Sanoat iktisodiyoti va menejment
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Kapital olib chikish xalkaro iktisodiy munosabatlarning ilgor shakli sifatida.
- 5.2. Kapital olib chikishning asosiy shakllari, uning çamonaviy uziga xos tomonlari
- Nazorat uchun savollar
- 6-mavzu: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDA CHET EL INVESTITSIYALARINING ROLI.
- 6.3. O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarining o’rni
- 6.3. O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarining o’rni
Tayanch iboralar: tashqi savdo hajmi, eksport, import hajmi, tashqi savdoda sanoat mahsulotlarining ulushi, JST bilan hamkorlik, rivojlangan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik, tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish.
1.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdoning tutgan o’rni va ahamiyatini gapirib bering. 2.
Respublikasi tashqi
savjosining 2004
yildagi ko’rsatkichlarini gapirib bering. 3.
4.
Respublikamiz qaysi xalqaro
tashkilotlar bilan
aloqalarini rivojlantiromoqda? 5.
6. O’zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo’lish istiqbollari qanday? 7. Keyingi yillarda tashqi savdo sohasida ro’y berayotgan o’zgarishlarni ko’rsatib bering.
Respublikamizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modelini tanlashi tashqi savdo rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
17 5.1. Kapital olib chikish xalkaro iktisodiy munosabatlarning ilgor shakli sifatida. Kapitalni xorijga chikarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jaxon xujaligi va xalkaro iktisodiy munosabatlarning eng muxim ajratib turuvchi tomoniga aylandi. Kapital olib chikish uzida ma’lum davlat milliy oborotidan bir kism kapitalni olib uni boshka davlat ishlab chikarish jarayoni va oborotiga tovar yoki pul formasida joylashtirishni namoyon kiladi. Oldingi kapital olib chikish jaxon xujaligi pereferiyasiga kapitalni eksport kiladigan kam sonli sanoati rivojlangan davlatlarga xos edi. Jaxon xujaligining rivojlanishi bu jarayon doirasini sezilarli kengaytirdi: kapital chikarish xar kanday muvaffakiyatli, dinamik rivojlanayotgan iktisodiyotning funktsiyasi bulib kolmokda. Kapitalni ilgor sanoati rivojlangan davlatlar xam,urtacha rivojlangan davlatlar xam, riojlanayotgan davlatlar, ayniksa “yangi industrial davlatlar xam chikarmokdalar. Kapital olib chikishning asosiy sababi uning ma’lum davlatda iisbatan" ortikchaligidadir. Xalkaro kapital migratsiyasi-kapitallarning egasini foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi karama-karshi xarakatdir. Xar bir davlat bir vaktning uzida kapitalning importyori va eksportyoridir: kesishgan investitsiyalar sodir bulmokda. Katta foyda uchun kapital olib chikishning eng muxim sabablari kuyidagilardir: kapital olib
chikilayotgan davlatda uning ortikcha tuplanganligi;jaxon xujaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining moe kelmasligi; maxalliy bozorni monopolizatsiya kilish imkoniyati mavjudligi;kapital eksport kilinadigan davlatda arzonrok xom-ashyo va ishchi kuchining mavjudligi.
Kapital olib chikish kuyidagi asosiy øakllarda amalga oshiriladi: -sanoat, savdo va boshka korxonalarga tugridan-tugri investitsiyalar; -portfel investitsiyalar (xorijiy obligatsiyalar, aktsiya, kimmatbaxo kogozlarga); -ssuda kapitalining sanoat va savdo korporatsiyalari, bank va boshka moliya tashkilotlariga urta va uzok muddatli kreditlari yoki zayomlar; -iktisodiy yordam: tekinga va imtiyozli kreditlar shaklida (foizsiz, kam foizli). Jaxon iktisodiyotida kapital kuchishi va xorijiy investitsiyalar urtasida anik fark belgilangan. Kapital kuchishi kuyidagilarni uz ichiga oladi: xorijiy xamkorlar bilan operatsiyalar buyicha tulovlar, zayomlar berish (5 yildan ortik bulmagan muldatda), fakat kapital joylashtirish maksadida xorijiy kompaniyalarning aktsiya, obligatsiya va kimmatbaxo kogozlarini sotib olish, kimmatbaxo kogozlar portfelini diversifikatsiya kilish va x.k.
18 5.3. Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalar(TMK) BMT ekspertlarining fikricha Transmilliy korporatsiyalar (TMK) “jahon iktisodining dvigatellaridir”. BMTning transnatsional korporatsiyalar xakidagi dokladlaridan biri xuddi shunday deb nomlangan edi. 90-yillarning urtalariga kelib jahonda 40 mingta TMK mavjud edi. Ular uz davlatlaridan tashkarida 250 mingga yakin shu’ba korxonalarini nazorat kilardilar. Ularning soni oxirgi yigirma yil mobaynida 5 barobar kupaydi (1970 yilda 7mingta bunday firma ruyxatga olingan edi).
100ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy mulki) boshka
davlatlar xududida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalarning asosiy kismi AKSH, YI davlatlari va YAponiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chikarishining 40%igacha, xalqaro savdoning yarmini nazorat kiladilar. TMK korxonalarida ishlab chikarilgan maxsulotlarning mikdori yiliga 1 trln. doll.dan oshib ketadi. Ularda 73 mln.dan ortik kishi ishlaydi, ya’ni jahonda band axolining o’ndan bir kismi. Xush, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga kanaka kompaniyalar kiradi? An’anaviy ravishda xalqaro korporatsiyalar faoliyatini urganadigan BMT uzok vakt mobaynida ularga yillik aylanmasi 100 mln. doll.dan oshuvchi va kamida 6 davlatda filiali bulgan firmalarni kushardi. Keyingi yillarda boshka bir kursatkich: rezident-davlatdan tashkarida sotilgan maxsulotlar mikdori kiritildi. Bu kursatkich buyicha jahonda SHveytsariyaning “Nestle” firmasi (98%) ilgorlardan biri sanaladi. BMT metodologiyasiga kura xalqaro korporatsiyani uning aktivlari strukturasiga karab xam aniklash mumkin. Transmilliy korporatsiyalar ichida eng kup xorijiy aktivga (moliya sektori-transmilliy banklardan tashkari) Angliya- Gollandiya kontserni “Royal-Datch SHell”, keyin AKSHning 4 firmasi: “Ford”, “Jeneral motors”, “Ekson” va “IBM” egadirlar. Rossiyalik iktisodchilar, odatda, kuyidagi ta’rifni beradilar: transmilliy korporatsiyalar - bu xorijiy aktivga ega bulgan milliy monopoliyalar, ularning ishlab chikarish va savdo-sotik faoliyatlari bir davlat chegarasidan chikib ketadi. Korporatsiya deb AKSHda xissadorlik jamiyatini aytishadi. Zamonaviy transmilliy korporatsiyalarning kupchiligi Amerika kompaniyalarining ekspansiyasi tufayli vujudga kelganligi tufayli bu termin kirib keldi. Transmilliy korporatsiyalar kapitalining xarakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bulayotgan jarayonlardan mustakil ravishda ruy beradi. Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yukori malakali personal talab kiluvchi yukori texnologiyali, ilmtalab soxalarga kirib borishadi. Bunda ushbu soxalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya kilish tendentsiyasi sezilmokda. 500ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85tasi barcha xorijdagi investitsiyalarning 70%ini nazorat kiladilar. Bu 500 gigant elektronika va ximiyaning 80%, farmatsevtikaning 95%, mashinasozlikning 76% maxsulotini sotadilar.
19 5.4. Erkin iqtisodiy xududlar XX asr ikkinchi yarmida “erkin (maxsus) iqtisodiy xududlar” jahon xo’jaligining sezilarli xolatiga aylandi. Erkin iqtisodiy xududlar dunyoning kuplab davlatlarida keng yoyildi. 90- yillarning urtalarida dunyoda turli xildagi 4 mingdan ortik EIX mavjud edi. Xalqaro korporatsiyalar uz faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni kidirib, EIXlarni kup foyda olish mumkin bulgan joy sifatida kurishadi. Yirik xalqaro korporatsiyalar erkin iqtisodiy xududlarda uz ishlab chikarishlarini tashkil kilishni ekspansiyalarining muxim yunalishi deb xisoblaydilar. Erkin iqtisodiy xududlar mamlakatning boshka kismlarida ishlatilmaydigan imtiyoz va ragbatlarning o’ziga xos tizimi kullaniladigan milliy iqtisodiy xududning bir kismidir. Odatda EIX jugrofiy jixatdan u yoki bu darajada aloxida xududdir. Erkin iqtisodiy xududlar ularni tashkil kiluvchilar tomonidan ochik iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muxim bosqich sifatida kuriladi. Ularning faoliyat kursatishi tashki iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan boglanadi. Erkin iqtisodiy xududlarning iqtisodiyotining tashki dunyoga ochikligi katta darajada buladi. Bojxona, solik va investitsion rejimi esa tashki va ichki investitsiyalar uchun kulaydir. Amalda erkin iqtisodiy xududlar jahon kapital xo’jaligi mikyosida migratsiya kilib yurgan kapital uchun kopkon xisoblanadi. Erkin iqtisodiy xududlarning eng oddiy ko’rinishlaridan biri erkin bojxona (bojsiz) xududlari (EBX) xisoblanadi. Bu xududlar erkin savdo xududlari kabi birinchi avlod xududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. Bu xududlarda tranzit yoki kassignatsion omborlar, eksportga muljallangan tovarlarni kadoklash va kam mikdorda kayta ishlash buladi. Bunday xududlarni kupincha bond omborlari yoki erkin bojxona xududlari deb ataladi. Erkin bojxona xududlari tovar olib kirish va olib chikishda bojdan ozod kilinadi. Ular kuplab mamlakatlarda mavjud. Erkin savdo xududlari (ESX) xam dunyoda keng tarkalgan. Erkin savdo xududlari AKSHda eng kup rivoj topgan. Ularni tashkil kilish 1934 yildagi maxsus konunda nazarda tutilgan. Uning maksadi savdoni ragbatlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Eng kup texnika kiritish xududlari AKSH, YAponiya, Xitoyda faoliyat kursatmokda. AKSHda ularni texnoparklar, YAponiyada-texnopolislar, Xitoyda- yangi va ilgor texnologiyalar xududi deb ataladi. Jahonda eng mashxur va AKSHda eng yirik “Silikon Velli” nomli texnopark jahon xisoblash texnikasi vositalari va komp’yuterlar ishlab chikarishining 20%ini beradi. Umuman AKSHda 80dan ortik bunday xududlar mavjud. YAponiyada maxsus xukumat dasturlari doirasida ilgor ilmiy tashkilotlar asosida yigirmaga yakin texnopolislar tashkil kilingan. XXRda xam bunday xududlar odatda davlatning ilm va texnikani rivojlantirish rejalarini amalga oshirish paytida tashkil kilinadi. 90-yillarning urtalarida Xitoyda 50dan ortik yangi va ilgor texnologiyalarni rivojlantirish xududlari ishlagan.
20
Turli moliya-iqtisodiy, sugurta va boshka xizmatlar kursatuvchi firma va tashkilotlar uchun talbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan xududlar servis xududlar deb ataladi. Servis xududlar katoriga offshor xududlar (OX) va solik gavanlari (SG) kiradi. OX va SG tadbirkorlarni kulay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saklanishi, davlat boshkaruvining kamligi bilan o’ziga jalb kiladi. Offshor xududda ruyxatga olingan va solik va boshka imtiyozlar olishga nomzod bulgan kompaniyalarga kuyiladigan asosiy talab - offshor markaz joylashgan davlatning rezidenti bulmaslik va bu davlat xududida daromad olmaslikdir. Solik gavanlarining offshor xududlardan farki shundaki, u yerda barcha firmalar (xorijiy firmalar xam, maxalliy firmalar xam) faoliyatning barcha turlari yoki ba’zi turlari bilan shugullanishda imtiyozlarga ega buladilar. Xozirgi paytda jahonda 300 dan ortik offshor markazlar mavjud. Ulardan 70tasi solik gavanlari xisoblanadi. Offshor
kompaniyalar faoliyat kursatayotgan davlatlar katoriga Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, SHveytsariya va boshkalar kiradi. Oxirgi un yillikda bularga Malta, Mavrikiya, Garbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshka davlatlar kushildi.
investitsiyalar, TMK, offshor hududlar, “dyuti fri”, yangi texnologiyalar kiritish hududlari.
1.
2.
Kapital migratsiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar? 3.
Keyingi yillarda xalqaro kapital bozorlarida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda? 4.
Transmilliy korporatsiyalar deb qanday kompaniyalarga aytiladi? 5.
TMK jahon bozoriga kirib borishining usullari? 6.
EIHning qanday shakllarini bilasiz? 7.
Erkin sado hududlari qaerlarda tashkil qilinishi mumkin? 8.
O’zbekiston Respublikasi hududida EIH tashkil etish istiqbollariga qanday qaraysiz?
21 6.1. O’zbekiston Respublikasining investitsion muhiti Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarida to’zilmaviy o’zgarishlarning kuchli quroli bo’lib hisoblanadi. “Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, eksport rivoji, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashning muhim sharti bo’lgan xorijiy investitsiyalar, avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investitsion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega” 2 - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investitsion muhit yaratilgan, xorijiy investorlar uchun keng xuquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni oladi: -umumiy choralar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Davlat investitsion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar; -xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag’batlantirish; -texnik qayta jihozlash va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarilishini rag’batlantirish. Qulay investitsion muhit qator qabul qilingan xuquqiy hujjatlarga – O’zbekiston Respublikasining “Xorijiy investorlar xuquqlarini himoyalash kafolatlari va choralari to’g’risida”, “CHet el investitsiyalari to’g’risida” Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha rag’batlantirishlar va imtiyozlar to’g’risida”, “CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Farmonlari va boshqalarga asoslanadi. SHuni ta’kidlash zarurki, “Xorijiy investorlarga kafolatlar to’g’risida”gi qonun shuningdek chet el investitsiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10
yil mobaynida qonunchilikda investitsiyalash sharoitlarini yomonlashtiruvchi o’zgartirishlardan himoyalashni nazarda tutadi. Xorijiy investor O’zbekiston Respublikasida quyidagi yo’llar bilan investitsion faoliyatni amalga oshirishi mumkin: -
tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trastlar, kartellar, birlashmalar va boshqa korxonalarda ulush bilan ishtirok etish; -
2
Каримов И.А. Узбекистонда демократик узгаришларни янада чукурлаштириш ва фукаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йуналишлари. Иккинчи чакирик Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 9-снссиясидаги маъруза, 2002 йил 29 август
22
-
portfel investitsiyalari – O’zbekiston kompaniyalari yoki hukumatlari chiqargan aktsiyalar, obligatsiyalar, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlar sertifikatlarini xarid qilish yo’li bilan; -
huquqlarini o’z ichiga oluvchi yer va ko’chmas mulkni to’la yoki qisman sotib olish.
Agar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o’z ishlab chiqarishida kamida 70% mahalliy uskuna va materiallardan foydalansa, quyidagi pasayib boruvchi daromad solig’i stavkasi koeffitsientlari qo’llaniladi: 70%dan kam – 0,70; 70%-80% - 0,80; 80%-90% - 0,75; 90%dan yuqori – 0,70. Zamin boyliklarini ishlab chiqarish va qidirish ishlarini amalga oshiruvchi chet el kompaniyalari uchun eng qulay sharoitlar rejimi beriladi.
6.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining axamiyati CHet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy sub’ektlari hamda qo’shma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag’lardir. CHet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellik kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish ya’ni mamlakatlararo ko’chib yurish xos. Xuquqiy nuqtai nazardan ular o’zlarining milliy huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. CHet
el investitsiyalari mohiyat jixatidan o’z milliy investitsiya muxitini o’zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromatdorlik, kapitallashuvdan tashqari chet el investitsiyalarining o’ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko’zlashi hisoblanadi. SHu sababli, o’zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishining asosi hisoblanadi. CHet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo’shimcha tavakkalchilikka to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Demak, chet el investitsiyalari risklari doirasi ancha keng.
Respublikada ko’p ukladli
iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va hususiy manfaatlarni; ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar manfaatlarini to’g’ri
23 aniqlash; ularning o’zaro maqbul nisbatlarini to’g’ri aniqlash; ularni hayotda ro’yobga chiqarishning teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilash. CHet ellik investorlar investitsiyalar kiritish to’g’risida qaror qabul qilar ekan, birinchi navbatda o’zlarining manfaatlari va maqsadlaridan kelib chiqadi. O’zbekistonda chet el investitsiyalari davlat tomonidan va qonun bilan himoya qilinadi. Investitsiyalashning huquqiy iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqilgan investitsiya faoliyati sohasida respublika tomonidan imzolangan halqaro shartnomalar tamoyillariga muvofiq chet el investitsiyalarini amalga oshirishning bazaviy shartlari belgilangan. Qulay investitsion iqlim mamlakat tarmoqlarida to’zilmaviy o’zgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investitsiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. O’zbekiston investitsion siyosatining asosiy qurollaridan biri – Davlat investitsiya dasturidir. U investitsiyalar manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va optimallash, shuningdek ular uchun imtiyozli rejim joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling