  bosqichi.  1986  yilda  Ispaniya  va 

Portugaliyaning qo’shilishi davlatlar o’rtasidagi farqning ko’payishiga olib keldi.  



Turtinchi bosqich (90-yillarning o’rtalari - XXI asr boshi). YAgona yevropa 

aktiga  muvofiq  1993  yil  1  yanvardan  boshlab  Hamjamiyat  chegaralari  doirasida 

ishlab chiqarish vositalarining erkin harakati yo’lga qo’yildi. Hamjamiyat doirasida 

yagona iqtisodiy hudud vujudga keldi. Bu YI doirasidagi iqtisodiy integratsiyaning 

sifat jihatdan yangi bosqichga kirganini anglatadi. 

Maastrixt  Bitimi  (1992  yil  fevral)  ga  muvofiq  1994  yil  1  yanvardan  YIH 

yevropa  Ittifoqiga  aylandi  va  uning  a’zolari  15  taga yetdi.  YI  doirasida  yagona 

ichki  bozorning  tuzilishi  amalga  oshirilmokda.  Maastrixt  bitimida  integratsion 

hamkorlikning  keyingi  bosqichlarini  maqsadlari  (YAgona  valyuta  -  yevroni 

emissiya  qilish  huquqiga  ega  yagona  yevropa  bankini  tuzish,  ichki  chegaralarsiz 

yagona g’arbiy yevropa hududini tashkil qilish) e’lon qilingan edi.  

10.3. Mintakaviy   iqtisodiy   integratsiyaning   asosiy belgilari 

(NAFTA, MERKOSUR, ATES va b.). 

 

G’arbiy  yevropa  iqtisodiy  integratsiyasi  muvaffaqiyatli  rivojlanishi 

jahonning  boshqa  rivojlanayotgan  mintaqalarida  e’tiborni  jalb  qildi.  Lotin 

Amerikasida,  Afrikada  va  Osiyoda  o’ttizdan  ortiq  erkin  savdo  zonalari,  bojxona 

yoki  iqtisodiy  ittifoqlar  yuzaga  keldi.  Ammo  eng  sezilarli,  rivojlanayotgan 

integratsion  jarayon  SHimoliy  Amerika  erkin  savdo  zonasi  -  NAFTAni  tashkil 

qilish  va  faoliyat  ko’rsatish  jarayoni  bo’ldi.  AQSH  bilan  Kanada  o’rtasidagi 

mavjud  bo’lgan  iqtisodiy  integratsiya  va  ularning  g’arbiy  yevropadagi  davlatlar 

bilan  hamkorligi  AQSHni  qoniqtirmay  qo’ydi.  Natijada  1994  yil  1  yanvarda 

kuchga  kirgan  SHimoliy  Amerika  erkin  savdo  zonasi  haqidagi  shartnoma 

imzolandi. NAFTAga AQSH va Kanadadan tashqari Meksika ham qo’shildi. Blok 

hududi  370  mln.  axoli  va  kuchli  iqtisodiy  salohiyatga  ega  hududni  qamrab  oladi. 

Bu  davlatlar  tomonidan  ishlab  chiqariladigan  tovar  va  xizmatlar  taxminan  7  trln. 

AQSH  dollarini  tashkil  qiladi.  Ular  ulushiga  jahon  savdosi  umumiy  hajmining 

20% iga yaqini to’g’ri keladi. 

NAFTAdan  eng  kam  foydani  oldiniga  Kanada  oladi.  Uning  iqtisodiyoti 

AQSHniki  bilan  chambarchas  bog’liq  bo’lsada,  Meksika  iqtisodiyoti  bilan 

aloqalari unchalik rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada 

 

44 


integratsion  jarayonga  yanada  ko’proq  tortiladi  va  kengayayotgan  bozordan 

dividendlar oladi. 

Integratsion jarayonlar Janubiy Amerikada ham faollashmoqda. O’z davrida 

(60-yillar  boshida)  bu yerda  “erkin  savdo  zonasi”ni  yaratish,  so’ngra  Markaziy 

Amerika  umumiy  bozori  -  MAUBni  tashkil  qilish  rejalashtirilgan  edi.  Biroq 

siyosiy va iqtisodiy inqiroz bu rejalarni amalga oshirishga imkon bermadi. 

90-yillar   o’rtalarida   integratsion   jarayonlar  1991  yilda  Argentina, 

Braziliya, Urugvay va Paragvay o’rtasida tuzilgan va 1995 yil 1 yanvarda kuchga 

kirgan  “MERKOSUR”  savdo  pakti  tuzish  orqali  faollashdi.  Bu  pakt  umumiy 

aholisi 200 mln. kishidan ko’p bo’lgan va umumiy YAIMsi 550 mlrd. doll. bo’lgan 

davlatlarni  birlashtiruvchi  yangi  yirik  mintaqaviy  savdo-iqtisodiy  blok  tuzilishiga 

olib kelishi kerak. 

MERKOSUR guruhi tuzilishi natijasida to’rt davlat o’zaro savdosining 90%i 

tarifli  to’siqlardan  ozod  qilinadi,  uchinchi  davlatlardan  importga  esa  bir  xil  tarif 

strukturasi va bojxona qoidalari kiritiladi. 

XX asr oxirida SHarqiy Osiyoda ham integratsiya jarayonlari kuchaymoqda. 

To’rt  Osiyo  "ajdarholari"  dan  biri  -  Singapur,  shuningdek  yangi  oqim  YAID  - 

Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin kirgan Janubiy-SHarqiy Osiyo 

davlatlari   Assotsiatsiyasi (ASEAN) qariyb 30 yil mobaynida eng muvaffaqiyatli 

faoliyat  ko’rsatib  kelmoqda.  Bu  guruh  doirasida  o’zaro  hamkorlikning 

muvaffaqiyati  ASEAN  ishtirokchi-davlatlari  ko’pchligining  iqtisodiyoti  gurkirab 

o’sishi,  ular  rivojlanishining  bir-biriga  mosligi,  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan  va  uzoq 

tarix  an’analariga  ega  bo’lgan  o’zaro  savdo  aloqalari,  shuningdek  tartibga  solib 

bo’lingan hamkorlik shakli bilan chambarchas bog’liq. 

ASEAN  rejalarida  2000  yilgacha  ishtirkchi  davlatlar  bojlarini  38  ming 

turdagi tovarlar buyicha o’rtacha 5% gacha qisqartirish mo’ljallangan edi. 1995 yil 

oxirida  2003  yilga  kelib  erkin  savdo  zonasi  tashkil  qilish  haqida  qaror  qabul 

qilingan edi. 

SHarqiy  Osiyoda  iqtisodiy  integratsiya  rivojlanishi  istiqbollarini  ko’p 

jihatdan  Osiyo  Tinch  okeani  iqtisodiy  hamkorlik  tashkiloti  (OTIH)ning  tuzilishi 

bilan bog’lashadi. Unga Osiyo, shuningdek SHimoliy va Janubiy Amerikaning 18 

davlati a’zo bo’lib kirgan edi.  

OTIX,  rejalariga  muvofiq  2020  yilga  kelib,  jahonda  eng  yirik  bojxona  va 

ichki to’siqlarsiz erkin savdo zonasini tashkil qilish nazarda tutilgan. Osiyo-Tinch 

okeani  mintaqasidagi    iqtisodiy  integratsiya  jarayonlarini  baholagan  ko’plab 

mutaxassislar  uning  rivojlanishi  stixiyali  ekanligi  va  o’ziga    xosligini 

ta’kidlaydilar.  Buning  ustiga  integratsion  munosabatlar  hozircha  unchalik 

rivojlangan  emas.  Masalan,  ASEAN   tizimidagi  savdo  zonasini  iqtisodiy 

integratsiyaning  birinchi  bosqichi,  ya’ni,  tarif  va  tarifli  to’siqlarsiz  erkin  savdo 

zonalariga kiritish mumkin. OTIHga nisbatan esa hozircha erkin savdo zonasi deb 

emas, "erkin  iqtisodiy  asotsiatsiya"  deb  aytish  mumkin.  Ayni  paytda,  iqtisodiy 

siyosatni o’zaro  muvofiqlashtirish natijasida  mintaqaning ichki  savdosi  va  kapital 

bozorlarining  tez  rivojlanishi  butun  Osiyo-Tinch  okeani  mintaqasining 

integratsiyaning  birinchi  bosqichi,  ya’ni,  erkin  savdo  zonasiga  o’tishiga  imkon 

beradi.  

 

45 



Integratsiyaga,  ya’ni,  o’zaro  hamkorlikni  chuqurlashtirishga  intilish  Fors 

ko’rfazidagi  Arab  davlatlari  orasida  ham  kuzatilmoqda.  1981  yildan  Saudiya 

Arabistoni,  Quvayt,  Qatar,  Bahrayn,  Birlashgan  Arab  Amirliklari  va  Ummon  

("neft  oltiligi")ni  o’z  ichiga  olgan  Hamkorlik  Kengashi  faoliyat  ko’rsatmoqda. 

1992  yilda  Markaziy  Osiyo  davlatlari  iqtisodiy  hamkorlik  tashkiloti  (IXT-EKO) 

tashkil qilinishi haqida e’lon qilindi. Uni tashkil qilish taklifini Eron, Pokiston va  

Turkiya kiritdi. Ta’sischilar fikricha, IXT-EKO o’zida MDH respublikalari - O’rta 

Osiyo,  Kozogiston,  Ozorbayjonni  xam  birlashtiriladigan  bulajak  Markaziy  Osiyo 

umumiy bozorining timsoli bo’lmog’i lozim edi. 

  

 



Tayanch  iboralar:  erkin  iqtisodiy  hudud,  bojxona  ittifoqi,  to’liq  iqtisodiy 

ittifoq, 

qonunchilikning 

unifikatsiyalanishi, 

yevropa 

Ittifoqi, 

Maastrixt 

shartnomasi, YAgona yevropa Akti, NAFTA, “Merkosur”, IHT. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling