Agar sonning miqdoriy qiymati,shu raqamning ko’rinishi va sonning yozilishida uning pozisiyasiga bog’liq bo’lsa sanoq tizimi pozisiyon deb ataladi .
O’nlik sanoq tizimidagi ihtiyoriy sonni «10»asosga ko’ra,butun darajalar ketma-ketligi ko’paytmalarining yig’indisi ko’rinishida ifodalash mumkin.
Masalan , 158 sonini yozishda «1», «5»va «8» raqamlari qatnashadi ,shu bilan birga «1» raqami «5» raqamidan , u esa o’z navbatida «8» raqamidan oldin keladi
158 = 1*102 + 5*101 +8*100 = 1*100 + 5*10 + 8*1
Sonning qiymati uni tashkil qiluvchi raqamlarning qiymatiga va uning pozisiyasiga bog’liq.Haqiqatdan,815 soni aynan shu sonlardan iborat ,ammo bu raqamlarning sondagi pozisiyasi o’zgacha.Mos ravishda , qiymati ham boshqacha bo’ladi.
815 = 8*102 + 1*101 +5*100 = 8*100 + 1*10 + 5*1
198 sonida ikkinchi pozisiyada ( o’nliklar pozisiyasi ) boshqa raqam turibdi («5»emas , «9» ).Bu sonning qiymati o’zgacha bo’ladi.
1 98 = 1*102 + 9*101 +8*100 = 1*100 + 9*10 + 8*1
1.Ikkilik sanoq tizimi
Sonni jismoniy ifodalash uchun kompyuterda, mumkin bo’lgan bir necha turg’un holatdan birortasida bo’ladigan elementlar zarur .Tehnik amalga oshirish nuqtai-nazaradan, ikki turg’un holatda bo’lish hususiyatiga ega elementlar eng sodda hisoblanadi( lampa- yoqilgan,o’chirilgan;trigger-potensiyal bor –potensiyal yoq )
Bu holatlardan birini «0» raqami ,boshqasini esa «1» raqami orqali ifodalash mumkin.
Alifbosi faqat ikki raqamdan iborat bo’lgan sanoq tizimi, ikkilik sanoq tizimi deb ataladi.Ikkilik sanoq tizimning alifbosi ikkita «0»va «1» raqamidan tashkil topgan.
Sanoq tizimining «mahsus» raqamlarini ifodalash uchun quyidagilardan foydalaniladi:
0–«bo’sh», «hech nima»larni belgilash uchun
1 – eng kichik ma’noli raqamni belgilash uchun
1 – eng katta ma’noli raqamni belgilash uchun
Shunday qilib , ikkilik sanoq tizimida minimal va maksimal raqamlarni belgilash uchun yagona – «1» raqamidan foydalaniladi.
Ikkilik sanoq tizimida «0»raqamiga «0»raqamini qo’shadigan bo’lsak «0»raqami hosil bo’ladi .Agar «0»raqamiga «1» raqamini qo’shadigan bo’lsak «1»raqami hosil bo’ladi . Agar «1» raqamiga «1» raqamini qo’shadigan bo’lsak , ikki honali ikkilik soni -«10»hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |