139
bo‘lmaydigan yoki essensial yog‘ kislotalari (F kislotalar) deb ham atashadi.
Hozirgi paytda essensial yog‘ kislotalarining organizm rivoj- lanishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur ekanligi isbotlangan. Aniqlanishicha essensial yog‘ kislotalari qoldiqlaridan tashkil topgan glitseridlar organizmdagi stearinlar almashinuvida faol ishtirok etishadi. Organizmda bu kislotalar yetishmaganda xolesterin to‘yinmagan yog‘ kislotalari bilan moddalar almashinuvi jarayonida juda qiyin oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qiladi. Xolesterinning bunday efirlari kimyoviy jihatdan juda turg'unligi sababli ular qonda, arteriya devorlarida to'planib qolishi xavfi tug'iladi.
To‘yinmagan yog‘ kislotalari odam organizmidagi hujayralar membranasining tuzilishida, prostaglandinlar (hujayralardagi modda almashinuvini, qon bosimini va trombositlar agregatsiyasini boshqaruvchi murakkab organik birikmalar) sintezida, organizmdagi ortiqcha xolesterinni chiqarib tashlashda ishtirok etadi. Lekin, shuni ta’kidlab o‘tish kcrakki, bu funksiyalarning barchasini to‘yinmagan yog‘ kislotalari faqatgina sis-izomer holatidagina bajara oladi. Ular yetishmaganda organizm o‘sishdan to‘xtaydi va og‘ir kasalliklarga duchor bo‘ladi.
§. 0‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH
0‘simlik moylari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi quyidagi jarayonlarni ko‘zda tutadi (5.1-rasm):
Hozirgi paytda urug‘lardan, asosan, ikki usulda moy ajratib olinadi:
Moylilik darajasi yuqori bo‘lgan urug‘lardan ketma-ket avval presslash, so‘ngra esa ekstraksiyalash usullari bilan moyni ajratib olish. Bunda ajratib olinadigan moyning 3/4 qismi presslash natijasida olinadi. 2. Moylilik darajasi past boigan urug‘lardan bevosita ekstraksiyalash usuli bilan moyni ajratib olish.
5.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi usul, ya’ni bevosita ekstraksiyalash usuliga o‘tish o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologik sxemasini anchagina soddalashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |