Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
141
Nafas olish jarayonining intensivligi urug‘lardagi namlik miqdoriga, harakatga, urugiar atrofidagi atmosfera gazlari tarkibiga bog‘liqdir. Bu omillar faqat urug‘largagina emas, balki urug‘lar massasidagi barcha tirik komponentlar-mikroorganizmlar va har xil hasharotlarga (ular urugMarda, turli begona aralashmalar va begona o‘simliklar urug‘larida hamisha uchraydi) ham ta’sir qiladi. 0‘simlik tanasida to‘la yetilgan urug‘lardan iborat urug‘lar massasining namligi yuqori bo‘lmaydi va nafas olish jarayoni ularda ancha sekin amalga oshadi. Bunday sharoitda urug‘lar massasidagi boshqa tirik organizmlarning hayot faoliyati va rivojlanishi qiyinlashadi. Urug‘larning namligi oshishi bilan ularning massasi, nafas olish intensivligi avvaliga asta-sekinlik bilan, keyin esa, ma’lum bir namlik chegarasidan (kritik namlik) o'tgandan so‘ng keskin oshadi. Bunday o‘zgarish urug‘ to‘qimalarida erkin namlik hosil bo‘lishi bilan bog‘liq (bog‘langan namlikka nisbatan erkin namlik ishtirokida biokimyoviy reaksiyalar anchagina keskinroq amalga oshadi). Bu esa urug‘lardagi zaxira moddalarining sarflanishi bilan boradigan barcha biokimyoviy jarayonlarning faollashganini bildiradi. Urug‘larni yuqori haroratlarda saqlash ham ulardagi nafas olish jarayonini tezlashtiradi, harorat tushganida nafas olish jarayoni ham, urug‘larning zaxira moddalari sarflanishi ham sekinlashadi. Urug‘lar massasini past musbat yoki kichik manfiy haroratlarda sovuq havo oqimida saqlash, hattoki urug‘larning namligi kritik namlikdan yuqori bo'lgan holda ham, ularning sifati yaxshi saqlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Nam urug‘larni saqlashning samarali usullaridan biri-tarkibida 1-2% kislorod, qolgani esa azot bo‘lgan boshqariladigan gazli muhitlarda saqlashdir. Bunday muhitda kislorodning deyarli yo‘qligi urug‘ massasida nafas olishni to'xtatadi va buning natijasida urug‘larning sifati yaxshi saqlanib qoladi. Odatda moyli urug'larni saqlashga tayyorlash uchun ularning namligini kritik namlikdan past namlikkacha tushirish tavsiya etiladi. Saqlashga yuborishdan oldin urug‘lar namligini tushirishning eng keng tarqalgan usuli-bu issiqlik ta’sirida quritishdir (odatda quritish agenti sifatida havo va tutun gazlari aralashmasi qo‘llaniladi). Urug‘larni quritishda VTI, SZSH, DSP shaxtali quritgichlari keng qo‘llaniladi (5.2-rasm). Quritiladigan urug‘lar bunker 1 orqali quritish shaxtasiga tushadi. Shaxtada havo-gaz aralashmasini yo‘naltiruvchilar joylashgan. Urug'lar 142 o‘zining massa og‘irligi ta’sirida bu yo‘naltiruvchi to‘siqlar oraliqlaridan tushaverishda maxsus qizdirish qurilmasidan yuborilayotgan havo-gaz aralashmasi yordamida quritiladi. Urug‘larning ma’lum miqdordagi namligi bug‘lanib ketib, sovitish kamerasi 4 da atmosfera havosi oqimida sovitiladi. Quritilgan urug'lar qabul qilish bunkeri 5 ga tushadi. Issiqlik ta’siri ostida quritilgan urug'larda ularning texnologik xossalarini yaxshilaydigan kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Urug‘larni quritib, namligini pasaytirish jarayonini tezlashtirish uchun keyingi paytlarda resirkulatsion quritgichlar qo'llanilmoqda (5.3-rasm). Quritiladigan urug'lar bunker 5 orqali qizdirish kamerasi 4 dan o‘tadi va issiqlik hamda namlik almashinuvi uchun mo‘ljallangan bunkerga kelib tushadi. So'ngra oraliq 1 va yakuniy 7 sovitish shaxtalaridan o'tkaziladi. Ishlab bo‘lgan qizitish agenti ventilator 6 orqali so'rib olinadi, shu bilan birga, shaxtaga ventilator orqali tashqaridan havo oqimi yuboriladi. Quritilgan urug‘larning bir qismi hali quritilmagan urug‘lar kelib tushayotgan bunker 5 ga yuboriladi. Bunda issiqlik va namlik almashinuvi Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling