Sanoat iktisodiyoti va menejment
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi 11.3. O’zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi
- Bunda Yevropa Ittifoqi muhim o’rin egallaydi.
- “SHeriklik va hamkorlik” haqidagi bitim
- O’zbekiston va AQSH.
- Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik.
- Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar.
- Jahon Banki bilan hamkorlik.
- Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik.
- Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik.
- BMTning Qishloq xo’jaligi savdosi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlik.
- Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlik.
- 11.3. O’zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi
- Butunjahon Savdo Tashkilotining GATTdan farqi.
Nazorat uchun savollar: Iqtisodiy integratsiyaning mohiyatini tushuntirib bering. Integratsiyaning qanday bosqichlari mavjud? Erkin savdo hududlari nima? Integratsion jarayonlar milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? EI qachon va qaysi davlatlar tomonidan tashkil etilgan? Jahondagi integratsion birlashmalar haqida gapirib bering. NAFTA tuzilishidan asosiy maqsad nima bo’lgan. NAFTAga qaysi davlatlar a’zo?
tomonlama munosabatlari O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan. Bu yerda mintaqa axolisining 45%i yashaydi va u mintaqaning boshqa mamlakatlari (Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston) bilan umumiy chegaralarga ega bo’lgan yagona mamlakat, shuningdek u yevropa bilan Janubiy va Janubiy- SHarqiy Osiyoni transport va telekommunikatsiya bo’yicha birlashtiruvchi muhim koridor hisoblanadi. Hozirda O’zbekiston qator obro’li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning o’nlab davlatlari bilan do’stona aloqalarini bog’lagan, yirik bank va moliyaviy
46
organlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan. Davlatimiz barcha asosiy va muhim xalqaro konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. O’zbekiston turli darajadagi – global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo’lmasligi kerak. O’zbekistonning jahon xamjamiyati bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko’p tarmoqli aloqalardir. Bunda Yevropa Ittifoqi muhim o’rin egallaydi. O’zbekiston Respublikasi va yevropa Ittifoqi o’rtasidagi hamkorlikni 1992 yil 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi hukumati va yevropa Ittifoqi qo’mitasi o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida Memorandumning imzolanishi bilan boshlangan. 1994 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida YI Qo’mitasining O’zbekistondagi texnik aloqa hamkorligi bo’yicha byuro tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu organlarning maqsadi O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o’tishda texnik yordam ko’rsatish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hukumati va YI
Qo’mitasining harakatlarining hamkorligini kuchaytiradi. O’zbekiston Respublikasi bilan yevropa mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yil 21 iyundagi sammitda YI a’zo davlatlari rahbarlari bilan “O’zbekiston va yevropa Hamjamiyati hamda unga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik va sheriklik” to’g’risida bitim imzolandi. O’zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday bitim imzolagan ikkinchi davlatdir. “SHeriklik va hamkorlik” haqidagi bitim O’zbekistonning YI va YIga
a’zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning huquqiy asosini tashkil qiladi. SHuningdek, siyosiy, iqtisodiy, fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochadi. EI mamlakatlari bizning yetakchi investorlarimiz bo’lib, hozirda O’zbekistonda YI a’zo davlatlarining 147 firma va kompaniyalari akkreditatsiya qilingan. Respublika hududida YI mamlakatlari firma va kompaniyalari kapitali ishtiroki bilan 480 korxona o’z faoliyatini amalga oshirmoqda, ulardan 114 tasi- 100% lik yevropa kapitali bilan, 1995-2002 yillar davomida YI firma va kompaniyalari, shuningdek bank tuzilmalari O’zbekistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSH dollari atrofida bo’lgan yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. SHu bilan birga oxirgi yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, CHexiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa qator davlatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror rivojlanmoqda. Bu munosabatlarni boshqaruvchi asosiy hujjat 2002 yil martda imzolangan.
47
O’zbekiston va AQSH. Yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega dunyoning yetakchi davlati - AQSH bilan ko’p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish O’zbekiston uchun ustivor ahamiyatga ega. “O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida Deklaratsiya” ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim axamiyatga ega. Biz Amerika kompaniya va firmalari bilan qo’shma investitsion loyihalarni amalga oshirishga, ular bilan uzoq muddatli o’zaro foydali sheriklik munosabatlarini o’rnatishga, bozorimizda Amerika kapitali mavjudligining kamayishiga katta ahamiyat beramiz. Respublikada Amerika investorlari ishtirokidagi 323 korxona ro’yxatga olingan, ulardan 233 tasi qo’shma korxonalar va 90 tasi 100% chet el kapitaliga qurilgan.
davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 26 yanvarda o’rnatilgan. Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning YAponiyaga 1994 yil may va 2002 yil iyulda amalga oshirgan rasmiy tashriflari muhim rol o’ynagan. Tashriflar chog’ida O’zbek-YApon davlatlararo munosabatlariga asos bo’lgan qator xujjatlar imzolangan. SHu qatorda “O’zbekiston Respublikasi va YAponiya qo’shma bayonoti”, “O’zbekiston Respublikasi hukumati va YAponiya hukumati o’rtasida imzolangan bitimlarga O’zbekistonning xuquqiy vorisligi haqida maktublar almashinuvi”, shuningdek, “O’zbekiston va YAponiya o’rtasida do’stona, strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot” imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida 1994 yil tuzilgan iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbek-YApon va YApon-O’zbek qo’mitalari muhim rol o’ynaydi.
asosiy yo’nalishlari 1992 yil martdagi, 1994 yil oktyabrdagi, 1999 yil noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Xitoyga, shuningdek, 1994 yillarda XXR Davlat statistika Qo’mitasi Bosh Vaziri Li Penning 1996 yil iyulda XXR raxbari szyan szeminning O’zbekistonga rasmiy tashriflari chog’ida aniqlab olingan. 1992 yil yanvarda O’zbekiston Respublikasi va XXR o’rtasida imzolangan savdo iqtisodiy bitimlarga muvofiq mamlakatlar o’rtasida mumkin qadar qulaylik rejimi o’rnatildi. 2002 yilda ikki davlat o’rtasida mol ayirboshlash 130 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, bundan 17,3 mln. AQSH dollarini eksport, 112,7 mln. AQSH dollarini import. Bu davr mobaynida eksportning asosiy moddalari: xizmatlar, elektr va mexaniq asbob-uskunalar, ipak, to’qima materiallar, ishlash uchun o’simlik materiallari, mineral yoqilg’i, neft va uni qayta ishlangan mahsulotlari, paxta tolasi, ho’l meva va yong’oqlar, mato, kalava ip va boshqalardan iborat.
Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil iyunda, 1995 yil fevralda, 1999 yilda Koreya
48
Respublikasiga, 1994 yil iyunda Koreya Respublikasi Prezidenti Kim yen San rasmiy tashriflari chog’ida mamlakatlar o’rtasida o’zaro munosabatlar rivojlanishi uchun huquqiy asos qo’yildi va hamkorlikning asosiy yo’nalishlari aniqlab olindi. O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion va “Savdo to’g’risida”, “Investitsiyalarni o’zaro ximoyalash va kengaytirish to’g’risida” ilmiy-texnikaviy bitimlar imzolangan. Hozirgi kunga kelib O’zbekiston va Koreya Respublikasi o’rtasida xuquqiy-shartnomaviy asosga ega bo’lgan 22 ta hukumatlararo shartnoma va hujjatlar imzolangan. 1996 yil 19 iyulda Asaka shaxrida “UzDEUAvto” qo’shma korxonasi avtomobil zavodi prezentatsiyasi bo’lib o’tdi. 1992 yil iyunda O’zbekiston va Koreya Respublikasi o’rtasida imzolangan savdo shartnomasiga muvofiq savdoda birmuncha qulay sharoitlar rejimi o’rnatildi. Eksportning asosiy moddalarini bu davrda paxta tolasi, xizmatlar, mato va paxta qog’ozi, kalava ipi tashkil etdi. 2003 yilning 9 oyi mobaynida ikki mamlakat o’rtasida mol ayirboshlash 179,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, 39,1 mln. AQSH dollari eksportga, 140 mln. AQSH dollari importga to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda Koreya Respublikasi eksport-import banki tomonidan O’zbekistonga taqdim etilgan umumiy kreditlar hajmi 96,4 mln. AQSH dollariga yetdi. Bu qatorda respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari, “UzDEUAvto” qo’shma korxonasiga qator yangi modellar qo’shish, respublika kollejlarini yangi o’quv jixozlari bilan ta’minlash, “Uzbek Ipagi” assotsiyatsiyasining ipak ishlab chiqarish korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish o’rin olgan. O’zbekistonning Osiyodagi barqaror savdo-iqtisodiy hamkorlari: Malayziya, Vetnam, Xindiston, Indoneziya, Turkiya, Fors ko’rfazi davlatlaridir. O’tgan yillar MDH davlatlari bilan ikki va ko’p tomonlama shartnomaviy munosabatlar doirasida teng hamkorlik asosida o’zaro foydali hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik asosida nafaqat hududiy yaqinlik va iqtisodiy bog’liqlik, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy- ma’naviy aloqalar, yirik tarixiy davr mobaynida xalqlarning umumiyligi yetadi. MDH davlatlari O’zbekistonning asosiy savdo iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga respublika tashqi savdo umumiy hajmining 30% dan ortig’i to’g’ri keladi. O’zbekiston va MDH mamlakatlari mol ayirboshlash dinamikasi tenglik va o’zaro foydali tamoyillarga asoslangan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. MDH mamlakatlari ichida O’zbekistonning yirik savdo hamkorlaridan Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston va Ukrainadir. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo yevrosiyo materigining o’rtasida joylashgan bo’lib, qadim zamonlardan savdo yo’llari va sayohatda muhim koridor hisoblanadi. Xozirda bu mintaqa besh mustaqil davlatni o’z ichiga oladi: Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, O’zbekiston va Turkmaniston. Markaziy Osiyo SHarqdan g’arbga 4,500 km.ga cho’zilgan va taxminan yevropa maydoniga teng hududni egallaydi. Mintaqa SHimolda Rossiya Federatsiyasi, SHarqda Xitoy,
49 Janubda Afg’oniston va Eron bilan chegaradosh, g’arbda uning chegaralarini Kaspiy dengizi yuvib turadi. Mintaqaning umumiy maydoni 4 mln kv.km. atrofida (MDH hududining 18%i), 4 davlat axolisi 52,2 mln (MDH aholisining 19%i), aholi zichligi o’rtacha 12,4 kv. km. ga teng.
Mustaqil O’zbekiston 30 ta obro’li iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning to’laqonli a’zosi bo’ldi. Bularning jumlasiga Jahon Banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro Valyuta fondi, yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom taraqqiyot banki, Butunjahon bojxona tashkiloti, Butunjahon sayoxat tashkiloti, Paxta bo’yicha xalqaro konsultativ komiteti va boshqa tashkilotlarga a’zo bo’ldi. Respublika xozirgi kunda BSTga a’zo bo’lish uchun qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Respublikasi JB ga a’zo bo’ldi. 1992 yil sentyabrdan Toshkent shaxrida Jahon bankining vakolatxonasi ochildi. Bank strategiyasi bosqichma-bosqich rivojlanishda hukumat islohatlarini qo’llab quvvatlash va tadbiq etish maqsadida maslaxatlar berish, shuningdek texnik-moliyaviy yordam ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Jahon Banki kreditlarni asosan qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun suv ta’minoti va sanitariya irrigatsiya tizimi va drenajni qo’llashga ajratadi. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik. O’zbekiston 1992 yil 19 apreldan yeTTB ga a’zo bo’ldi. O’zbekistonga yeTTB tomonidan kelgan vakillar respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy xolatni o’rganish va kelajakdagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadidagi tashrifi davomida bank direktorlar kengashi tomonidan O’zbekistonga nisbatan yeTTB o’z strategiyasini belgiladi. Bunda bank kelgusida O’zbekiston xususiy sektorini rivojlantirish va kengaytirish; tabiiy resurslarni o’zlashtirish; energetika sektorini, kichik va o’rta korxonalarni, paxtani qayta ishlash va boshqa yengil sanoatni, turizm infrastrukturasini rivojlantirish kabi sohalardagi asosiy yo’nalishlarni aniqladi.
oyidan boshlab XVFga a’zo bo’lib kelmoqda. Osiyo Taraqqiyot Banki. O’zbekiston Respublikasi 1995 yil 30 avgustda OTB ning to’laqonli a’zosi bo’ldi. OTB bilan o’zaro moliyaviy va texnik hamkorlik maqsadida, shuningdek OTBga taqdim etilishi mumkin bo’lgan investitsion loyihalarni tayyorlash ishlarini mo’ljallashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1996 yil 16 yanvardagi №27 farmoyishi bilan OTB bilan hamkorlik uchun idora tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Milliy Banki OTB avuarida O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi rasmiy bank depozitariysi deb e’lon qilindi. Moliya Vazirligi OTB bilan aloqalarda ma’sul hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining MB O’zbekiston Respublikasini OTBning direktorlar kengashi
50 guruhiga qo’shish to’g’risida murojaat qildi. Bu guruhga Malayziya, Singapur va Tayvand mamlakatlari kiradi. OTB bu murojaatnomani qabul qilgandan so’ng O’zbekiston iqtisodiy integratsiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda Osiyo tinchlik mintaqasi mamlakatlari bilan tenglikda a’zo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi 2001 yil noyabrda FAOga a’zo bo’ldi. 2002 yilda O’zbekiston FAOning “Mintaqada parvarish qilinayotgan yerlarning hosildorligini o’stirish” mintaqaviy dasturida ishtirok etdi. Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlik. O’zbekiston va ITB o’rtasidagi birinchi aloqalar 1992 yilda boshlangan. 1992 yili ITB O’zbekiston musulmonlar boshqarmasi grantlarini ma’qulladi. Bu grantlar bir qancha loyihalar Al-Buxoriy instituti uchun yotoqxona qurish, Toshkent shaxridagi bir qancha shifoxonalarni, Xiva, Buxoro shaxridagi Mir Arab madrasasini ta’mirlash, arab tilini o’rgatishni qo’llab-quvvatlash va boshqalarni moliyalashtirishni o’z ichiga oladi. 1997 yil 30 iyun - 4 iyulda O’zbekistonga ITB prezidenti yordamchisi K.I.Abdulxaq boshchiligidagi delegatsiya tashrif
buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad
respublikaning rasmiy shaxslarini ITB faoliyati bilan tanishtirish va O’zbekiston Prezidenti qoshidagi davlat va ijtimoiy qurilish akademiyasi bilan hamkorlik o’rnatish bo’ldi.
Butunjahon savdo tashkiloti 1995 yil 1 yanvarda tashkil topgan. BST ko’p tomonlama savdo tizimlarining xuquqiy va instituttsional asosidir. U muhim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab beradi. BST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT)ning davomchisi hisoblanadi. BST kelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini, Urugvaydagi ko’p tomonlama muzokaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 125 ta mamlakat ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yil 15 dekabrda Urugvayda tugagan ko’p tomonlama muzokaralar natijasi hisoblanadi. Vazirlar 1994 yil aprelda Marokashdagi majlisda yakunlovchi aktni imzoladilar. 15 apreldagi “Marokko deklaratsiyasi” shuni tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlab savdo, kapital qo’yilmalar, bandlikni liberallashtiradi va butun jahonda tushumlarni ko’payishga olib keladi. GATT BSTning qismi sifatida quyidagi asosiy qoidalarga ega:
GATT erkin savdo bilan shugullansa xam BST a’zo mamlakatlari o’zlarining milliy sanoatini tashqi raqobatdan ximoya qilish xuquqiga egaligini tan oladi. Biroq GATT mamlakatlardan tariflar orqali ximoya qilishni talab etadi. Bu tamoyil amalda bajarilishini ta’minlash uchun GATT qonun-qoidalariga ko’ra bir necha istisnolar bo’yicha miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi.
13.
Davlatlar ko’p tomonli savdo kelishuvlarida milliy sanoatni qo’llab- quvvatlashni kamaytirish, iloji bo’lsa, tariflarni kamaytirish va boshqa savdo to’siqlarini olib tashlash orqali yo’qotish kerak. Tariflar ma’lum darajada kamaymoqda va “aloqa”ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir mahsulotni munosabatga kirishishdagi tarif darajasi BST a’zosining majburiyatidir va asosiy savdo sherigi bilan kompensatsiya xaqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi.
GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik printsipi hisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga o’zgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar BSTning a’zosi bo’lgan boshqa davlatlarga xam kamsitishlarsiz qo’llanilishi kerak. Xech qanday davlat boshqasiga alohida savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qo’ya olmaydi. Hamma bir xil darajada va xamma savdo to’siqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi.
Agar afzal ko’rilgan davlatlarda kamsitish man qilingan bo’lsa, “Milliy rejim” qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab chiqarilgan ekvivalent tovarlar bilan bir xil shart-sharoitda amalga oshirilishi kerak. Butunjahon Savdo Tashkilotining GATTdan farqi. BST nafaqat GATTning davomchisi, qolaversa o’ziga xos xarakterga ega. Oradagi asosiy farqlar quyidagilar: •
GATTdan farqli o’laroq BST o’zining shaxsiy sekretari bilan doimiy tashkilot hisoblanadi. •
savdo tizimiga xizmatlar bilan savdo qilish, tijoriy faoliyat qo’shildi. Intellektual mulk ximoyasi xam shular jumlasidandir. •
birlashgan bitimlar to’plamini o’zida aks ettiradi, bundan farqli o’laroq, GATT o’zida bitimlar ro’yxatini o’z ichiga oladi, misol uchun dempingga qarshi cheklovlar, subsidiyalar bo’yicha, bir necha davlatlar bilan cheklangan a’zolik. •
BST negizida 1947 yildagi GATTning o’zgargan versiyasi (bu versiya GATT–1994 deb qabul qilingan) va barcha yangi bitimlar seriyasi yotadi. GATT– 1994da tovarlar savdosi doirasida vujudga keladigan shunday vaziyatlarga izox topildiki, unda kamsitishsiz qonuniy savdo qilish, ichki bozorga import qilish va xususiy mahsulotlar uchun muvozanatlashgan savdo rejimi yotadi. BST doirasida, yangi
bitimlarga muvofiq
umumiy tamoyillar muhim sohalarda kengaytirilmoqdaki, ular xizmatlar bilan savdo qilish, intellektual mulk huquqining savdo aspektlari, o’lchovlaridan iborat. •
ximoyalash imkoniyatini o’zida saqlab qoladi. Bu bitimlar doirasida tekstil va tayyor kiyim-kechaklar savdosidagi eksport cheklovlari olib tashlandi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi isloh qilindi.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling