Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet108/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

140




Urug'larni transportda
yetkazish. Aralashmalardan
tozalash. Quritish. Saqlash.
Qayta ishlashga yuborish.

Aralashmalardan tozalash,
urug'larni namligi va o'lchov-
lari bo'yicha me'yorlashtirish.
Urug'larni po'stlog'idan
ajratish. Ezib maydalash.

Inaktivatsiya va qovurish
(termonamlik ishlovi berish).
Moyni siqib chiqarish.
Ekstraksiyalanadigan
materialning bargchasimon
strukturasini hosil qilish.
Presslangan moyni birlamchi
tozalash.

Ekstraksiyalab moy olish.
Mitsellani qayta ishlash.
Shrotga ishlov berish.

Moyni tozalash, filtrlash.
Fosfatid konsentratlarini ajratib
olish (ba’zi moylar uchungina)
oqsillarni ajratib olish va
shrotni oqsillarga boyitish.



5.1-rasm. O'simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari.


Ba’zi bir moyli xomashyolarni qayta ishlab moy ajratib olishda ularning urug‘ (yoki meva) po‘stlog‘ini ajratib olish talab etilmaydi. Bu holda texnologik sxema yanada soddalashadi.

Moyli xomashyoni quritish va saqlash. Odatda ko‘pgina yetishti- rilgan moyli xomashyoni yig‘ishtirib olib jamg‘arish muddati 2-3 oydan oshmaydi, shuning uchun moyli urug‘larning katta partiyalarini qayta ishlash payti yetib kelguncha uzoq muddat davomida sifatiga zarar yetkazdirmasdan, minimal yo‘qotilishlar bilan saqlash zarur bo‘ladi.
Ko‘pgina o‘simliklarning moyli urug‘lari saqlash uchun yetkazib berilganida, ularning namligi saqlash va texnologik qayta ishlash uchun optimal hisoblanadigan namlikdan yuqori bo‘ladi. Saqlanadigan moyli urug‘lar uchun biologik obyekt sifatida nafas olish jarayoni xosdir. Bu jarayon davomida esa urug'lardagi zaxira moddalar, eng birinchi navbatda lipidlar va moylar sarflanadi. Shu sababli saqlash davomida urug‘larning moyliligi pasayadi. Moydagi erkin yog‘ kislotalari va ularning oksidlanish mahsulotlari miqdori oshadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling